Elif Shafaq ishqqa oid qirq qoida
Download 1.48 Mb. Pdf ko'rish
|
Ishqqa oid 40 qoida
2008 yil, 8 iyun, Nortgempton.
Ellani o'zining Aziz bilan yozishuvlarida hamon hayron qolarli narsa - bu avvalo yozishuvlarning o'zi, degan xulosaga keldi. Ular barcha jihatlarda bir-birlaridan katta farq qilar edilar va maktublarning buncha tez almashinuvi g'alati edi. Aziz uning uchun har bo'lagi birma-bir to'ldirib boriladigan «pazl» kabi edi. Navbatdagi har bir maktub yaxlit manzarada o'z o'rnini egallab borardi. U manzarani hali to'liq ko'rmagan, lekin nima uchunligini bilmay turib ham, o'zi xat yozishayotgan bu noma'lum insonda bir qancha muhim narsalarni kashf etgan edi. Azizning blogidan unga Azizning kasbi fotograf ekani, dunyoning eng olis chekkalariga borib kelishni o'z uyi yonidagi bog'ga sayrga chiqib kelishday tabiiy, deb hisoblaydigan otashin sayohatchi ekani ma'lum bo'ldi. Tabiatan tinib-tinchimas ko'chmanchi bu inson qayerga - Sibirgami, Shanxaygami, Kalkuttagami, Kasablankagami - bormasin, hammasi unga o'z uyidek edi. Orqasida ryukzagi va qo'lida fleytasi (naysimon muzika asbobi) bilan sayohat qilarkan, Ella xaritada zo'rg'a topadigan yerlarda ham o'ziga do'stlar topardi. Na qattiqqo'l chegarachilar, na viza berishni istamaydigan hukumatlar, na ekzotik (uzoq mamlakatlardagi) parazitlar, na yeb bo'lmas taomlar, na o'g'rilar - hech nima - Azizni dunyoning barcha tomonlariga sayohatga borish yo'lini to'sa olmas edi. Ella Azizni boshqarib bo'lmas sharsharaga o'xshatdi. Ella o'z uyidan bir qadam tashqariga chiqishga ham qo'rqsa, u hammayoqni portlata oladigan tabiat egasi edi. Agar Ella yangi ish boshlashga shoshmaydigan va o'zida jur'at topa olmaydigan odam bo'lsa, u, aksincha, oldin ishni qilib, keyin pushaymon bo'lishi mumkin edi, agar pushaymon bo'lsa, albatta. Garchi Azizda g'oyaviylik va otashinlik kuchli esa-da, u chinakamiga tirik, hayotiy inson edi. Ella o'zini liberal-demokrat deb, garchi senagoga bormasa-da, yahudiy diniga mansub deb, go'sht yemaydigan parhezkor deb hisoblar edi. O’z ichki dunyosini, hayotining barcha muhim pallalarini, xuddi o'z xonadonini qanday tartiblashtirgan bo'lsa shunday yaxshilab va botartib qilib, tushunchalarga ajratib chiqqan edi. Qolaversa, uningcha hozirgi davrda ham, oldingi davrlarda ham dunyodagi, dindagi asosiy muammo bir dinni boshqasidan afzal o'ringa qo'yilishida edi. U fanatizmdan nafratlanardi, lekin yuragining tubida islom fanatlarini boshqalarning barchasidan yomonroq hisoblardi. Azizning esa ma'naviyati yuksakligi aniq va dindorligi ham ravshan edi. U 1979 yili islomni qabul qilgan bo'lib, buni «Karim Abdulla Jabbordan keyin va Ket Stivensdan oldin» qilganini hazil aralash tan olar edi. (Karim Abdulla Jabbor, tug'ilgandagi ismi - Ferdinand Lyuis Alsindor, 1947 yil tug'ilgan - taniqli amerika basketbolisti.) Basketbol tarixida eng yaxshi o'yinchilardan biri bo'lgan, deb hisoblana- di. (Ket Stivens - tug'ilgandagi ismi Stiven Demetr Giorgiu, 1978 yil tug'ilgan. Islomni qabul qilgach, ismi Yusuf Islom, deb o'zgartirilgan ingliz shoiri va ashulachisi.) Lekin bu uning turli mamlakatlardagi har xil dinlarga sig'inuvchi odamlar bilan munosabatda bo'lishiga va ularning hammalarini «Iloh huzuridagi o'z yoru birodarlari» deya e'lon qilishiga halal bermas edi. Insonparvarlik qarashlari yorqin, qat'iy pasifist (urushga qarshi turuvchi) Aziz dinlar orasidagi farq, mohiyatan faqat «lingvistik (ya'ni tillarning turliligi bilan bog'liq) muammo» deb biladi. Til haqiqatni yoritishdan ko’ra ko'proq berkitadi va natijada odamlar bir-birlarini tushuna olmaydilar, deb hisoblaydi. Tushunmovchiliklar bilan yo'g'rilgan bu dunyoda hech bir suhbatdoshga qat'iy ishonib bo'lmaydi, chunki eng kuchli ishonch ostida ham tushunmovchiliklar to'lib yotgan bo'lishi mumkin. Aziz va Ella vaqtning turli mintaqalarida yashashadi. Va bu lug'aviy ma'noda ham, majoziy ma'noda ham shunday edi. Ella uchun vaqt avvalo kelajakni bildirardi. Uning hayotida kelgusi vaqtlarga - kela-si yilga, kelasi oyga, ertaga, hattoki keyingi soatga oid rejalar muhim o'rin egallaydi. Masalan, magazinga yoki ustaxonaga borish kabilarni Ella oldindan belgilab qo'yadi va hamisha sumkasida ustaxonalarning ish soatlari va sotib olinishi kerak bo'lgan narsalarning ro'yxatlarini bo'ladi. Aziz uchun esa vaqt faqat HOZIR ko'rinishida mavjud, qolgan hammasi sarob. Shuning uchun u ishq «ertaga oid reja» bilan yoki «kechagi kun xotirasi» bilan sira bog'liq emas, degan qat'iy fikrda edi. Ishq faqat shu yerda va faqat hozir bor bo'lishi mumkin. Dastlabki elektron xatlaridan biri yakunida u: «Men so'fiyman, HOZIRning farzandiman» deb yozgan edi. “O’z fikrlarida juda qo'p vaqtini o'tmishga va undan ham ko'pini kelajakka bag'ishlaydigan, ammo hech qachon HOZIRda yashamaydigan ayol uchun bu so'zlar g'alati tuyulardi», - deb javob bergan edi unga o'shanda Ella. Download 1.48 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling