Elif Shafaq ishqqa oid qirq qoida
Download 1.48 Mb. Pdf ko'rish
|
Ishqqa oid 40 qoida
2008 yil, avgust, Nortgempton.
Avgustning muattar va quyoshli kuni. Boshqa kunlariga o'xshash kun. Ella erta uyg'onib, eri va bolalari uchun nonushta tayyorladi, har birini boradigan joylariga - kimnidir ishiga, kimnidir shaxmat va tennis klubiga - o'z vaqtida yetib borishlarini nazorat ostiga oldi, keyin oshxonaga qaytib, oshpazlik kitobini ochdi va oilaning kunduzgi ovqatlari nimalar bo'lishini tanlashga kirishdi. Ismaloqli va qo'ziqorinli pyure-sho'rva. Gorchisa mayonezi bilan tortiladigan chig'anoqlar. Ustiga estragonli sariq yog' quyilgan qovrilgan grebeshoklar. Klyukvali sabzavot salati. Guruchli va qirg'ichda maydalangan pishloqli tsukini. Rovochli va vanil kremli ochiq pirog. Yarim kun Ella to'g'rash, bug'lash, qovurish ishlari bilan mashg'ul bo'ldi. Hammasini tayyorlab bo'lgach, eng yaxshi idishlarni oldi. Likoplar va salfetkalarni qo'yib chiqdi, stolga gul qo'ydi. Keyin krutonlarni qovurdi, salatga Avi yaxshi ko'rganiday yog'liq qaymoqdan ko'proq qo'shdi. Shamlar ham yoqib ko'ymoqchi edi, lekin keyin aynidi. Shundoq yaxshi deb o'yladi. Shu ishlardan keyin Ella avvalroq tayyorlab qo'ygan jomadonini oldi va uydan chiqdi. Yo'lda Shams qoidalaridan birini shivirlardi. O'zingdan bir narsani so'rashning aslo kechi yo'q: «Hayotimni o'zgartirishga tayyormanmi? O'zimni o'zgartirishga tayyormanmi? Hayotning hatto bir kuni oldingisiga o'xshasa, buning aslo yaxshi tomoni yo'q. Inson har on, har nafas yangilanishi kerak. Yangi hayot boshlashning faqat bir usuli bor: o'limdan oldin o'lish». Aloviddin 1248 yil, aprel, Konьya. Shams halok bo'lgandan uch hafta keyingina men o’zimda jasorat topib otam bilan gaplashgani bordim. Yolg’iz o'zi kutubxonasida haykaldek qimirlamay qotib o’tirardi. Faqat yuzida soyalar harakatlanardi. Ota, siz bilan gaplashishimga izn berasizmi? U xuddi xayolot ummonidan suzib chiqayotganday, ohista ko'zlarini yuqori ko'tardi, lekin hech nima demadi. - Ota, siz meni Shamsni qatl etishda qatnashgan, deb o'ylayotganingizni bilaman, lekin ijozatingiz bilan sizni ishontirib... Otam birdan gapimni bo'lib, barmog'ini baland ko'tardi. - O'g'lim, sen bilan meni bog'laydigan so'zlar endi quruq ma'nosiz bo'lib qoldi. Men seni eshitishni istamayman, mening ham senga aytar so'zim yo'q, - dedi u. - Iltimos, unday demang. Tushuntirishimga izn bering, - iltijo qildim men titroq ovozda. - Xudo haqi, men bunday qilmadim. Men bu ishni qilgan odamlarni bilaman, lekin men qilmaganman. - O'g'lim, - yana gapimni bo'ldi otam, ovozidagi qayg'u o'rnini sovuq xotirjamlik olgan edi, go'yo u dahshatli haqiqatni biladiganday edi. - Sen men qilmadim, deyapsan, lekin yenging hoshiyasidagi qon qayoqdan paydo bo'ldi? Titrab ketdim va beixtiyor kiyimimga qaradim. Nahotki rost bo'lsa? Nahotki qon tekkan bo'lsa? Men hoshiyaga, keyin ikkala yengimga, qo'llarim va tirnoqlarimga qaradim. Hech qanday qon yo'q edi. Boshimni ko'tarib otamning ko'zlariga ko'zim tushgach, bildimki, bu qopqon edi. Otam meni ustalik bilan qo'lga tushirdi. Ehtiyotsizlik qilib, hoshiyaga qarab o'zimni fosh qilib qo'ydim. - To'g'ri, o’sha kuni men qovoqxonaga borganman. Shamsning har kuni kechqurun muroqaba qilish odati borligini qotilga men aytganman. Keyin men Shams qotil bilan yomg'irda suhbatlashayotganda devordan oshib o'tganlar bilan birga edim. Men ularga devorning qaysi joyidan o'tish qulayligini ko'rsatdim. Hammamiz qotilga ishonish mumkin emas degan qarorga keldik. Bor gap shu. Lekin uni o'ldirishda men qatnashmadim. Shamsga birinchi bo'lib Beybars hujum qildi, keyin unga Irshod qo'shildi, keyin qolganlar ham qo'shilishdi. Ular hech nima qila olmay, vahimaga tushganlaridan keyin Shoqol Bosh ishni nihoyasiga etkazdi. Keyin men bularning hammasini shuncha ko'p esladimki, endi aslida nima bo'ldi va nimasi o'z tasavvurim mahsuli ekanini ham bilmay qoldim. Bir necha bor Shams qo'limizdan chiqib, qorong'ulik qa'riga singib ketdi, bu shunchalik aniq ediki, men hatto bunga deyarli ishongan edim. Garchi Shams hozir yo'q bo'lsa-da, hamma yoqda uning izlari bor. Raqs-u Samo, she'riyat, musiqa - men ularni u bilan birga yo'qoladi deb o'ylagan barcha narsalar hayotimizda o'rin egallab bo'lgan ekan. Otam shoirga aylandi. Shams haq gapni aytgan ekan. Ko'zalardan biri sindirilsa, ikkinchisi avvalgicha qolmas ekan. Otam hamisha mehribon. U nafaqat musulmonlarga, balki barcha din vakillariga - xristianlarga, yahudiylarga va hatto majusiylar (butparastlar)ga ham hurmat bilan qaraydi. Hayotiga Shams kirib kelganidan keyin esa mehr doirasi shu daraja kengaydiki, hatto jamiyatning eng quyqa qatlami bo'lgan fohishalar, ichkilikbozlar, gadoylar, jinoyatchilarni ham qamrab oldi. U hatto Shamsning qotillarini ham sevishi mumkindir. Faqat bir odamni sevishga o'zini majbur qila |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling