Elmurodov jonibek akbar o’G’LI
III BOB. QOZOG’ISTON RESPUBLIKASINING XALQARO TAShKILOTLAR BILAN O’ZARO MUNOSABATI VA ISTIQBOLI
Download 424.64 Kb.
|
02.04.2023 Жонибек Маг.Дисс лотин
III BOB. QOZOG’ISTON RESPUBLIKASINING XALQARO TAShKILOTLAR BILAN O’ZARO MUNOSABATI VA ISTIQBOLI
3.1. Qozog’iston Respublikasi va Birlashgan Millatlar Tashkiloti munosabati Qozog‘iston xalqaro tashkilotlar faoliyatida faol ishtirok etdi. 2010 yilda Qozog'iston YXHTga, 2011 yilda Islom hamkorlik tashkilotiga raislik qildi. Dastlabki kunlardanoq Shanxay hamkorlik tashkiloti ishida faol ishtirok etgan, 2010-2011 yillarda uning raisi bo‘lgan. 2016-yilda mamlakat 2017-2018-yillar uchun BMT Xavfsizlik kengashining nodoimiy a’zosi etib saylangan42. 2017-yilda Ostona shahrida 112 davlat ishtirokida muqobil energiya mavzusiga bag‘ishlangan EXPO-2017 Butunjahon ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tdi. Ko‘rgazma yakunlangach, o‘z joyida “Ostona” xalqaro moliya markazi ochildi43 BMTning asosiy vazifalaridan biri dunyo tinchligini saqlash, xalqaro hamkorlikni rivojlantirish va kollektiv xavfsizlikni ta’minlashdan iborat bo’lib bu tashkilot ikkinchi jahon urushi tugaganidan so’ng 1945-yil 24-oktabrda tuzilgan va ko'p yillar davomida xalqaro inqirozlarning oldini olish va cho'zilgan nizolarni hal qilishda muhim rol o'ynab kelmoqda. U tinchlik o'rnatish va saqlash, gumanitar yordam ko'rsatish bilan bog'liq murakkab operatsiyalarni amalga oshirdi. Qozog‘iston Respublikasi 1992-yil 2-martda Birlashgan Millatlar Tashkilotiga a’zo bo‘lib kirishi mamlakatning jahon hamjamiyatiga chinakam mustaqil davlat sifatida tarixiy voqea bo‘ldi. Qozog‘iston BMTga nafaqat jahon hamjamiyatining yangi a’zosi, balki hozirgi zamonning eng dolzarb xalqaro muammolari bo‘yicha faol pozitsiyani egallagan davlat sifatida kirib keldi. 1991 yilda Semipalatinsk poligonining yopilishi va 1992 yilda Lissabonda Yadroviy sinovlarni to'liq taqiqlash to'g'risidagi Shartnomaga (NPT) ko’ra yadro quroliga ega bo'lmagan davlat sifatida qo'shilish majburiyati Qozog'istonga o'z tashabbuslarini ilgari surish uchun katta imkoniyatlar berdi. Qozogʻiston delegatsiyasi BMTning toʻliq aʼzosi sifatida ishtirok etgan birinchi forum 1992 yil kuzida boʻlib oʻtgan BMT Bosh Assambleyasining 47-sessiyasi edi. Mazkur sessiyada Qozog‘iston Respublikasi Prezidenti N.A.Nazarboyev Qozog‘istonning xalqaro siyosati haqida batafsil ma’ruza qildi. Qozogʻistonning BMT doirasida asosiy vazifalaridan biri global va mintaqaviy xavfsizlik sohasida xalqaro maydon, siyosat va iqtisodiyotda adolatli dunyo tartibini o'rnatish, barqaror rivojlanish asoslarini yaratish va jahon hamjamiyati a'zolar o'rtasidagi munosabatlarni uyg'unlashtirishdan iborat.44 Download 424.64 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling