Elif Shafaq ishqqa oid qirq qoida


Olov  (Zararli narsalar vayron qiladi va yo'q qiladi)  Ichkilikboz Sulaymon


Download 1.48 Mb.
Pdf ko'rish
bet45/65
Sana14.05.2023
Hajmi1.48 Mb.
#1460256
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   65
Bog'liq
Ishqqa oid 40 qoida

Olov 
(Zararli narsalar vayron qiladi va yo'q qiladi) 
Ichkilikboz Sulaymon 
1246 yil, fevral, Konьya. 
Odatda, men mast bo'lsam, xayolparast bo'lib 
qolaman, buyuk Rumiyning karvonsaroyga 
kirib kelayotganini ko'rib, o'zimni chimchilab 
ko'rdim. Lekin ro'yo yo'q bo'lmadi. 
- Hoy, Xristos, menga nima ichirding? - 
qichqirdim men. - Keyingi finjondagi qanday 
may edi? Agar menga nima ko'rinayotganini 
aytsam, aslo ishonmaysan. 
- Jim bo'l, ahmoq, - shivirladi orqamda o'tirgan 
kimdir. 


Men bu kim ekanini bilish uchun orqaga 
qaradim, qarasam, hamma, jumladan, Xristos 
ham, eshikdan ko'z uzmay qarab turishardi. 
Hamma jim qotgan, hatto karvonsaroyning shu 
yerdagi iti ham vovullamay, yerga qapishib 
qolipti. Eron gilamlari bilan savdo qiladigan 
savdogar ham o'zi ashula deb o'ylaydigan 
ahmoqona kuylarini aytishdan to'xtagan. Ayni 
payt u o'tirgan o'rindig'idan sakrab turdi va 
odatda mast odamlar o'zlarini hushyor 
ko'rsatish uchun qilganlariday, yuziga jiddiy 
ifoda berish uchun boshini baland ko'tardi. 
Jimlikni Xristos buzdi. 
- Xush kelibsiz, Mavlono, - dedi u iloji boricha 
hammadan ortiq iltifot ko'rsatishga urinib. 
Tashrifingiz men uchun sharaf. Xizmat? 
shen chindan ham Rumiyni ko'rayotganimni 
anglaganimdan keyin ham ikki marta ko'zimni 
qisdim. 
- Rahmat, - javob qildi Rumiy keng, lekin 
kuchsizroq jilmayib. - Men may xarid 
qilmoqchi edim. 


Bechora Xristosning hatto chakagi osilib qoldi. 
O'ziga kelgach, Rumiyni mening yonimdagi 
tasodifan bo'sh qolgan kursiga o'tirishga taklif 
qildi. 
- Assalomu alaykum, - salomlashdi men bilan 
Rumiy o'tirgan zahoti. 
Men ham u bilan salomlashdim va bir-ikki 
og'iz shirin so’z qo'shganday ham bo'ldim, 
lekin Rumiy ularni unchalik to'g'ri ilg'agani 
noma'lum. Sirtdan qaraganda sokin, 
qimmatbaho liboslarida Rumiy, mayxonaning 
doimiy mijozlaridan keskin ajralib turardi. 
Men Rumiy tomonga cho'zildim, past ovozda 
shivirlab so'radim: 
- Gapim qo'pol ko'rinsa, kechiring, lekin 
sizdaiyin inson bu yerda nima qilib yuripti? 
- So'fiylik sinovini topshirayapman, - javob 
qildi Rumiy, xuddi bizlar yaqin do’st bo'lib 
qolganday menga ko'z qisib. - Mendagi shon-
sharafdan asar ham qolmasin uchun Shams 
meni shu yoqlarga yubordi. 
-Shu yaxshimi? 


Rumiy kulib yubordi. 
- Bu qanday qarashga bog'liq. Ba'zan 
o'zligingni qutqarish uchun barcha avvalgi 
bog'lanishlarni yo'q qilish kerak. Agar o'z 
oilamizga, jamiyatdagi o'rnimizga, hatto o'z 
yo'limiz (maktabimiz) yoki machitimizga o'ta 
bog'lanib qolishimiz Xudo bilan bevosita 
bog'lanishimizga xalal bersa, bu 
bog'lanishlardan voz kechish kerak bo'ladi. 
Men Rumiyni to'g'ri tushunganimga unchalik 
ishonchim yo’q edi, lekin U bergan 
tushuntirish menga oqilona bo’lib tuyuldi. Men 
so'fiylarni har doim biroz devonasifat, har hil 
telbaliklarga qodir, lekin yorqin va qiziqarli 
insonlar deb hisoblar edim. 
Endi Rumiy men tomonga cho'zildi va u ham 
shivirlab so'radi: 
- Siz ham qo'polligim uchun kechiring-u, lekin 
yuzingizdagi chandiq qanday paydo bo'lgan? 
- Buning qiziq joyi yo'q. Kechasi uyimga 
ketayotganimda mirshablarga duch kelib 
qoldim, ular meni o'larli qilib do'pposlashdi. 


- Nima uchun? - astoydil qayg'urib so'radi 
Rumiy. 
- Chunki may ichgan edim, - dedim, ayni shu 
payt Xristos Rumiy oldiga qo'yib ketgan 
ko'zalarni ko'rsatib. 
Rumiy bosh chayqadi. Avvaliga u shunday 
bo'lishi mumkinligiga uncha ishonqiramadi, 
keyin menga do'stona jilmayib qo'ydi. Bu bilan 
suhbatimiz tugamadi. Biz non bilan echki 
sutidan tayyorlangan pishloq chaynab 
o'tirgancha, e'tiqod, do'stlik haqida va boshqa
men ancha ilgarilari unutib yuborgan, hozir esa 
men xursand bo'lib to'kib solgan boshqa 
masalalarni muhokama qilib o'tirdik. 
Quyosh botar-botmas Rumiy uyiga ketishga 
chog'landi. Qovoqxonadagilarning hammasi u 
bilan xayrlashish uchun o'rinlaridan turishdi. 
G'aroyib tomosha! 
- Lekin siz bizga nima uchun may ichish 
taqiqlanganini aytmasdan keta olmaysiz, - 
dedim men. 
Xristos ardoqli mehmonni xafa qilib 


qo'yishimdan xavotir olib, qovog'ini uygancha 
shoshildi: 
- Jim bo'l, Sulaymon. Nima uchun so'rayapsan? 
- To'g'risida, - Rumiydan ko'z uzmasdan 
gapimda turib oldim men. - Mana siz bizni 
ko'rdingiz. Biz yomon odamlar ekanmizmi? 
Vaholanki, bizni hamma yomonotliq qiladi. 
Agar biz tinch yursak va hech kimga xalal 
bermasak, mayxo'rlik qilishimizning nimasi 
yomon, menga shuni ayting? 
Burchakdagi oyna ochiq bo'lishiga qaramay bu 
katta xona qorong'u va nam edi. Hamma 
Rumiy nima deyishini kutib turardi. Men 
hamma uning javobini qiziqib kutayotganini 
ko'rib turardim. Rumiy xayolchan, xomush va 
tamomila hushyor edi. Va u shunday dedi: 
Gar mayxo'r qalbida bo'lsa ezgulik, 
May kayfi yashirmas, yashira olmas. 
Lek bo'lsa gar unda zarra yovuzlik, 
Qancha ichsa hamki, mayla yuvilmas. 
Shuning-chun, ey do'stlar, ichmaslik kerak... 


Biz hammamiz mamnun holda, uzoq vaqt 
uning so'zlaridagi ma'noni tushunishga urinib 
jim qoldik. 
- Do'stlarim, mayni unchalik bezarar deb 
bo'lmaydi, - dedi Rumiy, lekin endi 
boshqacharoq, ishonchliroq va qat'iyroq qilib. - 
U insondagi jamiki eng yomon narsalarni 
yuzaga olib chiqadi. Biz undan uzoqroq 
turishimiz kerakligiga shubha qilmayman. 
O'zimizdagi illatlar uchun mayni ayblamaslik 
kerak. Kishi o'zidagi takabburlik va boshqa 
illatlarga qarshi kurashishi kerak. Mana shu 
muhimroq. Oxir-oqibat kim ichishni istasa, 
ichaveradi, istamasa, ichmaydi. Biz o'z 
mas'uliyatimizni o'zgalarga yuklamasligimiz 
kerak. Din hech kimni hech nimaga majbur 
etmaydi. 
Ba'zilar uni ma'qullab boshlarini irg'itishdi. 
Men esa donishmandlikni qadah bilan 
sharaflash kerak, degan ishonch bilan may 
solingan finjonimni ko'tardim. 
- Siz yaxshi insonsiz, sizda ulkan yurak bor, - 


dedim men. - Sizning yurish-turishingiz haqida 
kim nima deyayotganining ahamiyati yo'q, u 
odamlarning qanday vaysaqiligini hammadan 
yaxshi men bilaman, lekin hamon bu yerga biz 
bilan tengma-teng suhbatlashgani kelibsiz, 
demak, siz juda zo'r va'zxonsiz. 
Rumiy menga do'stona qarab qo'ydi. Keyin 
labiga ham tekkizmagan ikki ko'zachadagi 
mayni oldi, kechki nimqorong'ulik qa'rida 
ko'zdan g'oyib bo'ldi. 

Download 1.48 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   65




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling