Elif Shafaq ishqqa oid qirq qoida
Download 1.48 Mb. Pdf ko'rish
|
Ishqqa oid 40 qoida
1244 yil, 31 oktyabr, Konьya.
Shams Tabriziyni uchratgan kunimga shukronalar bo'lsin! Bu Aqrab oyining so'nggi kuni bo'lib, kuz o'tib ketayotganini bildiruvchi salqinlik tushgan va shamol odatdagidan kuchliroq esa boshlagan edi. Masjidda, odatdagidek, ko'p odam to'plangan. Ko'pchilik oldida xutba o'qiganimda, odamlarning yuzlariga uncha e'tibor bermaslikka harakat qilaman. Qarshimdagi tinglovchilarni turli qiyofalarda gavdalangan omma deb emas, yaxlit bitta odam deb tasavvur etaman. Har hafta meni tinglash uchun yuzlab odamlar keladi, lekin men faqat bitta odam bilan so'zlashaman - qalbi so'zlarimga aks sado berayotgan va meni hammadan yaxshi biladigan bitta odam bilan. Masjiddan qaytishda meni otim kutib turadi. Uning yollari taralgan, tilla va kumush qo'ng'iroqchalar qo'shib o'rilgan. Ot yurganda ularning jiringlashi menga yoqadi. Lekin atrofimda odamlar ko'pligidan juda sekin yurishga to'g'ri keladi. Otim somon tomli kulbalarni ortda qoldirib, bir maromda qadam tashlayapti. Arz qiluvchilarning chaqiriqlari bolalarning baqir-chaqirlari va tilanchilarning nolayu fig'onlari bilan aralashib ketgan. Ularning ko'pchiligi duotalablar, boshqalari esa shunchaki birga yurishni istovchilar. Lekin menga juda katta umid bilan kelganlar ham bor. Ular meni shifo baxsh eta oladi yoki yomon nazarlardan xalos etadi, deb o'ylashadi. Ularni ko'rish menga azob beradi. Axir men payg'ambar emasman va donishmand ham emasman, nahot tushunishmasa? Mo''jiza ko'rsatishga kuchim etmasligini nega tushunishmaydi? Muyulishga yetgach va «Shirinliklar savdosi» mehmonxonasiga yaqin kelib qolganimizda menga ko'zlarini tikkancha, omma orasini yorib, men tomon kelayotgan darbadar darvishga ko'zim tushdi. Uning harakatlari chaqqon va aniq edi, nazarimda, undan o'ziga bo'lgan ishonch yog'ilib turardi. Sochlari yo'q. Soqoli yo'q. Qoshi yo'q. Ammo garchi chehrasi ochiq esa-da, yuzidan hech nimani o'qib bo'lmas edi. Uning tashqi ko'rinishi meni qiziqtirib qo'ydi. Uzoq yillar mobaynida men Konьyada Xudo izlab yurgan turli darvishlardan ko'pini ko'rganman. Ba'zilari badanlariga rasm chizgan, ko'pchiligi quloqlari, burunlariga sirg'a taqqan bo'ladi; ular badanlariga «g'alati» yozuvlar yozishni yoqtirishardi. Ba'zilari soch o'stirishardi, ba'zilari esa taqir qilib qirishardi. Ba'zilari hatto tillari va ko'kraklarini teshgan bo'lishadi. Bu darvishni ko'rganimda uning tashqi ko'rinishidan hayron bo'lmadim. Meni uning tim qora ko'zlari hayratga soldi. U butun borlig'imga singib kirayotgan nigohini mendan uzmagan holda, yo'l o'rtasiga turib oldi va nafaqat bizning yurishimizni, balki vaqtning o'zini ham to'xtatishni istaganday, qo'llarini baland ko'tardi. Meni kimdir bir turtganday bo'ldi. Minib turgan otim bezovtalandi va goh boshini ko'tarib, goh tushirib kishnay boshladi. Men uni tinchlantirishga harakat qildim, lekin ot o'zimning ham asablanayotganimni his qilayotganday edi. Darvish sakrab irg'ishlayotgan ot yoniga keldi va qulog'iga nimalarnidir sekin pichirladi. Ot og'ir nafas ola boshladi, lekin darvish bir qo'l siltagan edi, o'sha zahoti tinchlandi. Olomon hayajonda to'lqinlandi va men kimdir «Afsun!» deganini eshitdim. Darvish hech kimga e'tibor bermasdan, qiziqsinib meni kuzatar edi. - Ey, Mashriqu Mag'ribga taniqli buyuk olim, men ta'rifingizni ko'p eshitaman, shuning uchun bugun qoshingizga keldim, agar ruxsat etsangiz sizdan so'raydigan bir savolim bor edi. - So'rang, - dedim men sekingina. - Ammo siz avval otdan tushsangiz va men turganday yerda tursangiz yaxshi bo'lardi. Darvishning bu gapi meni shunchalar taajjublantirdiki, hatto bir necha daqiqa unga biron so'z ham ayta olmadim. Yon atrofdagi odamlar esa orqaga tislanganday bo'lishdi. Hech kim menga bunday iltimos bilan murojaat qilishga jur'at eta olmagan edi. Yuzim qizarib ketdi va zo'riqishdan ichimda hamma narsa tarang tortildi, ammo o'zimni tutib olishga va otdan tushishga kuchim yetdi. Bu vaqt ichida darvish orqasini o'girdi va nari keta boshladi. - Hoy, iltimos, shoshmang! - chaqirdim men uning orqasidan yetib olarkanman. - Men savolingizni eshitishni istayman. Darvish to'xtadi va menga burilib, ilk bora tabassum qildi. - Yaxshi. Unda ayting, kim ustun deb o'ylaysiz, Muhammad payg'ambarmi yoki so'fiy Bistomiymi? - Bu ne savol bo'ldi! - xitob qildim men. - Qanday qilib Payg'ambar (s.a.v.)ni allaqanday so'fiy bilan solishtirish mumkin? Yaqinimizga qiziquvchilar zichroq to'plandi, lekin darvish ularni umuman parvoyiga ilmadi. U mening qiyofamni yanada e'tiborliroq o'rgana turib, boyagi savolini takrorladi: - Iltimos, yaxshiroq o'ylab ko'ring. Axir nima uchun Muhammad (s.a.v.) «Yuragimni zang bosib, egamning oldida har kuni yetmish karra tavba qilaman», deydi-yu, Boyazid esa: «Men o'zimdagi har nechuk qusurlardan xalos topdim. Jismimda Xudodan bo'lak hech narsa qolmadi», - deb bong uradi? Mening yuragim hapqirib ketdi. Bu notanish kimsa dag'allikka dag'al edi-yu, ammo anoyilardan emas edi. Aftidan, u ham men bosh qotirgan masalada, ya'ni haqiqatning mustaqilligiyu, bilimlarning nisbiyligi xususida bosh qotirgan ko'rinadi. - Siz nima demoqchi ekaningizni tushundim, - dedim men, - ovozimdagi titroqni yashirmasdan. - Nima uchunligini men sizga aytaman, zero garchi Bistomiyning so'zlarida iftixor bor esa-da, ularda beqiyos buyuklik yo'q. - Davom eting. - Gap shundaki, Xudoning mehru muhabbati - bepoyon ummon va har bir inson undan iloji boricha ko'p suv olishga intiladi. Ammo kun nihoyasida olingan suv idishning sig'imiga bog'liqligi ma'lum bo'ladi. Kimdir suvni doshqozonga soladi, kimdir chelakka, kimdir esa piyolasiga. Bularni gapirayotganimda darvishning yuzida sodir bo'layotgan o'zgarishlar mendan pinhon qolmadi: avval sezilar-sezilmas istehzo, undan mening haqligimni tan olish, suhbatdoshi so'zlarida o'z fikrlarini tanish ifodasi bo'lgan mayin tabassumga o'tishga qadar. - Bistomiyning idishi nisbatan uncha katta bo'lmagan va bu uning chanqovi qonishi uchun yetarli bo'lgan, - davom etdim men. - U o'zicha baxtli bo'lgan. Va uning o'z muqaddasligini anglagani juda soz, lekin shunda ham u bilan Xudo orasida u bosib o'tilmagan katta maso-fa bor. Xudo saylagan Payg'ambar (s.a.v.)ning idishlari esa beqiyos katta hajmli bo'lgan. Shuning uchun ham Xudo u zotdan: «Biz sening qalbingni ochmadikmi?» deb so'ragan. Ul zotning qalblari kengaytirilgan, idishlari katta bo'lgan, chanqovlari tobora ortib boravergan. Va «Biz Seni bilishimiz kerak bo'lganchalik bila olmaymiz» deb bejiz aytmaganlar. Garchi ul zot U haqida hech kim bilmaganlarni bilgan bo'lsalar ham. Darvishning yuzi tabassumdan yorishib ketdi. U bosh irg'itdi va menga tashakkur bildirdi. Keyin chuqur minnatdorlik belgisi o'laroq qo'lini ko'ksiga qo'ydi va birmuncha vaqt shu holatda turdi. Ko'zlarimiz yana uchrashganda, men uning ko'zlaridagi mehrni payqadim. Men olis atrofga qaradim. Shahar, yilning odatdagi shu fasliga muvofiq ravishda kumush- dur rangida edi. Oyoqlarimiz ostida qurigan yaproqlar aylanardi. Darvish menga qiziqsinib qarab turardi, botayotgan kuyosh nurida bir daqiqagina uning asalrang aurasi ko'rinib ketganday bo'ldi menga. U menga odob bilan ta'zim qildi. Men ham unga ta'zim qildim. Biz bir-birimiz bilan yuzma-yuz qancha turib qolganimizni bilmayman. Osmon binafsharang tusga kirdi. Oxiri bizni kuzatib turgan olomon bezovtalana boshladi. Hamshaharlarim mening kimgadir ta'zim qilganimni shu choqqacha ko'rishmagan edi, qayoqdagi oddiy darbadar darvishga ta'zim qilganim esa eng yaqin do'stlarimdan tortib xiylagina ko'pchilikning jig'iga tegdi chog'i. Darvish muhitdagi taranglashuvni payqadi chog'i. - Sizni muxlislaringiz bilan birga qoldirib, ketar vaqtim bo'lgan ko'rinadi, - dedi u ipakdek mayin ovozda va deyarli shivirlab. - Shoshmang, - iltimos qildim men. - Iltimos, ketmang. Qoling! Uning yuzidan lip etib xayolchanlik ifodasi o'tdi, lablari nimanidir aytishni istaganday juftlandi, lekin ayta olmadi yoki aytishi mumkin emas edi, shekilli. Va men shu daqiqa qaerdandir uning menga bermoqchi bo'lgan savolini ilg'adim: «Buyuk xotib, Siz- dan so'rasak-chi? Sizning idishingiz sig'imi qanchalik katta?» Boshqa aytiladigan gap qolmagan edi. So'zga o'rin yo'q edi. Men darvish sari bir qadam yurdim, keyin unga shunchalik yaqin keldimki, hatto tim qora ko'zlaridagi tillarang tomchilarni ham ko'rdim. Meni to'satdan g'alati tuyg'u chulg'ab oldi: nazarimda, bu onlarni birinchi marta boshdan kechirmayotgan edim. Bu nafaqat birinchi, balki hatto o'ninchi marta ham emas edi. Men xotiramni titkilay boshladim. Yuzi yopiq, baland bo'yli, ozg'in, barmoqlari yonadigan kishi. Va nihoyat angladim. Ro'paramda turgan darvish, o'sha men o'z tushlarimda ko'rgan odamning o'zi edi. Va men o'zimga kerakli odamni topganimni tushundim. Lekin baxtdan quvonish o'rniga qo'rquvdan titra ketdim. Ella Download 1.48 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling