Elmurodov jonibek akbar o’G’LI


Tadqiqot kafedraning ustuvor yo’nalishlariga bog’liqligi


Download 424.64 Kb.
bet3/28
Sana17.06.2023
Hajmi424.64 Kb.
#1532989
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   28
Bog'liq
02.04.2023 Жонибек Маг.Дисс лотин

Tadqiqot kafedraning ustuvor yo’nalishlariga bog’liqligi. Magistrlik dissertasiyasi kafedraning ustuvor yo’nalishi doirasida bajarilgan.
Muammoning o’rganilganlik darajasi. Ta’kidlash joizki, Qozog’iston Respublikasi tashqi siyosatining shakllanishi va rivojlanishi, xorijiy mamlakatlar bilan hamkorligi, xalqaro tashkilotlar bilan o’zaro munosabatlari kabi mavzular tarixchi, siyosatchi va iqtisodchi olimlar va ekspertlar tomonidan keng miqyosda yoritilgan. Shu bilan birga, Qozog’iston Respublikasi tashqi siyosatiga bag’ishlab yozilgan fundamental ilmiy tadqiqot ishlarining soni juda kamligini alohida ta’kidlash joiz. Hozirgi kunga qadar U.Uzbekov va A.Oltiboyev2 kabi olimlargina o’zbek-qozoq aloqalarining ayrim jihatlariga oid tadqiqotlar olib borganini ko’rishimiz mumkin.
Shuningdek, mamlakatimiz tarixchi olimlarining Qozog’iston Rsepublikasi tarixi bilan bog’liq olib borgan tadqiqot ishlarida Qozog’iston Respublikasi tashqi siyosati va O’zbekiston bilan o’zaro hamkorligiga oid ma’lumotlarni uchratamiz.
Shu sababli, mavzuni tadqiq etish davomida arxiv hujatlari, ilmiy jurnallar, gazeta va internet manbalarida chop etilgan materiallardan unumli foydalanildi.
Umuman, mavzuga oid adabiyotlarni quyidagi uch guruhga bo’lib o’rganish maqsadga muvofiqdir.
Birinchi guruh. G’arb olimlari M.Olkott, F.Starr, Z.Bjezinskiy, R.Allison va L.Jonson, D.Burgart va T.Sabonis-Hyelf, G.Ginsburg, P.Xuman, J.Anderson, G.Sherman, Sh.Xanter, Sh.Akiner, P.Ferdinand3 ilmiy izlanishlarida Markaziy Osiyo geosiyosati, mintaqaviy xavfsizlik, mintaqada kechayotgan geosiyosiy o’zgarishlar va integrasion jarayonlar tahlil etiladi. Jumladan, M.Stark va J.Axrens4 Markaziy Osiyo mintaqasida amalga oshirilayotgan iqtisodiy islohotlar va ularning institusional jihatlari xususida to’xtalib o’tgan bo’lsa, AQShning J.Vashington universiteti olimlari M.Laruell va S.Peyrouz5 Markaziy Osiyo hududida tashkil etilgan mintaqaviy tashkilotlarning hamkorlik modellari va samaradorligi xususida fikr yuritadi.
Ikkinchi guruhni Mustaqil Davlatlar Hamdo’stligiga a’zo mamlakatlarning olimlari tashkil etadi. Xususan, M.Pikulina, V.Guseynov, G.Petrov, K.Borishpoles, A.Beloglazov6larning ilmiy tadqiqotlarida Markaziy Osiyo mintaqasidagi transchegaraviy suv resurslarini taqsimlash muammolari, vujudga kelishi mumkin bo’lgan konfliktlar va ularni hal etish masalalari yoritilgan bo’lsa, Ye.Kuzmina, A.Matveyev, S.Kushkumbayev, M.Shayxutdinov, M.Laumulin7 asarlarida mustaqil O’zbekiston Respublikasining 90-yillardagi ichki va tashqi siyosati, mintaqadagi integrasion jarayonlar, Markaziy Osiyo davlatlari o’rtasidagi chegara muammolari va ularning geosiyosiy jihatlari birma-bir ochib berilgan.
Markaziy Osiyodagi suv muammolari borasida izlanishlar olib borgan olimlar ichida K.Valentini, E.Orolbayev, A.Abыlgaziyevalar8 alohida ajralib turadi. Ularning tadqiqotlarida Markaziy Osiyoda suv munosabatlarining paydo bo’lishi va rivojlanishi tarixi, mintaqada suv resurslaridan foydalanishning siyosiy, iqtisodiy, huquqiy, texnik va ekologik muammolari haqida batafsil so’z yuritilgan.
Shuningdek, A.Samiyev, I.Xanova, L.Sarыyeva9 kabi olimlarnig tadqiqotlarida O’zbekiston-Qozog’iston munosabatlarining mintaqadagi xavfsizlik va barqarorlikka ta’siri, ikki mamlakat o’rtasidagi munosabatlar tarixi va rivojlanishi, ma’naviy-ma’rifiy hamkorlikning yangi qirralari borasidagi masalalar yoritilgan. Ye.Ionova, J.Sembayeva, R.Burnashevlar10 esa O’zbekiston-Qozog’iston munosabatlarining istiqbollari, o’zaro munosabatlarni dinamik rivojlantirish, iqtisodiy sohadagi hamkorlik aloqalarini jadallashtirish kabi mavzularda tadqiqot olib borgan.
Yana bir qator tadqiqotchilar S.Asanov, M.Augan, Ye.Chukubayev11 asarlarida O’zbekiston-Qozog’iston munosabatlarida mintaqaviy xavfsizlik masalalari, mintaqaga tahdid solayotgan xavf-xatarlar: terrorizm, diniy-ekstrimizm, uyushgan jinoyatchilik va Afg’oniston omili tahlil etilgan. Ye.Idrisov, S.Tuyakbayev, G.Mustafa, J.Zardыxan, N.Mirzoyev12 kabi olimlar O’zbekiston-Qozog’iston chegara muammolarining hal etilishi, Qozog’iston tashqi siyosatida Yevroosiyo yo’nalishining paydo bo’lishi va buning Markaziy Osiyodagi mintaviy integrasion jarayonlarga ta’siri, mintaqadagi iqtisodiy integrasiya modellari haqida batafsil ma’lumotlar berib o’tgan.
Shuningdek, Ye.Maxmutova, D.Malыsheva, K.Meщyeryakov, D.Plotnikov13 asarlarida Qozog’iston tashqi siyosatida mintaqaviy integrasiya muammolari, mintaqaviy liderlik uchun kurash va ikkala davlatning bu boradagi imkoniyatlari qiyosiy tahlil etilgan.
Uchinchi guruhni qozog’istonlik olimlar (K.K.Tokayev, J.U.Ibrashev, E.T.Yesenbayeva, K.I.Bayzakova, M.T.Laumulin, M.Sh.Gubaydullina va boshqalar)14, Qozog’iston tashqi siyosati va diplomatiyasi, Qozog’istonning Yevropa Ittifoqi, Osiyo mamlakatlari bilan hamkorligi, xavfsizlik, mintaqadagi integrasion jarayonlar, haqida ilmiy tadqiqotlar olib borgan.
Yuqorida sanab o’tilgan tadqiqotlarda Qozog’iston Respublikasi tashqi siyosati mustaqil tadqiqot ishi obyekti sifatida alohida o’rganilmagan bo’lsa-da, ularda mamlakatning tashqi siyosatiga oid qimmatli ma’lumotlar keltirib o’tilgan.

Download 424.64 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   28




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling