Elmurodov jonibek akbar o’G’LI


Magistrlik dissertasiyasi natijalarining aprobasiyasi


Download 424.64 Kb.
bet6/28
Sana17.06.2023
Hajmi424.64 Kb.
#1532989
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   28
Bog'liq
02.04.2023 Жонибек Маг.Дисс лотин

Magistrlik dissertasiyasi natijalarining aprobasiyasi. Tadqiqot natijalari 2 ta respublika ilmiy-amaliy anjumanlarida muhokamadan o’tkazilgan.
Tadqiqot natijalarining e’lon qilinganligi. Dissertasiya mavzusi bo’yicha respublik ilmiy jurnalida 1 ta ilmiy maqola, maqola nashr etilgan.
Dissertasiyaning tuzilishi va hajmi. Dissertasiya kirish, uchta bob, xulosa va foydalanilgan adabiyotlar ro’yxatidan iborat. Dissertasiyaning tadqiqot qismi 80 sahifani tashkil etadi.
I. BOB. QOZOG’ISTON RESPUBLIKASI TAShQI SIYoSATINING ShAKLLANIShI VA RIVOJLANIShI


1.1. Qozog’iston Respublikasinig mustaqil davlat sifatida tashkil topishi

Qozog’iston Respublikasi MDH davlatlari orasida hududining kattaligi bilan ajralib turadi. Uning maydoni 2,7 mln. km2 bulib, MDH davlatlari orasida Rossiyadan keyin ikkinchi o’rinda, dunyoda esa to’qqizinchi o’rinda turadi (Rossiya, Kanada, Xitoy, AQSh, Braziliya, Avstraliya, Hindiston va Argentinadan keyin).


Aholisi 2021 yil 1 may holatiga ko‘ra bu ko‘rsatkich 18 mln 962 ming 892 kishini tashkil etmoqda. MDH davlatlarida to’rtinchi urinda turadi (Rossiya, Ukraina va O’zbekistondan keyin). Poytaxti Ostona shahri.
Qozog’iston Respublikasi g’arbdan sharqqa Kaspiy dengizidan Oltoy tog’larigacha 3 ming km masofaga, Shimoldan janubga 1,5 ming kmdan ortiq masofaga cho’zilgan. Qozog’iston Respublikasi geografik o’rni ancha qulaydir. Tabiiy sharoiti juda ham xilma-xil bo’lib, hududning 1/3 qismi tekislikdan (dengiz satxidan 200-500 m baland), 1/2 qismi yassi tekisliklardan, Qozog’iston past tog’lari (dengiz satxidan 500-600 m baland) dan, qolgan qismi esa (1/6) tog’lardan iboratdir.
Qozog’iston Respublikasi foydali qazilmalarga boy bo’lib, bu yerda yonuvchi, rudali, rudasiz foydali qazilma konlarining ko’pligi ko’p tarmoqli sanoat korxonalarini rivojlantirishga imkon beradi.
Respublika foydali qazilmalarning ko’pligi jihatidan dunyoda oldingi o’rinlarda turadi.
Foydali qazilmalardan ayniqsa, kimyo sanoati uchun xom ashyolar ko’pchilikni tashkil etadi. O’rganilgan yirik fosforit konlari asosan Qoratovda va Aktyubinsk viloyati hududiga tug’ri keladi. Natriy sulfat konlari janubiy va markaziy Qozog’istonda uchraydi, yirik osh tuzi konlari Pavlodar va Qizil O’rda viloyatlaridadir. Yirik kaliy tuzi koni Aktyubinsk yaqinida topilgan.
Aniqlangan neft-gaz rayonlari Kaspiy bo’yi past tekisligi Mang’ishloq, Ustyurt, Sharqiy Orolbuyi, Turg’ay botig’i, sharqiy va janubiy Qozog’iston tog’ oralig’i botiqlariga to’g’ri keladi.
Ko’mirning umumiy geologik zaxirasi (400 dan ortik kon) 140 mlrd.tonna atrofida bo’lib, jumladan Qarag’anda havzasida - 50 mlrd. t. To’rg’ay havzasida 50 mlrd.t, Ekibastuzda-12 mlrd.t. Qarag’anda kumir xavzasidan toshko’mir qazib olinadi, bu kokslanuvchi ko’mirdir.
Qozog’iston Respublikasi xalqaro geografik mehnat taqsimotida yirik sanoat ishlab chiqaruvchi davlat bo’lib qatnashadi. Uning hisobiga MDH davlatlaridagi 1/3 qism mis eritish, taxminan 1/2 qism rux, 2/3 qismdan ko’proq qalay to’g’ri keladi.
Qozog’iston qora metallar ishlab chiqarish, neft va ko’mir qazib olish, bundan tashqari oziq-ovqat sanoati, don yetishtirish, jumladan, go’sht va qorako’l terisi yetishtirish bo’yicha ham alohida o’rinda turadi.
Qozog’iston polimetall rudalari bo’yicha ham dunyoda oldingi o’rinlardan birida, MDHda esa 1 -o’rinda turadi (Oltoy, Qoratov, Jung’oriya Olatovidagi konlar). Bu yerda qalay, ruxdan tashqari oltin, kumush, kadmiy va boshqa 30 ga yaqin rangli va nodir metallar uchraydi.
Qozog’iston Respublikasi mis zaxiralari bo’yicha MDH davlatlari orasida birinchi o’rinda turadi (Eng katta konlardan Jezqazg’an, Balxash markaziy Qozog’istonda, Bozshaqol shimoliy Qozog’istonda, Orlov, Nikolayev-sharqiy Qozog’istonda, Chatirkul-janubda, Yubileniy-g’arbiy Qozog’istonda), kumush, volfram (Qozog’iston past tog’larida), xrom (Aktyubinsk oblastida), vannadiy, barit va boshqalar ham ko’p.
Qozog’iston Respublikasi neft zaxiralari buyicha MDH davlatlari orasida Rossiyadan keyin ikkinchi o’rinda tursa, ko’mir zaxiralari buyicha uchinchi o’rinda turadi.
Qozog’iston Respublikasining shimoliy g’arbiy qismlarida yirik temir rudasi konlari topilgan. Eng yirik konlari Temirtov, Rudnii, Kustanay, Sokolov-Sarboy. Lisakovsk va boshqalardir. (MDX, davlatlaridagi temir zaxirasining 17 foizni tashkil etadi).
Markaziy Osiyoning hudud jihatdan eng yirik respublikasi – Qozog’istonda uchta urug’ ittifoqi – juzlarga bo’linishni yo’qotmagan qozoqlar mustaqillikning dastlabki yillarida aholining 40 foizini tashkil etgan. Asosan respublika shimolida yashovchi ruslar ham aholining 40 foizini, ukrainlar, nemislar, o’zbeklar, qirg’izlar, tatarlar, uyg’urlar qolgan 20 foizini tashkil etgan.
1986 yilda Olmaotada ittifoq markazi ko’rsatmasiga ko’ra respublika va kompartiya rahbariyatining o’zgarishiga qarshi ommaviy norozilik qozoqlarda milliy o’zlikni anglash tiklanishining cho’qqisi bo’ldi. Norozilik qatnashchilarining shafqatsiz jazolanishi ko’pchilikning g’azabini keltirdi. Shuningdek, Qozog’iston hududida yadro sinovlari o’tkazilishi va ularning oqibatlariga qarshi harakat kuchaya boshladi. Qozoq aholi ichida qozoq tilining ilgarigi mavqyei va yozuvining tiklanishi, qozoq xalqi tarixi, madaniyati va dinining o’rganilishi va tiklanishi talabalar chiqishlari Qozog’istonni mustaqillik sari yetakladi.
1989 yil kuzida Oliy Sovet qozoq tilini davlat tili, rus tilini millatlararo so’zlashuv tili deb e’lon qildi. 1990 yil bahorida N.Nazarboyev prezident etib saylandi, oktyabr oyida Qozog’iston suvereniteti e’lon qilindi. Hukumat 70 foizi ittifoq markazi ixtiyorida bo’lgan barcha zaxiralarni respublika mulkiga aylantira boshladi.
Qozoq va rus xalqlarini hamjihatlikka chaqirgan N.Nazarboyev 1991 yil oxiridagi saylovlarda yana Prezident etib saylandi. 1991 yil 16 dekabrda Qozog’iston mustaqilligi to’g’risida deklarasiyani qabul qildi.
90 yillarning boshlarida N.Nazarboyev davlat rivojlanishining barcha sohalarida tezkor islohotlar dasturini ishlab chiqdi va milliy modernizasiyani muvafaqqiyatli amalga oshirdi. U o’zining rivojlanish formulasini “avval iqtisod, keyin siyosat” deb nomladi. Demokratik institutlarni rivojlantirish uchun birinchi navbatda iqtisodiy rivojlanishga alohida e’tibor qaratdi. “Nazarboyev modeli” yoki “Qozog’iston yo’li” sifatida tanilgan ushbu modelning asosini puxta ishlab chiqilgan va izchil isloh etib borilgan davlat tuzilmasi tashkil etadi.
Qozog’istonning o’ttiz yillik rivojlanish tarixini umumlashtirganda mamlakat birinchi prezidentining sa’y-harakatlari uchta asosiy bosqichga bo’linadi.
Qozog’istondagi birinchi modernizasiya 90-yillarning boshida yuz berdi. Bu bosqichning maqsadi davlat boshqaruv tizimini qayta qurish, bozor iqtisodiyotining asoslarini yaratish, jahon hamjamiyatiga integrasiyalashuv edi. Ushbu davrda Qozog’iston iqtisodiy, ijtimoiy va siyosiy sohalarda “uch tomonlama o’tish”ni amalga oshirdi. 1995 yilda yangi konstitusiya asosida ijro qonunchilik va sud hokimiyatlarining bo’linishiga asoslangan siyosiy tizim o’rnatildi va qonun ustuvorligiga asoslanib harakat olib bora boshladi. Davlat chuqur iqtisodiy o’zgarishlarni amalga oshirdi va bozor iqtisodiyotining asosiy mexanizmlari yaratildi. Barqarorlik ta’minlanib, jamiyatda etnik va diniy hamjihatlikni saqlab qoldi.
Qozog’iston o’zini tinchliksevar mamlakat deb e’lon qildi va SSSRdan meros qolgan to’rtinchi yirik yadro arsenalidan voz kechdi. Yosh davlat jahon hamjamiyati a’zosi sifatida xalqaro miqyosda tan olingan dunyoning ko’plab mamlakatlari bilan diplomatik aloqalar o’rnatdi.
Nursulton Nazarboyev 1997 yilda “Qozozg’iston-2030 strategiyasi”ni e’lon qildi. Sobiq sovet ittifoqi davlatlari o’z oldidagi eng dolzarb ijtimoiy, iqtisodiy va ichki siyosiy muammolar bilan andarmon bo’layotgan bir paytda Qozog’istonning birinchi prezidenti o’z mamlakatini o’ttiz yildan keyingi ufqqa qarashga undadi.
Qozog’iston iqtisodiyoti ancha tez sur’atlarda o’sib borayotgan mamlakat hisoblanadi. Osiyo Taraqqiyot banki (OTB) ma’lumotlariga ko’ra, neft narxlarining oshishi, investisiyalar kelishi va ichki ishlab chiqarishning o’sishi masalan, 2004 yilda yalpi ichki mahsulot (YaIM) 9,4 ga oshishini ta’minlagan15. 2000 yilda Qozog’iston Xalqaro valyuta jamg’armasiga barcha qarzlarini muddatidan yetti yil oldin to’lab bo’lgan birinchi sobiq sovet respublikasi bo’ldi. Mutaxassislarning fikricha, moliya tizimining isloh qilinishi va neft-gaz sanoatining rivojlanishi mamlakat iqtisodiy taraqqiyotining bosh omillari hisoblanadi. Qozog’istonda neft qazib olish hajmi oshirib borilmoqda. 2005 yilga kelib u yiliga 50 million tonnadan oshib ketdi.
Qozog’istonning ikkinchi modernizasiyasi 1990 yillarning oxirida boshlangan va 2010 yillar o’rtalarida yakunlangan. Bu davrda endi davlat sifatida shakllanib, o’z yo’lini tanlagan Qozog’iston 90 yillar boshida olib borgan islohotlari samarasini ko’ra boshladi. Mamlakat iqtisodiy barqaror o’sishga erishdi, zamonaviy davlat institutlari va o’rta sinf shakllandi. Islohotlar natijasida jamiyatning farorvonligi oshdi. 90 yillar boshida aholi jon boshiga yalpi ichki mahsulot (YaIM) hajmi 700 dollarni tashkil etgan bo’lsa, 2013 yilda bu raqam 12 ming dollarga yetdi. Shu sababli, Jahon banki Qozog’istonni o’rtacha daromadli mamlakatlar qatoriga kiritdi. Qozog’iston 1998 va 2008-2009 yillardagi inqirozdan jiddiy zarar ko’rmasdan chiqib oldi. Ushbu holat yosh davlatning iqtsodiy qudratini namoyish etdi va davlat tuzilmasining mustahkamligini isbotladi.
Ikkinchi modernizasiya davridagi Qozog’istonning yana bir muhim yutug’i mamlakat poytaxtining Ostonaga (Nur-Sulton) ko’chirilishi va qayta qurilishi edi. Yangi poytaxt davlatning rivojlanishi jarayonida yuzaga kelgan bir qator strategik muammolarni hal qildi va yangi tarixiy davr timsoliga aylandi. 2012 yilda Qozog’iston dunyodagi eng raqobatbardosh 50 ta mamlakat qatoriga kirdi. O’sha yillarda N.Nazarboyev tomonidan “Qozog’iston – 2050” strategiyasi e’lon qilindi. Maqsad bir necha o’n yil ichida dunyoning 30 ta ilg’or mamlakatlaridan biriga aylanish edi.
2017 yilda Qozog’istonda uchinchi modernizasiya davri e’lon qilindi. Mamlakat endi o’sish potensialini namoyon qilib ulgurgan edi. Mazkur bosqichda iqtisodiyotni samarali rivojlantirish, chet el sarmoyalarini jalb qilish, innovasion sanoatlashtirish, ijtimoiy modernizasiya va xalq birligini himoya qilish vazifalari turar edi. Ushbu davrda milliy rivojlanish “ma’naviy yangilanish”ning maxsus dasturi bo’yicha inson kapitalini rivojlantirishga asoslanadi.
Umuman olganda, zamonaviy Qozog’iston 90-yillardagi yashash uchun kurashni ortda qoldirib, eng rivojlangan davlatlar qatorida o’z o’rnini egallash uchun global musobaqaga kirishdi.
Qozog’iston tomonidan “ko’p vektorlik” deb belgilangan tashqi siyosatning muvozanatli uslubi tufayli mamlakat xavfsizligi ta’minlandi va xalqaro tashkilotlarga a’zoligi muvafaqqiyatli amalga oshirildi. Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi Nazarboyevning 1994 yil mart oyida Moskva davlat universitetida ma’ruzasidagi Yevroosiyo integratsiyasi g’oyasi asosida yaratildi16. Qozog’iston Jahon savdo tashkilotiga (JST) a’zo bo’ldi va yirik infratuzilma loyihalarini amalga oshirish tufayli Sharq va G’arb o’rtasidagi transport va savdo yo’laklari bo’yicha markaziy mamlakatga aylandi.

Download 424.64 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   28




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling