O‘GDULMISH VA O‘ZG‘URMISH MATNI USTIDA ISHLASH
Darsning maqsadi: O‘quvchilarning mantiqiy tafakkurini
o‘stirish. Matn ustida ishlashga o‘rgatish.
O‘quvchilarning yuksak ma’naviy va
axloqiy hislatlarini tarbiyalash.
Darsning uslubi: Mustaqil va ijodiy fikrlash, bahs.
Darsning jihozi: Texnik vositalar: audio kassetalar,
retroproektor.
Yordamchi so‘zlar jadvali.
Yusuf Xos Hojibning «Qutadg‘u bilig»
asari va maqollardan namunalar.
Darsning shiori: Hunarni asrabon netkumdir oxir,
Olib tuproqqami ketgumdir oxir.
(Alisher Navoiy)
Bilimni buyuk bil, uquvni chuqur
Bu ikkisi birla kishi ulo‘ayur.
(Yusuf Xos Hojib)
O‘quvchilar kichik guruhlarga: donolar, ziyraklar, zukkolarga bo‘linadilar. Darsning birinchi bosqichida o‘quvchilar yordamchi so‘zlarni xotirlash maqsadida ularni guruhlarga ajratib, cheklangan vaqtda jadvalga joylashtiradilar. Masalan:
Boo‘lovchilar Ko‘makchilar Yuklamalar
va kabi bor-ku
bilan sari keldi-mi
ham uchun axir
Namunada berilgan so‘zlarning so‘roq olmasligi, so‘zlarni va gaplarni o‘zaro boo‘lashga, ma’noni kuchaytirishga xizmat qilishini aniqlaydilar. So‘ngra darslikda berilgan O‘gdulmish va O‘zg‘urmish matnini sinchiklab o‘qib, tahlil qilishga kirishadilar. Matndan ajratib ko‘rsatilgan yordamchi so‘zlarning ma’no va vazifalarini izohlaydilar.
Ikkinchi bosqichda matn qismlarga bo‘linib, o‘zlashtiriladi. Donolar guruhi matnning umumiy mazmunini saqlagan holda shakliy ifodasini o‘zgartiradi. Masalan:
«Yusuf Xos Hojibning «Baxtga eltuvchi bilim» asari o‘zining falsafiyligi va axloqiyligi bilan Dantening «Ilohiy komediya»si hamda Gyotening «Faust» kabi jahonda mashhur bo‘lgan asarlaridan hech ham qolishmaydi. Biz ham bu durdonamizni dunyoga ko‘z-ko‘z qilsak yoki uning nodir asar ekanligini har qancha madh etsak arziydi. Bu asar o‘zbek xalqining madaniyati-yu adabiyotini hamda islomiy qarashlaridan tortib axloqiy tarbiyasi-gacha o‘z ichiga qamrab oladi. Shuning uchun ham bu xazina ming yillardan avval yozilgan bo‘lsa-da, milliy va madaniy merosimizga aylanib bo‘lgan».
Ziyraklar guruhiga O‘gdulmish va O‘zg‘urmish timsollarining fazilatlarini yoritish, xulosalash topshiriladi:
Do'stlaringiz bilan baham: |