Elif Shafaq ishqqa oid qirq qoida


Download 1.48 Mb.
Pdf ko'rish
bet44/65
Sana14.05.2023
Hajmi1.48 Mb.
#1460256
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   65
Bog'liq
Ishqqa oid 40 qoida

Shams Tabriziy 
1245 yil, 12 iyun, Konya. 
Turgan-bitgani tomoshaxonaning o'zi! Agar 


musulmonlar o'z gunohlarini yuvish uchun 
butun Ramazon oyi Xudoga bag'ishlab ro'za 
tutsalar ham va har Iydi Ramazon qo'y yoki 
echki qurbonlik qilsalar ham, agar butun umr 
Makka ziyorati orzusini qilsalar va kuniga besh 
mahal joynamoz yoysalar hamki, qalblarida 
IShQ tuyg'usi bo'lmasa - bularning barchasida 
ne ma'no bor? IShQdan ayro e'tiqod - quruq 
so'zlardangina iborat; so'zlarda asl hissiyot 
bo'lmagani uchun ular juda zaif va 
nohayotiy, noaniq va puchdir. 
Nahotki Xudoni Makka yoki Madinaga 
borganda topish mumkin deb o'ylasalar? Yoki 
uni machitda topish mumkin deb o'ylasalar? 
Xudoni qandaydir bir «yopiq» makonda 
ekanini tasavvur qilish mumkinmi?! 
Hamon Xudo O'ZI «Na Osmonlarim va na 
Yerim Meni o'ziga sig'dira olmagay, lekin Men 
menga ishongan qulimning qalbiga sig'aman» 
degan bo'lsa, Uni biron bir «yopiq» makonda 
joylashganini qanday tasavvur etish mumkin. 
O’zining o'tkinchi (cheklangan) tafakkurini 


Buyuk Xudoni bilish uchun yetarli, deb 
o'ylaydigan ahmoqqa chinaman. Xudo bilan 
savdolashish va uning oldidagi QARZlarini 
uzish mumkin, deb o'ylaydigan johilga 
achinaman. Nahotki, bu odamlar Xudoni 
bizning gunohu savoblarimizni tarozuning ikki 
pallasida o'lchaydigan attorga o'xshatsalar? 
Yoki nahotki Uni bizning gunohu 
savoblarimizni xuddi o'zining kirim va chiqim 
daftariga yozib borib, savdo qiladigan savdogar 
(sudxo'r)ga o'xshatsalar? O'zlarining Xudo 
bilan Birliklarini shunday tasavvur etadilarmi? 
Yo'q! Mening Xudoyim - Buyuk! U Tirik 
Xudo! Menga o'lgan Xudoning nima keragi 
bor? Nima uchun men hamisha qo'rquv va 
vahimalar, taqiq va pandu nasihatlar ichida 
qotib, qolipda yashashim kerak? U (mening 
Xudoyim) cheksiz mehr-muruvvatlidir. Uning 
ismi al-Vaduddir. Zero, U Sevguchidir. 
Men Unga o'zim qilayotgan har bitta ishimda, 
xuddi nafas olayotganday yengil va tabiiy 
hamdu sano aytaman. Zero, Uning ismi al-


Hamid, Maqtalguchi (hamdu sanolar 
aytilguchi)dir. 
Hamon o'z qalbim tubida Xudo hamma narsani 
O'zi ko'rib va eshitib turganini bilsam, nima 
uchun fisqu fasod, g'iybatlar bilan mashg'ul 
bo'lishim kerak. Axir Uning ismi al-Basir, 
hamma narsalarni Ko'ruvchi-ku! 
Al-Jamol, al-Qayyum, al-Rahmon, al-Rahim. 
Qurg'oqchilik bo'ladimi yo dunyoni suv 
bosadimi, ochlik yo tashnalikdan o'lay deb 
qolamanmi, to tizzalarim bukilib, vujudim 
o'zimga bo'ysunmay qolgunicha, yuragim 
urishdan to'xtagunicha Uning ishqida 
kuylayman va Uning uchun raqs tushaman. 
Uning eng SOF borlig'i, bo'm-bo'sh qismiga, 
Uning buyuk koinotidagi eng mayda zarralari 
ichidagi bir zarrachaga aylanmagunimcha, o'z 
tuban nafsimni (nafsi ammoramni) tinimsiz 
chilparchin qilishda davom etaman. Men 
minnatdorlik, quvonch va qat'iyat ila Uning 
buyukligi va barcha himmatlarini 
sharaflayman. U menga bergan va 


bermaganlarning barchasi uchun Unga 
minnatdorlik izhor etaman, zero menga nima 
yaxshiroqligini O'zi bilguchidir. 
Ro'yxatimdagi yana bir qoida yodimga tushib
baxt va umid to'lqini meni qamrab olganini his 
etdim. «Xudo yaratgan „avjudotlar ichida 
MEN UNGA O'Z RUHIMNI PUFLADIM deb 
aytilgan Inson alohida o’rin egalladi. 
Bizlarning har birimiz, beistisno, Xudoning bu 
yerdagi elchisi bo'lish uchun yaralganmiz. Sen 
hech bo'lmasa bir marta o'zingdan o'z xatti-
harakatlaringda Xudoning yaratmishiga 
o'xshaymanmi deb so'raganmisan? Sen 
uzingdagi Xudoni kashf etishing va shu 
kashfiyot ila yashamog'ing kerakligini 
eslaysanmi?» 
Xudo bilan birlashib, fano bo'lish va o'z nafsiga 
qarshi kurash olib borish o'rniga din 
mutaassiblari (fanatlar) qo'rquv qo'zg'otib, 
boshqa odamlar bilan jang qiladilar. Dunyoga 
qo'rquv to'la ko'z bilan qaragan odamlar 
voqelikdan yana ham badtar vahimaga 


tushishlari ajablanarli emas. Biron joyda yer 
qimirlasa, qurg'oqchilik bo'lsa yoki boshqa 
koru hol ro'y bersa, ular buni Muqaddas G'azab 
ifodasi sifatida qabul qiladilar - go'yo Xudo 
«Mening shafqatim Mening g'azabimdan 
kuchliroq» demaganday. Fanatlar har xil 
narsalarni bahona qilib hammaga jahl bilan, 
g'ijinib qarab xuddi Buyuk Rabbimiz ularning 
tarafini olishini va o'zlaridagi arzimas qasos 
o'tini quvvatlashini kutadilar. Ularning 
hayotlarida faqat achchiq alamlar va nafratlar 
uchun, yana ularga hamisha va hammayoqda 
xuddi qora bulutlar kabi hamrohlik qiladigan, 
ularning o'tmish va kelajaklariga soya solib 
turadigan cheksiz norizoliklar uchun o'rin bor, 
xolos. Insonda o'rmonni ko'rib, daraxtlarni 
ko'ra olmaydigan hollar bo'ladi. Ba'zi 
qoidalarni butunning nurida ko'rmoq joiz. 
Butun esa o'z mohiyatida yashirin. 
Fanatlar Qur'onning mohiyatini izlashni 
istamay va uni butunligicha qabul qila olmay, 
ayrim oyatlarni odamlarning vahimaga tushgan 


ongiga mos kelamagan muqaddas ko'rsatma 
sifatida ajratib oladilar. Ular hamma vaqt 
Qiyomat kuni barcha insonlar soch tolasidan 
ingichka va pichoq tig'idan keskir Sirot 
ko'prigidan o'tkazilishlarini eslatadilar. 
Ko'prikdan o'ta olmagan gunohkorlar do'zaxga 
tushishlari va oxiratga qadar o'sha yerda azob 
chekishlarini aytadilar. Begunohlar esa 
ko'prikdan o'tib ketishlarini, mevazor bog'lari, 
shirin suvlari va go'zal farishtalari bor jannatga 
tushishlarini aytadilar. Fanatlarning 
tasavvurlariga shu manzara muhrlangan. 
Ularning dunyoviy hayot qarshisidagi 
qo'rquvlari, qilgan ishlarining jazosi haqidagi 
qo'rquvlari shu qadar kattaki, o'zlarini oqlashga 
bo'lgan urinishlari yo'lida Xudoni ham 
eslaridan chiqaradilar! Naxotki ular qirq 
qoidaning ushbu qoidasini bilmaydilar? 
«Do'zax HOZIRda va ShU YERDAdir. Jannat 
ham shunday. Do'zaxdan qo'rqish va jannatni 
orzu qilish kerak emas, zero do'zax ham, jannat 
ham hamisha inson qalbida. Qachon ishq bizga 


nuzul etsa, demak, biz jannatdamiz. Qachon 
nafratlansak, hasad qilsak yoki jang qilsak, 
demak, biz do'zax o'tida yonayotirmiz». 
Yigirma beshinchi qoidada shunday deyilgan. 
Inson vijdoni uning gunohlarini ko'rsatganidagi 
azoblar do'zaxdan qo'rqinchliroq emasmi? 
O'zidan so'rang. U sizga do'zax nimaligini 
aytadi. Insonda ahyonda Xudo bilan to'liq 
muvofiqlikda yashayotganini bilganidagi baxt 
tuyg'usidan go'zalroq jannat bormi? O'zidan 
so'rang. U sizga jannat nimaligini ayta oladi. 
Hamon hozirgi ondayoq Xudoning 
hayotimizda bor yo yo'qligini to'liq bila olsak, 
o'limdan keyingi olam, tasavvurdagi kelajak 
haqida bezovtalikning nima keragi bor? Do'zax 
haqida o'yga tolishlar va jannat ta'malari 
so'fiylarga xos emas, shuning uchun ular 
Xudoni sof holda va bezovtaliklarsiz, dog'i 
hasratlarsiz haqiqiy (beminnat) ishq bilan 
sevadilar. 
Ishq sababdir. Ishq maqsaddir. 
Va Xudoga muhabbating kuchli bo'lsa, uning 


barcha yaratmishlarini ham ular U tufayli 
yaralganliklarini va U tufayli yashayotganlarini 
bilganing uchun sevsang, boshqa hech 
nimaning ahamiyati qolmaydi. Bunda hech 
qanday «men»ga o'rin qolmaydi. Butun 
vujuding bilan sening butun borlig'ing bo'lgan 
HECh NIMAga yo'nalasan. 
Ertasi kuni biz Rumiy bilan shular haqida 
o'ylar ekanmiz, u ko'zini yumdi va birdan shu 
satrlarni ayt- di: 
Vah, menga Mashriq nadir, Magrib nadir, 
Balki ko'klarga ucharmen, bari bir. 
Unda bo'lmas ersa gar Sendan nishon, 
Hech erur menga bu umri jovidon. 
Rumiy o'zini shoir deb hisoblamaydi. Lekin u 
haqiqiy shoir. Zo'r shoir! U endi o'zini shoir 
sifatida kashf etmoqda. 
Ha, Rumiy haqli. U na Mashriqqa va na 
Mag'ribga tegishli. U Ishq Saltanatiga tegishli. 


U Sevgilisi (Rahmon)ga tegishli. 

Download 1.48 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   65




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling