Elif Shafaq ishqqa oid qirq qoida


Download 1.48 Mb.
Pdf ko'rish
bet39/65
Sana14.05.2023
Hajmi1.48 Mb.
#1460256
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   65
Bog'liq
Ishqqa oid 40 qoida

Alovuddin 
1244 yil, 16 dekabrь, Konьya. 
O'rtoqlarim bilan kiyik oviga ketgandik
shuning uchun darvish otamning yo'lini to'sib 
chiqqanida men shaharda emas edim. Ertasi 
kuni qaytgan edim. Shu vaqt ichida otamning 
Shams Tabriziy bilan uchrashuvlari tillarda 


doston bo'lipti. Bu darvish kim o'zi, nima 
uchun Rumiydek alloma unga shunchalik 
jiddiy munosabatda bo'ldi va unga hatto ta'zim 
ham qildi, deya odamlar hayron edilar. 
Bolaligimdan boshqa odamlarning otamga tiz 
cho'kkanlarini ko'rishga o'rganganman, lekin 
otamning shoh yoki buyuk vazirdan boshqa 
kimgadir tiz bukib ta'zim qilishini tasavvur 
ham qilmagan edim. Shuning uchun sira 
yolg'on gapirmaydigan va hech nimani 
bo'rttirib gapirmaydigan o'gay onam butun 
voqeani boshidan oxirigacha ro'y rost hikoya 
qilib bermagunicha, bu gaplarga ishonmadim. 
Xullas, gap-so'zlar rost ekan. Shams Tabriziy 
degan darbadar darvish chindan ham tumonat 
odamlar orasida otamga savol bergan ekan va 
eng ajablanarlisi, u endi bizning uyimizda dam 
olayotgan edi. 
Tomdan tarasha tushganday, hayotimizga kirib 
kelgan bu begona odam kim o'zi? Men uni o'z 
ko'zlarim bilan ko'rmoqchi bo'ldim va Kiradan 
so'radim: 


- Qani o'sha kishi? 
- O’zingni bos, - pichirladi xavotir bilan Kira. - 
Otang darvish bilan kutubxonada o'tirishipti. 
Bizga ularning ovozlari eshitilardi-yu, lekin 
so'zlarini ilg'ab bo'lmas edi. Kutubxona 
eshigini ochmoqchi bo'lib intildim, lekin Kira 
meni to'xtatdi: 
- Menimsa, sabr qilishingga to'g'ri keladi. Ular 
hech kim bezovta qilmasligini iltimos 
qilganlar. 
Otam bilan darvish kun bo'yi kutubxonadan 
chiqishmadi. Ertasi kuni ham shunday bo'ldi. 
Ular nima haqida bunchalik uzoq 
gaplashayotgan bo'lishlari mumkin? Otamdek 
inson bilan bu oddiy darvish orasida qanday 
yaqinlik bo'lishi mumkin? 
Bir hafta, ikki hafta o'tdi. Har kuni ertalab Kira 
nonushta tayyorlar va patnisda kutubxona 
eshigi yoniga qo'yib ketar edi. Ularga har 
qancha tansiq taom taklif qilinmasin, ertalab 
bir burda non va kechqurun bir piyola echki 
sutidan boshqasini rad etishardi. 


Shu vaqt mobaynida mening ko'nglimga 
qandaydir noxush xayollar kelar edi. Ertayu 
kech kutubxonaga bir qarash uchun yo'l 
qidirardim. Ular eshikni birdan ochib qolishsa, 
mening yashirincha gaplariga quloq solib 
turganimni bilib qolishsa, nima bo'lishi 
mumkinligini o'ylab ham o'tirmasdan, butun 
vaqtimni o'sha yerda, nimalarni 
gaplashayotganlarini bilishga urinib o'tkazdim. 
Lekin aniq gaplar o'rniga faqat g'o'ng'illagan 
ovozlar kelardi. Ichkarini ko'ra olmas edim 
ham. Pardalar tortib qo'yilgani uchun u yer 
g'ira-shira ko'rinardi, xolos. 
Bir kuni Kira meni kutubxona oldida shu 
alfozda ko'rib qoldi, lekin hech nima demadi. 
Lekin bu safar u uyda nimalar bo'layotganini 
mendan ham ko'ra ko'proq bilgisi kelayotgani 
aniq edi. Ayollar odatda o'z tabiatlaridagi 
qiziquvchanlikni uzoq tiyib tura olmaydilar. 
Akam Sultan Valad mening eshik oldida gap 
poylab turganimni ko'rib qolgach, butkul 
boshqacha munosabatda bo'ldi. Qattiq 


xo'mraydi va menga ko'zlaridan o't chaqnatib 
qaradi. 
- Odamlar ortidan, ayniqsa, o'z otamiz ortidan 
poylashga qanday hadding sig'di, - ta'na qildi u. 
Men yelka qisdim. 
- Aka, to'g'risini ayting, nahotki siz otamizning 
butun vaqtlarini qayoqdagi begona odam bilan 
o'tkazayotganlaridan bezovtalanmayotgan 
bo'lsangiz? O’z oilalarini butkul unutganlariga 
bir oydan oshdi. Bu sizni xafa qilmayaptimi? 
- Otamiz bizni unutmaydilar, - javob qildi 
akam. 
- Ular Shams Tabriziydek do'st topdilar. Sen 
esa, yosh boladay hiqillaguncha, otam uchun 
xursand bo'lsang yaxshi bo'lar edi. Agar sen 
uni chindan yaxshi ko'rsang, albatta. 
Faqat akam shunday gaplarni ayta oladi. Lekin 
men uning g'aroyib fe'liga o'rganib qolganman 
va undan xafa bo'lmadim. Sultan Valad 
hamisha itoatkor bola bo'lgan, oilamiz, qo'ni-
qo'shnilarimiz va tabiiyki, otamiz uchun ham 
suyukli. 


Otam va darvish kutubxonamizga bekilib 
olganlaridan keyin qirq kun o'tgach, g'alati 
g'ayrioddiy hodisa yuz berdi. Men keyingi 
vaqtda odatlanganimday, eshik ortida gap 
poylab turardim. Birdan sukunat cho'kdi va 
men kutilmaganda bu sukunatda darvishning 
ovozini aniq eshitdim: 
- Biz bu yerda suhbatlashayotganimizga qirq 
kun bo'ldi. Har kuni Ishqning qirq qoidasidan 
birini muhokama qildik. Va endi kutubxonani 
tark etsak yaxshi bo'lardi, deb o'ylayman. 
Ikkimizning bu yerga bekinib olganimiz sening 
yaqinlaringni xafa qilayotgan bo'lishi kerak. 
- Xavotir olmang, - e'tiroz qildi otam. - 
Xotinim va o'g'illarim mening bekilishim 
sababini tushunadigan kap-katta odamlar. 
- Xotiningiz haqida men hech nima 
bilmayman, lekin o'g'illaringiz xuddi tun bilan 
kun kabi bir-birlaridan juda farq qilishadi. 
Katta o'g'lingiz sizga itoatli, lekin kichigining 
tuyg'ulari boshqacha, deb qo'rqaman. Uning 
qalbini alam va hasad qoraytirgan. 


Jahldan qonim boshimga urildi. Meni hatto bir 
marta ham ko'rmay turib, men haqimda bunday 
deyishga qanday haddi sig'di? 
- U meni bilmaydi, deb o'ylaydi, lekin men uni 
bilaman, - davom etdi biroz sukutdan keyin 
darvish. - U meni eshik tirqishidan 
kuzatayotganida, men ham uni kuzatdim. 
Orqam muzdek bo'lib jimirlab ketdi va 
sochlarim tik turdi. Hech nima o'ylab o'tirmay, 
eshikni siltab ochdim va kutubxonaga kirib 
keldim. Otamning ko'zlari hayratdan dum-
dumaloq bo'lib ketdi, lekin tez orada 
hayratning o'rnini g'azab egalladi. 
-Alovuddin, sen jinni bo'ldingmi? Bizni 
bezovta qilishga qanday jur'at etding? 
- Siz avval undan nima uchun men haqimda 
bunday deganini nega so'ramaysiz? - xitob 
qildim men. 
Otam bir so'z ham aytmadi. U mening bu 
yerdaligim yelkasiga og'ir yuk bo'lib 
tushganday, menga qarab turar va og'ir nafas 
olardi. 


- Ota, iltimos. Kira sizni ko'rishni istaydi. 
Shogirdlaringiz ham. Nimaga siz qandaydir 
iflos darvishni deb sizni yaxshi ko'radigan 
olamlardan yuz o'girayapsiz? 
Shu so'zlarni aytdim-u, o'sha zahoti 
aytganimga pushaymon bo'ldim, lekin juda 
kech bo'lgan edi. Otam menga qarab turar va 
uning ko'zlarida mendan ko'ngli qolgani 
ko'rinib turardi. Men hech qachon uni bu 
alfozda ko'rmagan edim. 
- Alovuddin, marhamat qilginda, hoziroq 
kutubxonadan chiq, - dedi otam. - Biron tinch 
joyga borginda, qilgan ishing haqida o'ylab 
ko’r. O'z qalbingga nazar solmaguningcha va 
xatoingni tushunmaguningcha, menga gapirma. 
- Lekin, ota... 
- Chiq! - takrorladi otam va menga orqasini 
o'girib oldi. 
Yuragim qattiq siqildi, oyoqlarimda zo'rg'a 
turgancha kutubxonadan chiqdim. 
O'sha ondan boshlab men hayotimiz 
o'zgarganini va endi hech qachon avvalgiday 


bo'lmasligini tushundim. Onam vafotidan 
sakkiz yil o'tgach, ikkinchi marta yaqin 
insonim meni tashlagan edi. 
Rumiy 

Download 1.48 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   65




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling