Елкасини пайІамбарлар силаган шоир
Download 0.5 Mb.
|
Ona tili va adabiyotdan noan\'anaviy darslar
- Bu sahifa navigatsiya:
- Munaqqid guruhi
- Donishmand guruhi
- Zukkolar guruhi
- Test bilan ishlash
Tadqiqotchi guruhi:
Bahor ... Erta bahor.... O‘lkamizga bahor keldi. Dov-daraxtlarda shoda-shoda zumrad marjonlar terilgan, ona-zamin xamirday ko‘pchib turibdi. Dimog‘ingizga jannatiy iforlar uriladi, hamda kayfiyatingiz ko‘tariladi. Bu manzarani ko‘rmoq rohat va his qilmoq qanchalik Baxt! Munaqqid guruhi: Hijob... Hijobli fe’l... Kishining fe’li hijobli bo‘lsin. Hammaning kiyinishida shunday rusm bo‘lsa, boshqa gap edi. Odamlarning etiborini tortish ham islomga zid, undan ko‘ra, o‘zimizning milliy kiyimlarimizga yo‘l ochaylik. Donishmand guruhi: Muhabbat..... Nurli muhabbat..... Muhabbat betakror. U shunday ozorsiz nurki, butun hayotingni xolisona yoritib, iliqlik va to‘liqlik baxsh etib turadi. Muhabbatni orzu qilish, unga xayolan ergashish va u bilan xayolan gaplashishday baxt yo‘q! Zukkolar guruhi: Vatan..... Vatan ishqi..... Vatanga muhabbat yuragimning to‘ridan joy olgan. U ne’mat! Ta’rifi yo‘q mavjudlik. U - ilohiy tuhfa! Vatanning katta-kichigi, xunuk-chiroyligi bo‘lmaydi, shuning uchun kimdir tiz cho‘kib «Vatanim» deya bo‘zlaydi. Guruh a’zolari yozuv taxtasidan quyidagi shartli tovushlarni o‘qiydilar: 1. Q.g.t.s.g.q.g.v.yo.b. 2.T.b. 3.E.b. 4.F.sh.m. 5. F.x.sh. s. r. 6.Yu. 7.K. 8. K.q. Shartli belgilar quyidagicha o‘qildi. Maqsad o‘quvchilar xotirasini mustahkamlashdir. Qo‘shma gap tarkibidagi sodda gaplar quyidagi grammatik vositalar yordamida bog‘lanadi. Teng bog‘lovchilar. Ergashtiruvchi bog‘lovchilar. Fe’lning shart mayli. 5. Fe’lning xoslangan shakllari, sifatdosh, ravishdosh. 6. Yuklamalar. 7. Ko‘makchilar. 8. Kelishik qo‘shimchalari. Guruhlarning bilimlarini nazorat qilish va mustahkamlash uchun ularga tarqatma testlar beriladi. Test bilan ishlash: Qaysi qatorda qo‘shma gap tarkibidagi sodda gaplar yuklama yordamida bog‘langan? A) Baxtim borki, har narsa go‘zal ko‘rinadi mening ko‘zimga. B) Ko‘z qayerda bo‘lsa, mehr shu erda bo‘ladi. C) Bunda bulbul kitob o‘qiydi. Bunda qurtlar ipak to‘qiydi. D) Ko‘rdingizmi, xalq shunday qudratli kuch-da. 2. Qaysi qatorda sodda gap berilgan? A) Oltin olma, duo ol. B) Na suv bor, na ozuqa, na daraxt. C) Til - qalblar jarchisi. D) Qancha ko‘p kitob o‘qisangiz, o‘zingizni shuncha bilimdon, kuchli his qilasiz. 3. Nisbiy so‘zlar yordamida bog‘langan hokim tobe munosabatli qo‘shma gapni aniqlang. A) Kishiga hunar baxti iqbol eshigini ochadi. B) Til inson madaniyatining ifodasidir. C) Kim nodonni qadrlasa, uning qadri ketadi. D) Til - tig‘siz yov, kamonsiz o‘q. 4. Fe’lning shart mayli yordamida bog‘langan hokim tobe munosabatli qo‘shma gapni belgilang. A) Hurmat qilsang, hurmat ko‘rasan. B) Kitob – kishini toblaydigan eng yaxshi do‘st. C) Agar jahon bir gulzor bo‘lsa, ona, siz unda yashnagan gulsiz D) Saxiyning nomi hech qachon o‘chmaydi, u mangu yashaydi. Test kalitlari: 1)E. 2) D. 3) D. 4) D. O‘qituvchi: Darsimiz yakunida yiqqan kartochkalaringizni tekshirib ko‘ring..Sizning-cha, guruhingizdagi eng faol o‘quvchi kim? Juda yaxshi. Endi quyidagi uyga vazifani ushbu Ozodbek Nazarbekovning «Sen gulsan» qo‘shig‘i ijrosida yozib oling. 1. 17-mashq. Matndan qo‘shma gaplarni topib, tarkibidan sodda gaplar nechtaligini aniqlang. 2. Uchta sodda gapdan tashkil topgan qo‘shma gaplardan birini daftaringizda «Murakkab qo‘shma gap namunasi» deb sarlavha qo‘yib ko‘chiring. 3. Adabiyot darsligingizdan o‘rin olgan badiiy asar namunasi sahifalaridan murakkab qo‘shma gaplarga misollar toping. Download 0.5 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling