Elif Shafaq ishqqa oid qirq qoida
Download 1.48 Mb. Pdf ko'rish
|
Ishqqa oid 40 qoida
1246 yil, iyun, Konya.
Bu miyasi yo'q shahar ahli samo raqsini shakkoklik deyapti. Ularga quloq solsangiz, Xudo har bir narsani o'z musiqasi bilan yaratishga yaratgan, lekin yaratgach, O'zi bu musiqani eshitishni taqiqlagan bo'lib chiqadi. Nahotki ular tabiatdagi har bir narsa kuylab turganini tushunishmasa? Axir koinotdagi har bir narsaning o'z muayyan maqomi bor: yurakning urishida, qushlar qanotlarining silkinishlarida, tunda shamolning derazaga urilishida, temirchi dastgohida metalldai chiqqan ovozida, bular hammasi hali tug'ilmagan bolani ona qornidaligidayoq qurshab turadi… Buyuk musiqaning yaralishida dunyodagi barcha narsalar bor ehtiroslari va o'z ixtiyorlari bilan qatnashadi. Aylanuvchi darvishlar raqsi - bu cheksiz zanjirning bir bo'g'imi. Bu Ummon suvining bir tomchisida butun ummon gavdalangani kabi go'yo. Tomoshadan bir necha soat oldin biz Rumiy bilan muroqaba qilish uchun hech kim yo'q xonaga kirdik. Tomoshada qatnashadigan olti darvish ham biz bilan birga edi. Hammamiz tahorat olib, duo qildik. Keyin tayyorlab qo'yilgan kiyimlarimizni kiydik. Biz qanday kiyimlar kiyishimizni ancha oldin kelishib olgan, eng oddiy matolarni tanlagan edik. Mis rangidagi qalpoqlar qabr toshlari rangini, uzun oq yubkalar kafan rangini, qora yoping'ichlar qabr rangini majozi edi. Bizning raqsimiz so'fiylarning «men» haqidagi tasavvurlarini ifodalar edi. Sahnaga chiqishdan oldin Rumiy dedi: - Biluvchi yo'q endi va u faqat tuyg'ularni qoldirib ketdi, Faqat olti yo'nalishni tushunmoq bizga qoldi. Shu tarzda biz tayyor bo'ldik. Eng oldin nay chalindi. Keyin Rumiy samo azonchisi rolini ijro etish uchun sahnaga chiqdi. Keyin birin- ketin darvishlar ham boshlarini kamtarona egib chiqishdi. Eng oxiri shayx chiqishi kerak edi. Men qat'iy ravishda bu rolni o'ynashdan bosh tortdim, Rumiy esa shu rolni o'ynashimni qattiq so'rayverdi. Keyin Hofiz Qur'ondan yerdagi belgilar haqida oyatlar o'qildi. Undan keyin nay va rubob ovozlari ostida tavof ohangi yangradi. Tingla naydin, chun hikoyat aylagay, Ayriliqlardin shikoyat aylagay. Men qamish erdim, kesib keltirdilar Nolishimdin el hama o'rtandilar. Oldin birinchi darvish o'zini Xudoga topshirib, aylana boshladi, libosining etaklari ohista shitirlardi. Tez orada biz hammamiz aylana boshladik, nafaqat biz o'zimiz, balki tomoshabinlar ham Bir Butunlik holatiga yetmagunimizcha aylandik. Osmonlardan nimaniki qabul qilsak, yerga, Xudodan olganlarimizni odamlarga uzata boshladik. Bizlar Oshiqni Ma'shuq bilan birlashtiruvchi zanjir bo'ldik. Musiqa to'xtaganidan keyin hammamiz bir vaqtda koinotning asosiy quvvatlari bo'lmish olov, shamol, tuproq va suvga, shuningdek, beshinchi unsur bo'lmish bo'shliqqa ta'zim qildik. Tomoshadan keyin Kayxusrav bilan mening oramda bo'lib o'tgan hodisadan afsuslanmayman. Lekin har holda Rumiyni qiyin ahvolga solib qo'yganimdan noqulaylik his etayapman. Dunyoviy qudrat egalaridan tegadigan imtiyozlar va rahnamoliklarga o'rgangan Rumiy hech qachon hukmdordan bunchalik uzoqlashmagan edi. Ammo endi u hech bo'lmasa, oddiy odamlar qanday yashashlarini - hukmdor tabaqa bilan ko'pchilik xalq orasidagi devorning naqadar balandligini his eta oladi. Shuning bilan birga, anglashimcha, mening Konyada bo'lish muddatim ham qisqarib bormoqda. Ishq va do'stlik har safar kutilmagan o'zgarishlarning sababchisi bo'ladi. Agar biz ishqni tuygunimizga qadar qanday bo'lgan bo'lsak, shundayligimizcha qoladigan bo'lsak, demak, bu ishq etarlicha kuchli emas ekan. Poeziya, musiqa va raqs sirlariga oshno bo'lish miyning shaxsida sodir bo'lgan o'zgarishlarga xotima bo'ldi. U ilgari she'riyatni inkor etgan, o’quvchilariga dars berayotganida yoki hamshaharlaru xutbasini tinglaganlarida o'z ovozidan zavqlanib yurgan olim va va'zxon edi. Endi esa, garchi o'zi buni hali haqiqiy anglab yetmagan bo'lsa hamki, shoirga aylandi. Menga kelsak, men ham o'zgardim va hamon o'zgarayapman. Men borliqdan Hech nimaga o'tish yo'lidaman. Bir davrdan boshqasiga, hayotdan o'limga. Bizning do'stligimiz Xudoning lutfi, marhamati bo'ldi. Biz birga mutloq to'liq hayot baxtidan zavqlandik, gullab-yashnadik, quvonchga to'ldik, pishib etildik. Bobo Zamonning bir vaqtlar aytgan gaplari esimda: dunyoni o'z ipagi bilan qoyil qoldirish uchun ipak kurti o'lishi kerak. Tomoshabinlar ketishgach, Rumiy bilan to'liq sokinlikda o'tirar ekanmiz, bizning rumiy bilan birga o'tkazayotgan vaqtimiz o'z nihoyasiga yetganini angladim. Biz birga bo'la oldik va birga-likda borliq naqadar go'zal bo'lishi mumkinligini o'z boshimizdan kechirdik; biz ikki ko'zgu bir-birini aks ettirgandagi cheksizlik nimaligini angladik. Ammo «Qalbi og'rimaganda Ishq bo'lmaydi», degan qadimgi maqoldan ham qochib qutulib bo'lmaydi. Ella Download 1.48 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling