Elif Shafaq ishqqa oid qirq qoida
Download 1.48 Mb. Pdf ko'rish
|
Ishqqa oid 40 qoida
1244 yil, 18 dekabrь, Konьya.
«Botin Alloh - aqlimdan pardani ko'targil, toki men Haqiqatni bilgayman». (Botin Alloh - Xudoning ko'rinmas (sezilmas, no- moddiy, shakllanmagan, nonamoyon) borlig'i. Shame Tabriziy menga Muhammad (s.a.v.) va so'fiy Bistomiy haqidagi savolni berganida, menga birdan yer yuzida faqat ikkalamiz qolganday tuyulib ketdi. Ikkimizning ham qarshimizda Haqiqat sari yo'lning yetti bosqichi - Xudo bilan bog'lanishga erishmoqlikda har bir inson «men»i yengib o'tishi kerak bo'lgan yetti maqom, yetti taraqqiyot bosqichi namoyon bo'ldi. 1. Birinchi bosqich Buzilgan Yolg'on Men - inson joni faqat dunyoviy istaklarni qondirish yo'llarini axtaradigan eng tuban va eng keng yoyilgan bosqich. Ko'pchilik odamlar o'zlarining shu «men»larini deb azob-uqubatlar chekar va uni qanoatlantirishga urinar ekanlar, shu bosqichdan nariga o'ta olmay to'xtab qoladilar va hamisha o'z omadsizliklari, baxtsizliklarida faqat boshqalarni aybdor hisoblaydilar (Nafsi Ammora). Inson qachon o'zining bu «men»ining tubanligini tushunsa, o'zining bu holati ustida ishlay boshlaydi va muayyan ma'noda bu bosqichdagi fe'liga qarshi bo'lgan ikkinchi bosqich (ikkinchi maqom)ga o'tadi. 2. Bu bosqichdagi inson birovlarni ayblash o'rniga o'zini ayblashga o'tadi. Shunda uning xudbinona meni (EGOsi) o'zini ayblovchi Menlik bosqichiga o'tadi va u ichki poklanish maqomiga ko'tariladi (Nafsi lavvoma). 3. Uchinchi bosqichda inson joni (ruhiy quvvati, ma'naviyati) birmuncha kuchayadi va uning xudbin meni yo'q bo'lib, o'rnini Mayinlashgan Men oladi. Shunda inson Ma'rifat Vodiysiga etib kelgan bo'ladi. Bu bosqichda unda (shu bosqich uchun zaruriy] sabr, qat'iyat, zakovat va royishlik zaxirasi to'plangan bo'ladi. Olam uning uchun ilhomga to'lib toshadi. Bu bosqichga yetganda ko'pchilik yanada ilgarilab borish istagini yoki jasoratini yo'qotib, shu pog'onada to'xtashga moyil bo'ladilar. Shuning uchun bu bosqich, garchi juda chiroyli ko'rinsa-da, olg'a intiluvchi inson uchun qopqonga aylanishi mumkin (Nafsi mutmaina). 4. Yo'lda davom etuvchilar esa Tinchlangan Men (Nafsi rizoiya) maqomiga yetadilar. Saxovat, shukronalik va hayotning o'zlariga bog'liq bo'lmagan barcha qiyinchiliklarga rozilik nazari bilan qarash - shu bosqichga yetgan insonning asosiy xususiyatlaridir. Bu Birlik Vodiysidir. Bu maqomdagilar Xudo ularga nimaiki ravo ko'rsa, shunga rozi bo'lib va ilhomlanib yashaydilar. 5. Bu maqomga yetganlar dunyoviy quvonch va qiyinchiliklarga befarq bo'lib qoladilar. Ularning «Men»i Qanoatlangan Men bo'ladi (yoki «Nafsi mulhama», ya'ni ilhomlangan nafs ham deyiladi). 6. Keyingi maqom - Yordam berishga hamisha tayyor turadigan Men (Nafsi mardiya). Bu maqom egalari odamlar uchun nur manbaiga aylanadilar, qaqiqiy Ustozlar sifatida boshqalarga ilm, ma'rifat baxsh etib, o'z (ruhiy) quvvatlarini hammaga taratadilar. Ular qayerga bormasinlar, o'sha yerda odamlar hayotini tubdan o'zgartiradilar. Nimaiki ish qilmasinlar, Qanday kasb bilan mashg'ul bo'lmasinlar, baribir, atrofdagilarga xizmat ko'rsatish vositasida Xudoga xizmat qiladilar. 7. Nihoyat, inson yettinchi bosqichga etganida, uning Shaxsi Men (Asl Men)ga aylanadi, o'zi esa, so'fizm nazariyasiga ko’ra, komillikka erishadi, ya'ni INSONI KOMIL bo'ladi. Ammo bu maqom haqida hech nima ma'lum emas. Bunga erishgan ozchilik insonlar bu borada hech nima gapirmaydilar. Xudoga olib boradigan yo'l bosqichlarini ta'riflab berish oson, lekin bu yo'lni bosib o'tish qiyin. Birinchi bosqichdan yettinchi bosqichga qadar bosib o'tilishi kerak bo'lgan yo'l boshidan oxirigacha sermashaqqat va chigal. Hamisha orqaga qaytish xavfi bor, hatto eng yuqori bosqichdan eng quyisiga tushib ketish ham mumkin. Yo'lda tuzoqlar ko'p, juda ozchilik kishilar komillik bosqichiga erishganlari bejiz emas. Shams menga o'z savolini berganida, uni Payg'ambar ta'limoti bilan so'fiyning fikrlarini solishtirish qiziqtirgan emas, bu tushunarli. U Xudoni bilmoq uchun men o'z shaxsimni qanday rivojlantirayotganimni bilishni istagan. - Sizning ishlaringiz qanday, buyuk va'zgo'y? - so'ramoqchi bo'lgan Shams Tabriziy. - Yetti bosqichdan qaysi biridasiz? Nima deb o'ylaysin, olg'a yurishga, bu- tun yo'lni oxirigacha bosib o'tishga kuchingiz etadimi? |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling