Energetika fakulteti "elektr energetikasi" kafedrasi "elektr energetikasi" "EE" uchun


Download 1.09 Mb.
bet2/14
Sana07.02.2023
Hajmi1.09 Mb.
#1175892
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
Bog'liq
SPEQ amaliy mashg‘uot

Nazorat savollari.

  1. Qanday elektr yuklamalari bor?

  2. Elektr yuklamalarini hisoblash masalasi qanday hollarda paydo bo‘ladi?

  3. ushbu formulada nimani ifodalaydi?


2- amaliy mashg‘ulot


Elektr yuklamalarining sutkalik grafiklarini qurish.
Alohida iste’molchilarning elektr yuklamasi, binobarin, ularning energotizimdagi elektr stansiyalari ish rejimini aniqlovchi jami yuklamasi uzluksiz o‘zgarib turadi. Bu faktni yuklama grafigida, ya’ni elektrotizilmalar quvvati (toki) ning vaqt bo‘yicha o‘zgarishi diagrammasida aks ettirish qabul qilingan.
Qayd qilinayotgan parametrlarning turiga qarab grafiklar elektrotizilmalarning aktiv P, reaktiv Q, to‘liq quvvati S va toki I ning grafiklariga bo‘linadi.
Odatda, grafiklar yuklamaning ma’lum vaqt ichida o‘zgarishini ifodalaydi. Ular shu belgisiga qarab sutkali (24 soat), mavsumiy, yillik va hokazo grafiklarga bo‘linadi.



2.1 – rasm. Sutkalik yuklamalar grafigi
Yuklama grafiklaridan elektrotizilmalar ishini analiz qilish, elektr ta’minoti tizimini loyihalash, elektr iste’moli ma’lumotini tuzish, asbob-uskunalar remontini rejalashtirish, shuningdek, ekspluatatsiya jarayonida ish rejimini normal olib borishda foydalaniladi.
Yuklamaning haqiqiy grafigi tegishli parametrning vaqt ichida o‘zgarishini qayd qiluvchi asboblar yordamida olinishi, mumkin.
Uni tuzish uchun avvalam bor, elektr qabul qiluvchilarning belgilangan quvvati to‘g‘risidagi, ya’ni ularning nominal quvvatlari yig‘indisi to‘g‘risidagi ma’lumotga ega bo‘lish kerak.
Yillik va bir sutkalik yuklamalarni grafigini qurish uchun quyidagilar aniqlanadi:
a) Xar bir sanoat korxonasi uchun to‘la va reaktiv quvvat:
[MVA] (2.1)
[MVar] (2.2)
b) Bildirgich adabiyotlarda sanoat korxonalarining tipik grafiklari berilgan. (A.1, I7.1). Bu tipik grafiklardan foydalanib, sanoat korxonalarini sutkalik grafiklari quriladi. Grafiklarni qurish uchun qish va yozgi kunlar uchun jadval tuziladi. Jadvalni tuzishda quyidagi ifodalardan foydalanamiz.
[MVt] (2.3)
[MVar] (2.4)
[MVA] (2.5)
bu yerda n % - tipik grafikka mos keluvchi ordinata pog‘onasi, (foiz hisobida).Topshiriq. Berilgan aktiv quvvat va quvvat koyeffitsenti orqali to‘la va reaktiv quvvatlarning sutklik grafiklari qurilsin. Har bir talaba o‘z variantini Heis tizimidagi tartib raqamini P aktiv quvvat qiymatiga qo‘shish oraqali hosil qiladi.
Yozgi 2.1-jadval



P, kVT

cos ϕ

0

1

2-4

5-6

7-8

9-11

12

13

14

15

16

17

18

19

20

21

22

23

1

66

0,9

60

60

70

89

92

99

50

50

60

60

100

90

90

60

60

80

80

80

Topshiriq. Berilgan aktiv quvvat va quvvat koyeffitsenti orqali to‘la va reaktiv quvvatlarning sutklik grafiklari qurilsin. Har bir talaba o‘z variantini Hemis tizimidagi tartib raqamini P aktiv quvvat qiymatiga qo‘shish oraqali hosil qiladi.
Qishki 2.2-jadval



P, kVt

cos ϕ

0

1

2-4

5

6

7

8

9-11

12

13

14

15

16

17

18

19

20

21-23

1

66

0,9

60

60

100

90

89

92

92

99

70

70

60

60

100

90

90

85

85

80

Nazorat savollari:

  1. Sutkalik yuklamalar grafigini qurishdan maqsan nima?

  2. Iste’mol qilinayotgan P aktivquvvat qanday topiladi?

  3. Iste’mol qilinayotgan P aktivquvvat qanday topiladi?

  4. Cosф qanday koeffitsent?


3-amaliy mashg‘ulot


Elektr yuklamalarining yillik grafiklarini qurish
Bu grafik tizilmaning yil davomida turli yuklamalar bilan ishlash vaqtini ko‘rsatadi. Ordinatalar o‘qi bo‘ylab tegishli masshtabda yuklama, abssissalar o‘qi bo‘ylab yillik 0 dan 8760 gacha soatlar qo‘yiladi. Grafikda yuklama Pmax dan to Pmin gacha kamayib borish tartibida qo‘yiladi (3.1–rasm).
Yuklamaning davomiyligi bo‘yicha yillik grafik ma’lum bo‘lgan sutkalik grafiklar asosida quriladi. 3.1–rasmda yuklamaning ikki– qishki (152 kun) va yozgi (213 kun) sutkalik grafiklari bor bo‘lgan holda grafik qurish usuli ko‘rsatilgan.

3.1- rasm. Yuklamalarning davomiyligi bo‘yicha yillik grafikni tuzish usuli.
Eng ko‘p tarqalgan elektr energiya iste’molchilari uchun spravochniklarda yuklamaning davomiyligi bo‘yicha aktiv va reaktiv yuklamalarning tipaviy grafiklari keltirilgan.
Yuklamalarning davomiyligi bo‘yicha grafikdan tizilmaning texnik–iqtisodiy ko‘rsatkichlarini, elektr energiyasi isrofini hisoblashda, yil davomida asbob–uskunalardan foydalanishni baholashda va boshqa hollarda foydalaniladi.
Aktiv yuklama grafigining siniq chiziqlari bilan chegaralangan yuzi son jihatidan ko‘rilayotgan davrda elektr tizim hosil qilgan yoki iste’mol qilgan energiyaga teng
(3.1)
bunda Pi–grafikning, i–pog‘onasidagi quvvat; Ti -pog‘ona davomiyligi.
Tizilmaning ko‘rilayotgan davr (sutka, yil) dagi o‘rtacha yuklamasi
bunda T - ko‘rilayotgan davr davomiyligi; - ko‘rilayotgan davrga to‘g‘ri keladigan elektr energiyasi.
Tizilma ishi grafigining notekislik darajasi to‘ldirish koeffisenti bilan baholanadi
(3.2)
Yuklama grafigini to‘ldirish koeffisienti ko‘rilayotgan davrda (sutka, yil) hosil qilingan (iste’mol qilingan) energiyaning xuddi shu davr ichida, tizilmaning yuklamasi hamma vaqt maksimal bo‘lgan holda, hosil qilinishi (iste’mol qilinishi) mumkin bo‘lgan energiyasidan necha marta kam bo‘lishini ko‘rsatadi. Ravshanki, grafik qancha bir tekis bo‘lsa, kto‘l qiymati birga shuncha yaqin bo‘ladi.
Tizilmaning yuklama grafigini xarakterlash uchun maksimal yuklamadan foydalanishning shartli davomiyligidan ham foydalanish mumkin
(3.3)
Bu kattalik ko‘rilayotgan davr davomida tizilma haqiqiy elektr energiya miqdori W ni hosil qilishi (icte’mol qilishi) uchun shu davr T (odatda yil) davomida o‘zgarmas maksimal yuklamada necha soat ishlashi kerakligini ko‘rsatadi. Tmax kattalikni aniqlashni 2.2 -rasmdagi misol orqali tushuntirish mumkin.
Amalda belgilangan quvvatdan foydalanish koeffisenti


(3.4)
yoki
belgilangan quvvatdan foydalanish davomiyligi
(3.5)
dan ham foydalaniladi.
Yuqoridagi formulalarda orqali zahiradagi agregatlarni qo‘shib, birgalikda hamma agregatlarning belgilangan quvvatining yig‘indisi tushuniladi.
Foydalanish koeffisienta kfoy agregatlarning belgilangan quvvatidan foydalanish darajasini ifodalaydi. Demak, bo‘ladi. ekanini hisobga olib, ga ega bo‘lamiz.
Elektr stansiyalarining belgilangan quvvatidan foydalanish vaqti bizning mamlakatimiz energotizimlari uchun o‘rta hisobda bir yilda taxminan 4800 soatni tashkil qiladi.

3.2–rasm. Yuklamalarning davomiyligi bo‘yicha yillik grafik.
Topshiriq. 2-amaliy masg‘ultda berilanlardan foydalanib yillik yuklamalar grafigi qurilsin (2.1 va 2.2-jadvallar).
3-amaliy mashg‘ulot uchun topshiriq variantlari 2-amaliy mashg‘ulotdan olinadi.
Nazorat savollari:

  1. Sutkalik yuklamalar grafigini qurishdan maqsan nima?

  2. Iste’mol qilinayotgan P aktivquvvat qanday topiladi?

  3. Iste’mol qilinayotgan P aktivquvvat qanday topiladi?

  4. Cosф qanday koeffitsent?



Download 1.09 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling