Elif Shafaq ishqqa oid qirq qoida
Download 1.48 Mb. Pdf ko'rish
|
Ishqqa oid 40 qoida
Alovuddin
1247 yil, may, Konya. Men biron marta ham bu to'yga qarshi e'tiroz bildirmadim. Lekin Kimyo Shamsning xotiniga aylanadigan kuni shunday og'riq bilan uyg'ondimki, bunaqasi sira bo'lmagan. Nafasim xuddi suvda cho'kib ketayotgan odamning nafasiday qisilib, havo qattiq yetishmayotgan bir alfozda to'shakda o'tirib qoldim. Nihoyat, birozdan keyin, odatdagiday nafas olaboshladim-u, endi otamga o'g'il bo'la olmasligimni angladim. Onam-ku yo'q edi - endi otam yo'q bo'ldi. Akam ham. Kimyo ham yo'q bo'ldi. Yorug' dunyoda bir o'zim qoldim. Bir kechada o'g'ilning otasiga bo'lgan hurmatidan saqlanib qolgan bir tutami ham yo'q bo'ldi-qoldi. Kimyo uning tug'ishgan qiziday edi. U Kimyoni yaxshi ko'radi deb o'ylardim. Lekin endi u faqat Shams Tabriziyni yaxshi ko'rishi ma'lum bo'ldi. Qanday qilib u Kimyoni shu odamga berdi-ya? Shamsdan yaxshi er chiqmasligi hammaga ma'lum-ku! Bu haqida o'ylagan sarim, Shamsni Kimyoga uylantirish shunchaki bu odamning xavfsizligini ta'minlash uchun bo'lganini tushunayapman, shuni deb otam Kimyoning baxtini — mening ham baxtimni qurbon qildi. Bugungi muhim hodisaga tayyorlanish jarayonini kuzatar ekanman, kun bo'yi o'zimdan bu fikrlarni haydashga harakat qildim. Mana uy yaraqlatib tozalab chiqildi, yovuz kuchlarni haydash uchun kelin-kuyov yotoqxonasiga atirgul suvi purkaldi. Asosiy yovuz kuch-chi? Shamsni qachon haydashar ekan? Kechga yaqin bu tantanani kuzatishga boshqa toqatim qolmadi. Menga azob berayotgan bu ishlarda boshqa qatnashmaslik uchun uydan chiqayotganimda akam to'xtatdi. - To'xta, Alovuddin! Qayoqqa ketayapsan? - dedi u baland, jarangdor ovozda. - Hozircha Irshodnikiga, - dedim orqamga ham qaramasdan. - Jinnimisan? To'y nima bo'ladi? Otam bilsa, qattiqxafa bo'ladi! Yuragi eziladi! Men ichimda g'azab to'lqinlari qanday ko'tarilayotganini his etardim. - Uning o'zi birovlarning yuragini ezsa maylimi? - Kimni aytayapsan? - Tushunmayapsizmi? Otamiz Shamsning ko'nglini olish uchun va u yana ketib qolmasligi uchun bu to'yni qilayapti. Kimyoni unga kumush idishga solib, ikki qo'llab hadya etayapti. Akamning qattiq jahli chiqdi, lablarini mahkam qimtib oldi. - Nima demoqchiligingni tushundim, lekin sen nohaqsan. Seningcha, Kimyoni majburlab uzatishayaptimi, lekin uning o'zi Shamsga tegishni istadi-ku! -Go’yo unda o’z ixtiyori bordek, - e'tiroz etdim men. - Yo Xudoyim-ey! Tushunsang-chi! - xitob qildi akam xuddi Xudodan madad so'rayotganday ikki qo'lini osmonga ko'tarib. - U Shamsni yaxshi ko'radi. - Bo'lishi mumkin emas. Ovozim bo'g'ilib qoldi. - Uka, - dedi keyin Sulton Valad, - hissiyotlaring ongingni xiralashtirishiga yo'l qo'yma. Sen rashk qilayapsan. Lekin hatto rashk ham foyda berishi va oliy maqsadga xizmat qilishi mumkin. Xatto ishonchsizlik ham ishonchga aylanishi mumkin. Qoidalardan biri shunday. O'ttiz beshinchi qoida shunday deydi: «Bu dunyoda yakdillik ham, to'g'rilik ham olg'a yurishimizga yordam bermaydi, qarama-qarshiliklar yordam beradi. Har birimizda butun koinot qarama-qarshiliklari mavjud. Shunga ko'ra har bir e'diqodli odamning ichida e'tiqodsiz odami ham bor. E'tiqodsiz odam ham o'z ichida e'tiqodli odam borligini ertami-kechmi topadi. Insoni komil, ya'ni mukammal inson bo'lish yo'lida e'tiqod asta-sekinlik bilan sodir bo'ladigan jarayon va u o'z qarama-qarshisini - e'tiqodsizlikni taqozo etadi». Bu gaplar mening sabr kosamni toshirib yuborgan so'nggi tomchi bo'ldi. - Sizlarning so'fiyona gaplaringiz jonimga tegib ketdi! Sizga quloq solishim shartmi? O'zi hammasiga siz aybdorsiz! Shamsni Damashqda qoldirib kelsangiz yaxshi bo'lardi va hech nima bo'lmas edi. Nimaga uni qaytarib keldingiz? Agar biron yomon ish sodir bo'lsa va bu bo'ladi ham, aybdori siz bo'lasiz. Akam qo'rqib, tilini tishlab qoldi, o'shanda men hayotimda birinchi marta akam mendan ham, mening qo’limdan kelishi mumkin bo'lgan ishdan ham qo'rqayotganini tushundim. Irshodni uyiga yo'l olayotib, tanishlarni ham, notanishlarni ham uchratib qolmaslik uchun ataylab tor va aylanma, sassiq ko'chalarni tanladim, chunki ko'zlarimdagi yoshni to'xtata olmas edim. Boshimda faqat bir fikr aylanardi: Shams bilan Kimyoning bir to'shakda... Men haddimdan oshayotganimni bilardim. Kimdir hal qiluvchi qadam qo'yishi kerak edi. Kimyo Download 1.48 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling