Elif Shafaq ishqqa oid qirq qoida
Download 1.48 Mb. Pdf ko'rish
|
Ishqqa oid 40 qoida
Ella 2008 yil, 9 iyun, Nortgempton. Avvallari bir o'zi uyda qolishdan qo'rqadigan Ella, keyingi vaqtlarda o'zi yolg'iz qolishni yoqtirib qolganiga e'tibor berdi. U «Shirin shakkoklik» uchun taqriz yozishga kirishib ketdi va buning uchun Misheldan yana bir hafta muddat so'radi. U taqrizni ertaroq yozib tugatishi ham mumkin edi, lekin shoshgisi kelmayotgan edi. Bu ish unga o'zini, o'z oilaviy masalalarini, afsuski, eri bilan o'zi orasidagi eski qarama-qarshiliklarni tushunib olishiga yordam bergan edi. Bu hafta Ella birinchi marta pazandachilik darsini qoldirdi. O'zi hech kim bilan gaplashgisi kelmayotgan edi, oxirgi daqiqalarda tobi yo'qligini aytib bormadi. Aziz bilan yozishmalarini hammadan sir tutardi. Adabiyot agentidagilar uning kitob muallifi bilan virtual iliq munosabatlarini bilishmas edi, farzandlari bilan eri ham bilmas edilar. Ammo Ellani hammadan ko'p hayron qoldirayotgan narsa, bu o'zgarish o'zini sira bezovta qilmayotgani edi. U bunday o'zgarish bo'lishini sabr bilan kutib yurganday edi go'yo. Lekin elektron yozishmalar endi yetarli bo'lmay qolgan edi unga. U Azizga telefon qildi. Vaqtda besh soat farq borligiga qaramay, ular har kuni telefonda gaplashishardi. Aziz uning ovozi muloyim va zaifligini aytdi. Kulganida esa, kulgisi jur'atsiz va uzilib chiqarkan, go'yoki kulsam bo'larmikan yo yo'qmi deyayotganday. Bu boshqalarning e'tiboriga ahamiyat bermaslikni bilmaydigan ayolning kulgusi ekan. «Sen shunchaki tabiiy bo'l, - derdi unga Aziz. - Shunga harakat qil!» Lekin notinch oilaviy hayotida tabiiy bo'lish uncha oson emas edi. Avi matematikadan xususiy darslarga qatnay boshladi, Orli esa o'zidagi taomlanish muammosi tufayli ruhshunos qabuliga ro'yxatda turdi. Bugun u omletining yarmini edi, bu uning bir oy mobaynida bir qadar to'g'ri ovqatlangani edi. Garchi u omletda qancha kaloriya borligini so'ragan bo'lsa-da, harqalay Ella uning shu yeganiga ko'ngli aynab, qusmaganining o'zini ham mo'jizaga yo'ydi. Bu orada Janet o'zining Skott bilan aloqalari uzilganini e'lon qildi. Ikkisiga ham shaxsiy hayot uchun maydon kerakligi haqidagi fikrdan boshqa tushuntirish bermadi. Ellaning xayoliga bu «shaxsiy hayot» deganlari yangi muhabbatni anglatishi mumkinligi fikri keldi, zero na Janet, na Skott bu ma'noda vaqtlarini bekor o'tkazmayotgan edilar. Ellani hammadan ko'p hayron qilgan narsa, odamlar orasidagi munosabatlarning qanday katta jadallik bilan tug'ilishi va parchalanishi edi, lekin u hech kimni ayblamaslikka harakat qilardi. O'zining Aziz bilan yozishmalarida qo'lga kiritgan narsasi hech bo'lmaganda shu edi: agar xotirjamlik saqlasa, bolalar o'zlari unga o'zlari aytadilar. U bolalarining ishiga aralashmay qo'yganidan boshlab, ularning o'zlari kelib hammasini aytadigan bo'lishdi. Ella ularga yordam berishga va yupatishga shoshilishdan voz kechishi bilanoq, hammasi o'z-o'zidan va yaxshiroq yo'lga tusha boshladi. U faqat hodisalar qanday kechayotganini kuzatib borar, kun ketidan kunlar ortiqcha zo'riqishlarsiz, birin-ketin o'tib borardi. Ella o'z ixtiyorida bo'lmagan ishlarga aralashmay qo'yganidan beri, ichida go'yo yana bir inson paydo bo'lgandi - bu (ichki odam) ancha dono, bosiq va zukkoroq edi. - Bu o'sha beshinchi unsur, - shivirlar edi u goho o'ziga-o'zi. Hech qancha vaqt o'tmay, eri xotinida sodir bo'lgan o'zgarishga e'tibor berdi. Endi u bilan sal uzoqroq birga qolishni istayotgani boisi shu emasmikin? Uyga ham erta qaytadigan bo'lib qoldi, Ella endi u ayollar e'tiborini tashqaridan izlamay qo'yganmikin, degan shubhaga bordi. - Azizam, senga biron kori hol bo'lmadimi? - so'rardi undan goho Devid. - Menda hammasi joyida, - javob berardi kulim- sirab Ella. U o’zining sokin (ichki) maskaniga ketganidan buyon, u xuddi uzoq yillar uxlab o'tkazilganday bo'lib ko'rinayotgan o'z nikohidagi tashqi odatlarini tashlaganday edi. Endi Devid bilan risoladagidek hayot manzarasini chizishni bas qilganidan beri, Ella ular birgalikda yo'l qo'ygan barcha xatolarni, birga kechirgan hayotlaridagi barcha eski qusurlarni ravshan ko'rgan edi. Ella endi tabiiy edi. Va Devidning ham o'z-o'zidan shunday bo'lib qolganini his etdi. Endi nonushta va tushlik vaqtlarida ular katta odamlar o'z odatiy ishlarini tinchgina qilganlari kabi, xuddi kirim va chiqimlarini umumlashtirgan kabi muhokama qilar edilar. Keyin xuddi boshqa gaplashadigan gaplari yo'qligini bilganday, jim bo'lib qolishar edi. Gohida Ella eri o'ziga undan qandaydir biron so'z kutayotganday, e'tibor bilan qarab turganini ko'rib qolardi. Agar Ella undan ishqiy sarguzashtlari haqida so'rab qolsa, u jon deb tavba-tazarru qilishi mumkinligini bilib turardi. Lekin Ella o'zi buni istashidan shubhalanardi. Avvallari oila qayig'ini muvozanatdan chiqarib yubormaslik uchun eridan hech nima so'ramas edi. Endi esa, eri kechalari uyga qaytmaganlarida nimalar bilan shug'ullanishini bilmaydiganga solmaydigan bo'ldi. U hamma narsani bilishini va buning unga mutlaqo qizig'i yo'qligini aniq sezdirib turardi. Erini esa ayni shu narsa qo'rqitar edi. Ella uni tushunardi, chunki qalbi tubida o'zi ham shundan qo'rqardi. Agar Devid atigi bir oy oldin u tomonga bir qadam ko'ygan bo'lsa edi, u eridan minnatdor bo'lgan bo'lardi. Oilani mustahkamlash yo'lida qo'yadigan har qanday qadamini minnatdorlik bilan qabul qilgan bo'lardi. Lekin bir oy oldin bu shunday edi. Endi esa avvalgi hayoti unga haqiqiy hayot bo'lib ko'rinmas edi. Uch bolaning onasi qanday qilib shu ko'yga tushdi? Boz ustiga, Janet aytganiday, hamon baxtsiz ekan, nima uchun o'zini hamma baxtsizlar tutganlariday tutmadi? Nima uchun vannaxonaga kirib yig'lab yurmadi, oshxonadagi rakovinaga engashib ho'ngramadi, tashqariga chiqib ketib yolg'iz aylanib yurmadi, devorga idishlarni otib sindirmadi? Hech nima qilmadi. Ellaga g'alati sokinlik cho'kkan edi. U to'kis ta'minlangan hayotini katta tezlik bilan tark eta boshlagan edi, lekin ayni paytda ilgari o'zida sira bo'lmagan barqarorlik borligini his etardi. Ertalablari oynaga uzoq tikilar, o'z yuzidagi o'zgarishlarni kurmoqchi bo'lardi. Yoshardimikin? Yoqimliroq bo'ldimikin? Lekin hech qanday farqni ko'rmas edi. Va baribir u endi avvalgiday emas edi. Kira Download 1.48 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling