Elif Shafaq ishqqa oid qirq qoida
Download 1.48 Mb. Pdf ko'rish
|
Ishqqa oid 40 qoida
1244 yil, 30 oktyabr, Konьya.
Rumiy bilan uchrashuv arafasidagi uyqusiz tunda karvonsaroy mehmonxonasidagi o'z xonamning ayvonchasida o'tiribman. Xudo yaratgan koinotning buyukligini his etib, qalbim zavqqa to'lgan. Qayoqqa qaramang, hammayoqda Uni ko'rasiz va Uni topasiz. Shu bugun o'zim uchratgan kishilarni esladim - tilanchini, fohishani, ichkilikbozni. Hayot mushkulotlari va Undan begonalashuv tufayli azob chekayotgan oddiy insonlarni. O'zlarining fil suyagidan yasalgan qasrlarida yashovchi faylasuflar bu odamlarga e'tibor bermaydilar. Qiziq, Rumiy ham shundaylardan emasmikin? Agar shunday bo'lsa, men uni bu bebaxtlar bilan bog'layman. Shahar asta-sekin uyquga cho'mdi. Hatto tunda uxlamaydigan hayvonlar ham tun sokinligini buzishga jur'at eta olmaydigan vaqt boshlandi. Bunday damlarda meni mislsiz qayg'u chulg'ab oladi va shahar sukunatiga quloq solaman. Yopiq eshiklar ortida nimalar bo'layotganini va agar bu yo'lni emas, boshqa yo'lni tanlaganimda nimalar bo'lishi mumkinligini bilish menga qiziqarli. Lekin menda tanlash bo'lmagan. Yo'lning o'zi meni tanlagan. Men bir rivoyatni eslayman. «Bir darbadar darvish begonalarni yoqtirmaydigan shaharga kelib qolipti. «Ket, - deb qichqirishipti unga. Seni bu erda hech kim tanimaydi!» Darvish esa ularga xotirjam javob beripti: «To'g'ri, lekin men o'zimni taniyman va ishontirib aytamanki, agar buning aksi bo'lsa yomon bo'lardi». Hamon men o'zimni bilibman, demak, hammasi yaxshi bo'ladi. O'zini bilgan Xudoni biladi. Oy nuri meni yoritdi. Yengilgina yomg'ir yog'di, u misoli ipak ro'molning tegishi kabi mayin edi. Buning uchun Xudoga shukrona aytdim va barcha ishlarimda o'zimni uning azmu irodasiga topshirdim. Yana hayotning mo'rtligi va qisqaligi haqida o'ylab ketdim va yana bir qoidani esladim: «Hayot bizga omonatga berilgan. Va bu dunyo faqat taqlidlar, haqiqiy voqelikni qayta tiklashga urinishlardan iboratdir. O'yinchoqni haqiqiy deb qabul qilish faqat yosh bola uchun tabiiy. Shunga qaramay, kattalar ham yo o'yinga berilib ketishadi, yo qadriga yetmay uni sindirishadi, keyin esa tashlab ham yuborishadi. Hayotda haddan oshishlarga yo'l qo'ymaslik kerak, chunki bu ichki muvozanatni buzadi». So'fiylar haddan oshishlarga qarshi turishadi. So’fiylar o'z fikrlarida va xatti-harakatlarida hamisha vazmin. Erta tongda katta masjidga boraman va Rumiyning xutbasini tinglayman. U buyuk xotib bo'lsa kerak, harholda shahar ahli shu fikrda. Garchi va'zxonning san'ati tinglovchilariga bog'liq bo'lsa-da, Rumiy nutqida yulib tashlanishi kerak bo'lgan begona o'tlar ham ko'p bo'lsa kerak. O'ziga nima kerak bo'lsa yoki yoqsa, shuni tanlab olish tinglovchi ixtiyorida. Agar chamanzorda chiroyli gullar ochilib turgan bo'lsa, tikanli o'simlik- larga kim ham e'tibor berardi. Lekin aynan shulardan shifobaxsh dorilar tayyorlanishi haqiqatdir. Ishq chamanzorida ham ahvol shunday emasmi? Agar ishqda faqat go'zallik ko'rilsa- yu, mushkulotlarga ko'z yumilsa, bu chin ishq bo'larmidi? Yaxshidan lazzatlanish, yomonni chetlab o'tish oson. Lekin buning aksi bo'lishi ham mumkin. Haqiqiy muammo - yaxshini ham, yomonni ham seva olishda va bu yaxshi bilan birga yomonni ham qabullash uchun emas, balki ishqni butunligicha qabul qilish uchun kerak. Yana bir kun o'tdi, men o'z do'stim bilan tashishimga juda yaqin qoldi. Uxlay olmayapman. O, Rumiy! Meni ko'rganingda taniy olarmikinsan? Meni tanigin! Rumiy Download 1.48 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling