Elmurodov jonibek akbar o’G’LI
Tadqiqotning ilmiy yangiligi
Download 424.64 Kb.
|
02.04.2023 Жонибек Маг.Дисс лотин
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tadqiqotning amaliy natijalari
- Tadqiqot natijalarining ishonchliligi.
- Tadqiqotning ilmiy va amaliy ahamiyati.
Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
1991 – 2022 yillarda Qozog’iston Respublikasi tashqi siyosatining siyosiy, savdo-iqtisodiy va madaniy-gumanitar jihatlari kompleks tarzda tahlil qilingan. Mamlakatning o’zaro hamkorlik aloqalari arxiv materiallari, birlamchi manbalar va huquqiy hujjatlardan foydalanilgan holda nazariy va konseptual jihatdan asoslab berilgan; Qozog’iston Respublikasi tashqi siyosatining tadrijiy rivojlanib borish jarayoni, tashqi siyosatining jadal rivojlanishiga turtki bergan eng asosiy omillardan biri bo’lganligi aniqlangan; Tadqiqotning amaliy natijalarini quyidagilar tashkil etadi: Qozog’iston Respublikasining 1991 – 2022 yillardagi tashqi siyosatini yoritishda ilmiy adabiyotlar olingan ma’lumotlardan keng foylanilib, ular ilk marotaba ilmiy muomalaga kiritilgan; Qozog’iston Respublikasi tashqi siyosatining rivojlanishi va mustahkamlanishiga oid amaliy taklif va tavsiyalar ishlab chiqilgan; Qozog’istonning tashqi siyosiy faoliyatida bilan hamkorlik aloqalarini kengaytirish hamda sohaga doir ilmiy-tadqiqot va o’quv jarayonlarida qo’llanilishi mumkin bo’lgan nazariy-konseptual yondashuvlar asoslangan. Tadqiqot natijalarining ishonchliligi. Tadqiqotda Jahon tarixi fanida e’tirof etilgan yondashuv va usullarning samarali qo’llanilgani, arxiv materiallari va normativ-huquqiy hujjatlardan foydalanilgani, siyosatshunos olimlar, ekspertlar xulosalari va ishonchli rasmiy manbalar ma’lumotlariga tayanilgani hamda ishlab chiqilgan xulosa va taklif-tavsiyalar amaliyotga joriy etilib, vakolatli davlat tashkilotlari tomonidan tasdiqlanganligi bilan izohlanadi. Tadqiqotning ilmiy va amaliy ahamiyati. Tadqiqot natijalarining ilmiy ahamiyati Qozog’iston Respublikasi tashqi siyosati tarixi evolyusiyasining nazariy tahlili asosida olingan natijalar Qozog’iston mintaqaviy tashqi siyosati ustuvor yo’nalishlarining metodologik va uslubiy apparatini takomillashtirishda foydalanilishi bilan izohlanadi. Tadqiqot natijalarining amaliy ahamiyati shundaki, izlanishlar asosida olingan xulosa va takliflardan Qozog’iston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi, Markaziy Osiyo xalqaro instituti, tegishli oliy ta’lim muassasalari va sohaga doir boshqa tashkilotlarning mutaxassislari uchun tahliliy materiallar tayyorlash, tashqi siyosatga oid maqsadli davlat dasturlarini ishlab chiqish, ma’ruza va amaliy mashg’ulotlar o’tkazish hamda ilmiy tadqiqotlarda keng qo’llanilishi mumkinligi bilan izohlanadi. Download 424.64 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling