Elmurodov jonibek akbar o’G’LI


Download 424.64 Kb.
bet2/28
Sana17.06.2023
Hajmi424.64 Kb.
#1532989
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   28
Bog'liq
02.04.2023 Жонибек Маг.Дисс лотин

ILOVA .............................................................................................
ADABIYoTLAR RO’YXATI .......................................................................


KIRISh


Mavzuning dolzarbligi. Qozog’iston Respublikasi tashqi siyosati masalasi jahon tarixining muhim tadqiqot obyektlaridan biri sanaladi. Jahon siyosiy maydonida XX asrning 90-yillarida ikki qutbli dunyo tartibotining barham topishi hamda Sobiq Ittifoq davlati parchalanishi oqibatida xalqaro munosabatlar tizimida transformasiya jarayonlari keskin tus oldi. Jahonda ro’y berayotgan bu jarayonlar endigina mustaqillikni qo’lga kiritgan Markaziy Osiyo davlatlarining o’zaro munosabatlarida ham yaqqol namoyon bo’ldi. Qozog’iston nafaqat Markaziy Osiyoda balki, Osiyo mintaqasida o’zining joylashuv o’rniga ko’ra muhim geosiyosiy ahamiyatga va tabiiy resurslarga boy hudud hisoblanadi.
Bugungi kunda dunyo ilm-fanida Qozog’iston Respublikasi tashqi siyosati, xorijiy mamlakatlar va xalqaro tashkilotlar bilan o’zaro munosabatlarning shakllanishi va rivojlanishi bosqichlari, mamlakatning jahon va mintaqadagi muammolarni hal etish borasidagi yondashuvlariga oid ilmiy tadqiqotlar olib borilmoqda. Ushbu tadqiqotlarda Qozog’iston Respublikasi tashqi siyosati, xalqaro hamkorligi, davlatlararo munosabatlarning holatiga chambarchas bog’liq ekanligiga oid masalalar chuqur tahlil qilinib, mintaqaviy va xaqlaro miqyosdagi muammolarning hal etilishida Qozog’iston Respublikasi tashqi siyosati pozisiya masalalariga alohida e’tibor qaratilmoqda.
Postsovet makonida ulkan davlatning parchalanishi oqibati o’laroq vujudga kelgan iqtisodiy bo’hronlar, siyosiy tebranishlar va g’oyaviy bo’shlik sababli Markaziy Osiyo davlatlari, xususan Qozog’iston o’zi uchun mustaqil tashki siyosatni shakllantirish, ittifoqchi va ishonchli sherik izlashga majbur bo’ldi.
O’zbekistonda ham qo’shni Qozog’iston Respublikasining tashqi siyosati, xususan mintaqa mamlakatlari bilan o’zaro ishonch va ahil qo’shnichilikka asoslangan munosabatlarni rivojlantirish, qardoshlik va ittifoqchilik aloqalarini yanada mustahkamlash, ochiq va o’zaro manfaatli hamkorlikni kengaytirishiga xayrixoh ekanligini ko’rish mumkin. Bu borada «ikki qardosh xalqlarning ravnaqi yo’lida ko’p asrlik do’stlik, yaxshi qo’shnichilik va keng ko’lamli hamkorlikni mustahkamlash»1ga alohida alohida e’tibor qaratib kelinmoqda.
Shu nuqtai nazardan, dissertasiya ishining dolzarbligi quyidagilarda namoyon bo’ladi: Birinchidan, Qozog’iston Respublikasi tashqi siyosatini tarixiy jihatlarini tadqiq etish orqali tinchliksevar tashqi siyosati va mintaqaviy yaxshi qo’shnichilik aloqalarini yuqori darajaga ko’tarish; Ikkinchidan, tashqi siyosatining rivojlanish bosqichlarini belgilash, xorijiy mamlakatlar bilan iqtisodiy va madaniy sohalardagi hamkorligini faol rivojlantirish; Uchinchidan, tadqiqot davomidagi tahlillar asosida Qozog’iston Respublikasi tashqi siyosatining istiqbolli yo’nalishlarini ishlab chiqish.
O’zbekiston Respublikasi bilan Qozog’iston Respublikasi o’rtasida «Abadiy do’stlik to’g’risida shartnoma» (1998), O’zbekiston Respublikasi «Tashqi siyosiy faoliyat konsepsiyasi» (2012), «2022 – 2026 yillarga mo’ljallangan Yangi O’zbekistonning taraqqiyot strategiyasi» va sohaga oid boshqa normativ-huquqiy hujjatlarda belgilangan vazifalarni amalga oshirishda ushbu dissertasiya tadqiqoti muayyan darajada xizmat qiladi.

Download 424.64 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   28




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling