Kyultepa (Ozarbayjondagi Naxichevan yaqinida), Shulaverisgora (Gruziya), Texut (Armaniston) va boshqalar.
1-2 ga maydonga ega manzilgohlarda paxsadan yoki xom g’ishtdan qilingan, markazida o’chog’i bo’lgan aylana shaklidagi bir xonali uylar bo’lgan. Unda kichik bir oila yashagan. Umumiy holda olganda 30-40 uylar o’zaro birlashib mahallachani hosil qilgan va undagi aholi 120-150 kishini tashkil etgan. Tadqiqotlar jarayonida tosh, shox va suyakdan qilingan qurollar topilgan. Aruxlo I (Armaniston) va Imrisgora (Gruziya) da dehqonchilik yerlarini sug’orish uchun sodda, bir martalik kanal izlari topilgan.
Markaziy Kavkazbo’yi hududida Agubekov va Kabardin-Balkariyadagi Nalchik mozor-qo’rg’oni topib o’rganilgan. Nalchik mozor-qo’rg’oni shaharning markazida joylashgan bo’lib, 147 ta qabr ochib o’rganilgan. Bu yerda odamlar oila-oila qilib dafn etilgan; erkaklar o’ng, ayollar chap yoni bilan dafn etilgan. Qabrlardan mis uzuklar, tosh munchoqlar, yorg’uchoq va motigalar topilgan. Bunga o’xshash yodgorliklarni Chechen-Ingushetiyada ham ko’rish mumkin.
Sharqiy Karpat yoni va O’rta Dnepr bo’ylarida Tripole madaniyati keng tarqalgan. Ruminiyada Kukuteni madaniyati deb ataladi. Kiev yaqinidagi Tripole qishlog’idan topilgan va shu nom bilan atalgan. 1899 yilda ukrain arxeologi V.V. Xvoyko arxeologlar syezdida o’zining yangi topilmasi, ya‘ni “o’liklar uyi” haqida ma‘lum qiladi. Deyarli 35 yil davom etgan tortishuvlardan so’ng bu madaniyat nafaqat Uraina, balki unga qo’shni hududlardan tortib boshqa joylardan ham aynan uning xususiyatlariga xos belgilardan iborat ashyolar topilganligi aniq bo’ldi. V.A. Gorodtsov va A.A. Spitsinlar uni yer osti turar joyi deb taxmin qilishadi va V.V. Xvoyko xato qilganligini isbotlaydilar. 1934-1938 yillar davomida T.S. Passek va Ye.Yu. Krichevskiylar tomonidan 15 ming kv. m. li maydon qazib o’rganiladi va dehqonchilik madaniyatini o’zida jam qilgan Tripole madaniyati fanga ma‘lum qilinadi.
Tripole madaniyati
Do'stlaringiz bilan baham: |