Emotsional xolatlarni boshqarish Reja


Download 0.62 Mb.
Pdf ko'rish
bet6/9
Sana21.04.2023
Hajmi0.62 Mb.
#1370498
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Emotsional xolatlarni boshqarish

Stress tushunchasining mazmuni mohiyati 
borasida qator ta’riflar uchraydi. Jumladan, 
A.V.Petrovskiy tomonidan stress–ffektiv 
holatga yaqin turadigan, lekin boshdan 
kechirilishining davomiyligiga ko‘ra kayfiyatlarga yaqin bo‘lgan his-tuyg‘ularni 
boshdan kechirilishining alohida shaklidir, deb ta’rif beriladi. Professor 
E.G‘ozievning umumiy psixologiya kitobida yozilishicha, stress-og‘ir jismoniy va 
murakkab aqliy yuklamalar ishlarning me’yoridan oshib, ketib xavfli vaziyatlar 
tug‘ilganida, zaruriy chora-tadbirlarni zudlik bilan topishga intilganda vujudga 
keladigan hissiy zo‘riqishlar sifatida ko‘rsatiladi.
Stress – inson organizmini haddan tashqari zo‘riqish natijasida paydo bo‘ladigan 
tanglik jarayonidir.
Stress ko‘rinishiga qarab ikki turga ajratiladi:
Konstruktiv – biz turidagi (ko‘pchilik orasida);
Destruktiv – men turidagi (yakka shaxs o‘zi bilan) kechadigan jarayon. 
3.Psixik holat turlari. Stress 
tushunchasi va psixik zo‘riqish 
va uni boshqarish. 
 


Stress tushunchasi kanadalik olim gans sele tomonidan kiritilgan, u stressni 
organizmning jismoniy yoki psixik jarohatni keltirib chiqaradigan ta’sirlarga 
nisbatan moslashish-himoya reaksiyalari yig‘indisi sifatida ta’riflagan. Stress 
holatining rivojlanishida g. Sele uch bosqich: a) xavotirlanish, b) qarshilik 
ko‘rsatish, v) izdan chiqishlarni ajratdi. 
Xavotirlanish reaksiyasi shok davri (mns tushkunlik holati) va izdan chiqqan 
psixik vazifalarning tiklanish, shokka qarshi davridan iborat. Qarshilik ko‘rsatish 
bosqichi (rezistentlik) stressorlar ta’siriga nisbatan chidamlilikning yuzaga kelishi 
bilan xarakterlanadi. Ularning davomli ta’sirida organizm kuchi kamaya boradi, va 
izdan chiqish bosqichi boshlanadi, ba’zn organizm o‘limiga olib keluvchi nuqsonli 
kasallik jarayonlari yuzaga keladi. 
Stress hayot uchun xavfli bo‘lsada, organizm uchun zarurdir: austressda 
(«foydali» stress) individning moslashish mexanizmlari ishlab chiqiladi. Axborotli 
va psixik stress turlari mavjud (emotsional stresslar). 
Hissiyot va sezgilarning yana bir qonuniyati – bu psixosomatik korrelyasiya, 
vegetativ o‘zgarishlar bilan aloqa, bu organizm va inson hayotiy faoliyati 
vazifalarining o‘zgarishiga olib keluvchi hissiyotlar ta’sirini bildiradi. 
Emotsional kechinmalarning xilma-xilligi avvalambor, odamlarning kayfiyatida 
ifodalanadi. Emotsional jihatdan kuchsiz ta’sirlanadigan odamlarda faqat qandaydir 
o‘ta xavotirli voqea yaqqol ifodalangan hislarni yuzaga keltiradi. Boshqa toifadagi, 
emotsional ta’sirchan odamlarda arzimas holat ham kuchli hissiyotlarga sabab 
bo‘lishi mumkin. Hatto, ahamiyatsiz voqea ham kayfiyatlarini ko‘tarishi yoki 
tushirib yuborishi mumkin. 
Odamlar o‘rtasida hissiyotlarning ifodalanishining chuqurligi va barqarorligi 
bo‘yicha farqlanadigan xususiyatlar kuzatiladi. Ba’zi odamlarni hissiyotlar o‘rab 
olib, o‘zidan keyin chuqur iz qoldiradi. Boshqalarda hissiyotlar yuzaki xususiyatga 
ega bo‘lib, oson, sezilarsiz, darhol va umuman izsiz o‘tib ketadi. Odamlarda affekt 
va ehtiroslar ifodalanishidagi farqlar yaqqol namoyon bo‘ladi. Bunda nomutanosib, 
o‘zi va hulq-atvori nazorati yo‘qotilgan, affekt va ehtiroslarga beriluvchan, masalan, 
g‘azab, jazava, xavotirga tushadigan odamlarni ajratish mumkin. Boshqa odamlar, 
aksincha, doimo o‘zini tuta biladi, o‘z hislarini, ongini nazorat qiladi. 
Odamlar o‘rtasidagi farqlardan biri shundan iboratki, hislar va hissiyotlar ularning 
faoliyatida aks etadi. Xuddi shunday, ba’zi odamlar hislar ta’sir etuvchi xususiyatga 
ega, harakatga undaydi, boshqalarda barchasi qator o‘zgarishlarga sabab 
bo‘lmaydigan hisning o‘zi bilan chegaralanadi. Hislar sustligining yorqin shakli 
insonning ko‘ngilchanligida ifodalanadi. 
SHunday qilib, hissiyot va hislarning namoyon bo‘lishidagi farqlar ma’lum 
odamning betakrorligi, ya’ni, uning individualligini belgilab beradi. 


Oniomaniya va shopogolizm bilan bog‘liq bo‘lgan yana bir muammoni ko‘rib 
chiqamiz. Oniomaniya (do‘konlarga bog‘liqlik) – xarid qilishga bo‘lgan miyaga 
o‘rnashib qolgan mayl, zaruriyati va oqibatlari bilan kelishmagan holda, vasvasa 
holatlarida kuzatiladi. Bunday bog‘liqlik zamonaviy tilda – shopogolizm deb ataladi. 
Xarid qilishga bo‘lgan nosog‘lom havas, oniomaniya yoki shopogolizm, XX 
asrda aniqlangan o‘ziga xos kasallikdir, lekin 1990-yilning boshlariga kelib, olimlar 
unga jiddiy e’tibor qarata boshladilar. Tibbiyot xodimlarining fikriga ko‘ra, 
oniomaniya bilan sayyoramizning 10% aholisi, asosan, ayollar (90%) aziyat 
chekadilar. AQSHda 55 mln. odam bu kasallikka chalingan, ulardan 15 mln. 
surunkali shopogoliklardir. 
Agar avval oniomaniyadan aziyat chekadiganlar xarid qilish maqsadida 
supermarket va do‘konlarni kezishgan bo‘lsa, endilikda ular Internet, TV-do‘kon 
yoki rangli kataloglar orqali xarid qilyaptilar. Oniomaniya sabablari hali oxirigacha 
aniqlanmagan. Olimlarning taxminlariga ko‘ra, shopogolizm odam organizmiga 
inson kayfiyatini boshqaradigan serotonin gormonining etishmovchiligi bilan 
bog‘liq. Ba’zilar mahsulotlarni sovg‘alar qabul qilishni yoqtirganlari sababidan 
buyurtma qiladilar. YOki, ayol oiladagi muammolardan o‘zini yupatish uchun yangi 
xarid bilan o‘zini xursand qiladi. Sabablar turlicha bo‘lishi mumkin, oqibatlari esa 
yirik qarzlarga borib taqaladi. SHopogolizm, olimlar fikriga ko‘ra, ichkilikbozlik 
kabi jiddiydir. 

Download 0.62 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling