Elif Shafaq ishqqa oid qirq qoida
Download 1.48 Mb. Pdf ko'rish
|
Ishqqa oid 40 qoida
Ichkilikboz Sulaymon
1248 yil, mart, Konya. Ichkilik ichmaydiganlar ichuvchilar boshqa qiladigan ishlari yo'qligidan, dangasalikdan ichishadi, deb hisoblashadi. Ular hech nimani tushunishmaydi! Qancha ko'p ichsangiz, shuncha og'irlashasiz, o'zingizni harakatlanishga majburlay olmaydigan bo'lib qolasiz. Biz butun dunyo yukini o'z yelkalarimizda ko'taramiz. Qattiq holdan toygan va hamma narsadan norozilik tuygan holda boshimni stolga qo'yib, mudrab qolibman. O'shanda ancha noxush bir tush ko'ribman. Qandaydir notanish ko'chalarda kattakon qora buqa meni g'azab bilan quvlayotganmish. Undan qochib, bozorga kiribman, bozordagi do'konlar, peshtaxtalar oshib, savdo qilayotganlarga urinib-surinib, hammaning jahlini chiqarib chopayotganmishman. Chopayotib qandaydir o'tish joyiga duch keldim, o'zimni o'shanga urdim, lekin u boshi berk ko’cha ekan. U yerda mamontning tuxumi bor ekan, juda katta, uydek keladi. Tuxum birdan maydalana boshladi, ichidan bir xunuk ho’l qush chiqipti. Men boshi berk ko'chadan chiqib ketmoqchi bo'libman, lekin shutob osmonda qushning onasi paydo bo'lipti, go'yo jo'jasining isqirtligiga meni aybdor sanab, qarab turganmish. Keyin u osmondan pastlay boshlapti va menga o'tkir tumshug'ini taqapti... Shundan keyin uyg'onib ketdim. Ko'zimni ochib, stol oldida uxlab qolganimni tushundim. Og'zim xuddi zanglagan mixning ta'miga o'xshagan mazadan taxir bo'lib ketipti, chanqab, o'lay deb qolibman-u, lekin qimirlagim kelmas edi. Boshimni ko'tarmagan holda qovoqxonadagi shovqinga quloq tutgancha, yana yo'qlikka cho'kib ketdim. Shu orada orqamda kimlardir bahslashayotganini eshitdim; shovqin xuddi asalari inidan chiqadigan ovozlarga o'xshab goh yaqinlashar, goh uzoqlashardi. Nihoyat bu qo'shni stolda bahslashib o'tirgan odamlarning ovozlari ekanini ilg'adim. Endi ularning yuziga qaramoqchi bo'lib turgandim, qulog'imga «qatl etish» degan ovoz eshitilib qoldi. Avvaliga buni mast odamning alahlashi bo'lsa kerak, deb o'yladim. Qovoqxonada nimalarni eshitmaysan kishi, keyin esa, o'rganib ketilganidan keyin hamma narsani ham jiddiy qabul qilavermaslik kerakligini tushunasiz. Lekin qo'shni stoldagilar ovozlaridagi allanima meni hushyor tortib, tuzukroq quloq solishga majbur etdi. Ular hazillashmayotganlarini va gap Shams Tabriziyni o'ldirish haqida ketayotganini tushungach, chakagim uzilay deb osilib qoldi. Ular chiqib ketgan zahoti o'zimni uxlayotganga solishdan to'xtab, stoldan irg'ib turdim. - Xristos, bu yoqqa kel! Kelsang-chi tezroq! - baqirdim men. - Senga yana nima kerak? - so'radi chopib kelgan Xristos. - Nimaga baqirasan? Men esa hech nima deya olmadim. Hatto unga ham ayta olmadim. Qovoqxonada o'tirganlarning hammasi menga shubhali ko'rinardi. Bu Shamsga qarshi uyushtirilayotgan suiqasd bo'lsa-chi? Yo'q, og'izni qulflab, ko'zni kattaroq ochish kerak. - Shunchaki, o'zim! Qornim ochdi, - dedim. - Menga sho'rvangdan olib kel. Sarimsoqdan ko'proq sol. Hushimga kelib olay! Mening kayfiyatimdagi tez o'zgarishlarga odatlanib qolgan Xristos menga hayron qarab qo'ydi, ortiqcha savol bermadi. Birpasdan keyin yaxshi qaynagan va xushbo'y tovuq sho'rva olib keldi. Va men uni shoshib icha boshladim. Biroz o'zimga kelib olgach, Shame Tabriziyni izlab topish uchun ko'chaga otildim. Eng oldin Rumiylarnikiga bordim. Shams u yerda yo'q ekan. Keyin machit, madrasa, choyxona, novvoyxona, hammomga bordim... Hunarmandlar ko'chasining barcha burchaklariga qirib chiqdim. Hatto mabodo tishi og'rib qolgan bo'lsa, kirmadimikin deb lo'lining chaylasiga ham bosh suqdim. Hammayoqni izladim va vaqt o'tgan sayin qo'rquvim ortib bordi. Vahimaga tushib qoldim. Kech qoldimmikan? O'ldirib bo'lishganmikin? Bir necha soat shu zaylda yurib, endi qayoqqa borishni bilmay karvonsaroy tomonga burildim, yuragim alg'ov-dalg'ov bo'lib yotardi. Shunda birdan, xuddi mo’jiza ro’y berganday, eshikdan ikki qadam narida Shamsga duch keldim. - Assalomu alaykum, Sulaymon. Sen juda band ko'rinasan? - kulimsirab so'radi Shams. - Xudoga shukur! Tirik ekansan! - xitob qildim men va uni quchoqlab oldim. Shams qo'llarimdan bo'shab olgach, menga hayron qarab qoldi: - Tirikman, albatta! Yo arvohni ko'rdim deb o'yladingmi? Men jilmayib qo'ydim. Boshim og'riyotgan edi, boshqa vaqt bo'lganda-ku, tezroq chanqovbosdi qilish va tashvishdan nari bo'lish uchun ikki ko'za ichgan bo'lardim. - Do'stim, nima bo'ldi? Tuzukmisan? - xavotirlanib so'radi Shams. Men zo'rg'a yutinib oldim. Men suiqasd haqida aytsam, u ishonmasa-chi? Balki kayfi oshganidan shunday tushungan, deb o'ylar? Bu to'g'ri bo'lishi ham mumkin. Hozir o'zim ham o'zimga ishonmas edim. - Seni o'ldirmoqchi bo'lishayapti, - dedim men. - Bu odamlar kimligini bilmayman, chunki ularning yuzlarini ko'rmadim. Uxlayotgandim, bilasan-ku... Lekin bu tush emas edi. Ya'ni tush ham ko'rayotgan edim, lekin bu tush emas edi. Men mast emas edim. Atigi ikki finjon, nima degan gap... Shams qo'lini elkamga qo'ydi: - Xotirjam bo'l, do'stim. Men tushunaman. - Tushunasan? - Ha. Endi joyingga qaytib borgin-da, men haqimda boshqa tashvish qilma. - Yo'q, yo'q! Hech qayoqqa bormayman. Sen ham bormaysan, - qarshilik qildim men. - Bu jiddiy odamlar edi. Sen ehtiyot bo'lishing zarur. Rumiylarnikiga borma. Seni eng oldin o'sha yerdan izlashadi. Shams mening holatimga e'tibor bermay, jim turardi. - Menga quloq sol, darvish, mening uyim kichkina, lekin agar istasang menikida qancha turging kelsa, shuncha turishing mumkin. - Meni o'ylaganing uchun katta rahmat, - dedi Shams. - Lekin hammamiz ham Xudoning dargohidamiz. Qoidalardan birida aytilishicha: «Dunyo hamma narsalarning hamma narsalarga bog'liqligi qonuniga bo'ysunadi. Ezgulikning har bir tomchisi, yomonlikning har bir bo'lagi - hamma-hammasi o'zaro bog'langan. Suiqasdlardan, aldanishlardan, ayyorliklardan ko'rmaslik kerak. Kimdir senga qopqon qo'yayotgan bo'lsa, bilginki, u Xudoning irodasi bilan shunday qilayapti. Eng zo'r qopqonni Uning O'zi qo'yadi. Xudoning izmisiz daraxtning yaprog'i ham qilt etmaydi. Xudoga to'liq ishon. Nimaiki sodir bo'lmasin, uning iznisiz bo'lmaydi». Shams shu so'zlarni aytib menga ko'zini qisib qo'ydi va xayrlashib, menga qo'l silkitdi. Men uning loy ko'chadan yurib, Rumiylarning uyi tomon qadam tashlab tez ketayotganini kuzatib qoldim. Mening ogohlantirishimga e'tibor bermadi ham. Qotil Download 1.48 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling