Energetika fakulteti "elektr energetikasi" kafedrasi "elektr energetikasi" "EE" uchun
Download 1.09 Mb.
|
SPEQ amaliy mashg‘uot
4-amaliy mashg‘ulotStansiyalarda kuch transformatorlarini quvvatini va sonini aniqlash Podstansiyalarda ko‘pincha ikkita transformator yoki avtotransformator o‘rnatiladi. Bu holda transformatorlarning quvvati to‘g‘ri tanlansa, transfor-matorlardan biri avariya paytida uzilganda ham iste’molchilarni elektr bilan ishonchli ta’minlash mumkin. Qo‘sh transformatorli podstansiyalarda yuklama hisoblangan kattalikka yetmay ekspluatasiya qilinayotgan dastlabki yillarida bitta transformator o‘rnatish mumkin. Bu davrda iste’molchilarni o‘rta yoki past kuchlanishli tarmoqlar bo‘yicha elektr bilan ta’minlashni zahiralashga erishish lozim. Keyinchalik yuklama hisoblangan kattalikka yetganda, ikkinchi transformator o‘rnatiladi. Agar transformatorlardan faqat bittasi o‘rnatilganda SN va NN tarmoqlari bo‘yicha zahiralashni ta’minlash mumkin bo‘lmasa yoki podstansiyaning hisoblangan to‘liq yuklamasiga ekspluatasiyaga tushirilganiga uch yil to‘lmasdan erishish ehtimoli bo‘lsa, bu holda podstansiya oxirgi sxema asosida, ya’ni ikkita transformator bilan quriladi. Uchinchi kategoriyadagi muhim bo‘lmagan iste’molchilarni ta’minlash uchun, agar ishdan chiqqan transformatorni yangisiga almashtirish yoki o‘zini remont qilish uchun bir sutkadan ortiq vaqt sarflanmasa, yakka transformatorli podstansiyalar qurilishi mumkin. Ikkinchi kategoriyadagi iste’mmlchilarni ta’minlash uchun markazlashgan ko‘chma zahira transformator mavjud bo‘lsa yoki qo‘lda yoxud avtomatik ulanadigan, SN yoki NN tarmog‘idan ta’minlanadigan boshqa zahira manba mavjud bo‘lsa, yakka transformatorli podstansiyalar qurishga ruxsat etiladi. Berilgan sanoat korxonalarining to‘la quvvatini 40 % -ni I –toifali, 60% - ni esa II- toifali iste’molchilar tashkil tashkil etadi. I va II–toifali iste’molchilarni aktiv va to‘la quvvatlari quyidagicha aniqlanadi. a) I – chi sanoat korxonasi uchun: [MVt] (4.1) [MVt] (4.2) [MV.A] (4.3) [MV.A] (4.4) b) II – chi sanoat korxonasi uchun: [MVt] (4.5) MVt (4.6) [MV.A] (4.7) [MV.A] (4.8) v) Umumiy to‘la quvvatni quyidagicha aniqlanadi: [MVt] (4.9) [MVar] (4.10) [MV.A] (4.11) Agar iste’molchilarning ko‘pchilik qismi birinchi va ikkinchi toifali bo‘lsa, yoki sutkalik va yillik yuklama grafigi o‘zgarib tursa, ikki transformatorli podstansiyadan foydalanish tavsiya qilinadi. Bunda har bir transformator umumiy yuklamaning 70% ga hisoblanadi. Transformatorning nominal quvvatlari quyidagi shartga ko‘ra tanlanadi. [MV.A] (4.12) ya’ni, [MV.A] (4.13) Demak, GOST bo‘yicha 63 MV·A; 100 MV·A va hokazo quvvatli trasformator tanlash tavsiya qilinadi. Agar trasformatorlardan biri ishdan chiqsa, elektr ta’minoti to‘xtalmay, ikkinchisi vaqtinchalik 140 % yuklama bilan ishlashi ko‘zda tutiladi. Iste’molchilar asosan I va II toifali bo‘lganligi uchun, uzliksiz elektr ta’minoti to‘xtamasligi uchun podstansiyalarda ikkitadan transformator o‘rnatish tavsiya etiladi. a) ikki hil quvvatli trasformatorlar olish ko‘zda tutiladi. I – variant: 2 x 63 MV·A; uning o‘ta yuklanishi, (4.14) II – variant: 2 x 100MV·A; (4.15) Ikkala variant ham normal ishlash rejimi bo‘yicha qoniqarlidir. b) Transformatorlardan biri ishdan chiqsa, bu tanlangan variantlarni ishlashini tekshiramiz. I – variant: MV·A (4.16) II – variant: MV·A (4.17) bunda, 1,4 – o‘ta yuklanish koeffitsienti. Endi iqtisodiy variantni aniqlaymiz: I – variant: 2 x 63 MV·A. Tipi ATDSTN-63000/220 Uvn =230; Px =37kVt. Usn=121kV; Pk =215kVt; Unn =11kV; Ix =0,5 %; Snn = 32 MV·A bahosi = 118,7 mln so‘m. II – variant: 2 x 100 MV·A. ATDSTN-100000/220 Uvn =230kV; Rx =37kVt. Usn=121kV; Rk =215kVt; Unn =11kV; Ix =0,5 %. Snn = 50 MV·A bahosi = 152 mln so‘m. 4-amaliy mashg‘ulot uchun topshiriq variantlari 3-amaliy mashg‘ulotdan olingan natijalar asosida olinadi. Download 1.09 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling