Elif Shafaq ishqqa oid qirq qoida


Download 1.48 Mb.
Pdf ko'rish
bet58/65
Sana14.05.2023
Hajmi1.48 Mb.
#1460256
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   65
Bog'liq
Ishqqa oid 40 qoida

Cho'l atirguli 
1247 yil, dekabr, Konya. 
Kimyo yig'lab, mendan yordam berishimni 
so'radi. Yuzlari bujmayib, nafaslari qisilib 
qoldi, oxiri, mayli, yordam beraman dedim 
unga. Ichimda bu ish befoydaligini va 
yalinishlariga quloq solmasligim kerakligini 
tushunib turardim. Bu fojiaga olib kelishini 
negadir oldindan bila olmadim. Aybdorlik 
hissidan azob chekar ekanman, nahotki 
shunchalar soddalik qildim, bu ishning 
dahshatli oqibatini ko'ra olmadim, deb hamon 
o'zimdan takror-takror so'rayman. 


O'sha kuni u mendan yordam so'rab kelganda 
men qarshilik qila olmadim. 
- Iltimos, yordam bering, o'rgating, - yolborardi 
u shivirlab. 
Qizaloqqa achinganimdan yuragim yum-yum 
yig'lar- di, «Balki bezarardir», deb o'ylagandim 
o'shanda. Nima bo'lardi, axir u o'z eri bilan 
qovushmoqchi. Begona erkak bilan emas-ku! 
Sababi: faqat sevgi. Bu qanday yomon 
oqibatga olib kelishi mumkin? Unda kuchli 
ehtiros bor, lekin bu gunoh emas. Bu toza 
ehtiros! 
Qalbim ich-ichidan bu tuzoq, deb turardi, 
ammo Xudoning rejasi shunday ekanki, men 
buning zararli oqibatini ko'ra olmadim. 
Shuning uchun ayol latofati borasida 
qo'llaridagi xinadan boshqasini bilmaydigan bu 
qishloq qizi Kimyoga yordam berishga qaror 
qildim. 
Men unga pardoz-andoz qilishni o'rgatdim, u 
uquvli shogird chiqdi. Unga xushbo'y suvda 
cho'milish, terisiga xushbo'y moylar surib 


ishqalash, yuziga asal va sutli niqoblar qilish 
kerakligi qaqida gapirishimga to'g'ri keldi. Men 
unga erkak ehtirosini qo'zg'atadigan turli 
moylar haqida aytdim. Tishni oqartirish, 
tirnoqlarini xina bilan bo'yash, o'sma va 
surmalar qo'yish, yanoqlar va lablarni bo'yash, 
sochlarni turmaklash kabilarni o'rgatdim. 
Keyin u bilan bozor aylanib, ipak liboslar sotib 
oldik... 
Keyin raqs tushishni va Xudo ato etgan go'zal 
vujudini eriga ko'z-ko'z qilishni o'rgatish 
navbati keldi. Ikki hafta o'tib, Kimyo o'z erini 
asir eta oladigan darajaga yetdi. 
O'sha kuni xuddi cho'pon qurbonlikka 
qo'zichoqni qanday tayyorlasa, men ham 
Kimyoni Shames Tabriziy uchun shunday 
tayyorladim. Xushbo'y suvda cho'miltirdim, 
sochlariga moy surtdim, chiroyli ko'ylagini 
kiydirdim. Pardoz qildirdim. Oxirida Kimyo 
ko'z uzib bo'lmas darajada chiroyli bo'lib ketdi. 
Bu ishlarni tugatganimizda Kimyo endi 
tajribasiz yosh qizaloqqa o'xshamas, u vujudini 


to'ldirib toshirayotgan ehtiroslarda yonayotgan 
ayol edi. U sevgilisi tomon qadam tashlay 
oladigan va kerak bo'lsa buning uchun qimmat 
badal to'lashga ham tayyor ayolga aylandi. 
Men o'z go'zalimni tomosha qilib turar 
ekanman, Qur'ondagi Yusuf va Zulayho 
haqidagi oyatlar yodimga tushdi. 
Xuddi Kimyo kabi Zulayho ham o'z ehtirosiga 
ehtiros bilan javob bermagan erkakka ko'ngil 
qo'ygan edi. Butun shahar ahli g'iybat 
qilavergach, Zulayho ularni mehmonga 
chaqirgan. Har birining qo'liga pichoq berib, 
Yusufga: «Bu yoqqa kel», deb buyurgan. Uni 
ko'rgan mehmonlar hayratdan qo'llarini kesib, 
«Xudoyim, o'zing asra bizni! Bu inson bo'lishi 
mumkin emas! Bu farishta!» deyishgan. 
Shundan keyin hech kim Zulayhoni Yusufni 
sevgani uchun ayblamaydigan bo'lgan. 
- Ko'rinishim qanday? - hayajon bilan so'radi 
Kimyo xonamdan chiqishidan oldin. 
- Ajoyib, - javob berdim men. - Endi ering seni 
ertaga va indinga ham erkalaydi. 


Kimyo qizarib ketdi. Men esa kulib yubordim 
va u ham o'sha zahoti menga qo'shilib kuldi, 
uning kulgusi meni xuddi quyosh nurlariday 
ilitdi. 
Men o'zim aytgan gapimga ishonardim, unda 
Shamsni o'ziga jalb etish qobiliyati borligiga 
shubha qilmagandim. Shunga qaramay
ko'zlarimiz uchrashganda, uning ko'zida 
ikkilanish soyasi borligini payqadi , mening 
ko'nglim g'ash bo'lib qoldi. Yomon alomatni 
his etdim. 
Lekin Kimyoni to'xtatolmadim. To'xtatishim 
kerak edi. Axir ko'rib turgan edim-ku! Uni 
to'xtatmaganim uchun umrimning oxirigacha 
o'zimni kechirmayman. 
Kimyo 

Download 1.48 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   65




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling