Energetika fakulteti "elektr energetikasi" kafedrasi "elektr energetikasi" "EE" uchun
Download 1.09 Mb.
|
SPEQ amaliy mashg‘uot
- Bu sahifa navigatsiya:
- 10,11-amaliy mashg‘ulot
9 - amaliy mashg‘ulot9 – amaliy mashg‘ulot ham xuddi 7- amaliy mashg‘ulot kabi DigSilent dasturida hisoblanadi. 8 – amaliy mashg‘ulotdagi hisob kiritib ishlarini ushbu amaliy mashgu‘lotda davom ettiramiz. Hisob kitoblar DigSilent dasturida amalga oshirilida. Buning uchun ush dastur yordamida sxemani shakllantirib olamiz. 9.1 – rasmda dastur ishchi oynasi ko‘rsatilgan. 9.1 – rasm. DigSilent dasturini ishchi oynasi ushbu iconka generator vazifasini bajaradi. Uni olib ishchi madonga joylashtiramiz. Dastavval shinani yordamida qo‘yib olamiz.Generatorni tanlab shinaga ulayotganimizda 9.2 – rasmdagi oyna ochiladi. 9.2 – rasm. Shina qurilmalarni ulash oynasi bu ikonka orqali uch cho‘lg‘amli transformatorni tanlaymiz. Undan so‘ng yordamida tarmoq tanlanadi. 9.3 – rasm transformatorning qiymatlarini kirituvchi oyna 9.4 – rasm. Generatorning qiymatlarini kiritish oynasi. 9.5 – rasm. Tarmoqning qiymatini kiritish oynasi 9.6 – rasm. Hisoblanuvchi tarmoq sxemasi Sxema dasturda yig‘ib barcha qiymatlar kiritib olingandan so‘ng F10 tugmasini bosish orqali dasturga hisoblash buyrug‘i beriladi. Olingan natijalar amaliy mashg‘ulot hisobotga qo‘shiladi. Nazorat savollari DigSilent dasturi qanday dastur ? Dastur yordamida hisoblash ketma – ketligini tushintiring 10,11-amaliy mashg‘ulotYuqori kuchlanishli oʻchirgichlarni tanlash Elektr apparatlari, izolyatorlar va tok o‘tkazuvchi qismlar 3 ta asosiy rejimda ishlaydi: a) davomli ish rejimi; b) o‘ta yuklanish rejimi, bunda K3 ning qiymati 1,4 gacha boradi; v) qisqa tutashuv rejimi. Davomli ish rejimida elektr apparatlarining ishonchli ishlashi, ularning nominal tok va nominal kuchlanish bo‘yicha to‘g‘ri tanlanishi bilan ta’minlanadi. O‘ta yuklanish rejimida apparatlarni ishonchli ishlashi tok va kuchlanishlarni uzoq vaqt oshib ketishini chegaralash bilan ta’minlanadi. Qisqa tutashuv rejimida apparatlarning ishonchli ishlashi, qisqa tutashuv toklarining elektrodinamik va termik ta’sirlar bo‘yicha asbob–uskunalarni to‘g‘ri tanlanishi bilan ta’minlanadi. O‘chirgichlar quyidagicha tanlanadi: –qurilmaning kuchlanishi bo‘yicha: –uzoq ta’sir etuvchi tok bo‘yicha; –uzish qobiliyati bo‘yicha. Birinchi navbatda quyidagi shartga asosan simmetrik uzish toki bo‘yicha tekshirish So‘ngra q.t. boshlang‘ich tashkil etuvchisini uzilishi extimoli tekshiriladi. bunda, ia.nom – uzilayotgan tokning τ vaqtdagi boshlang‘ich tashkil etuvchisining ruxsat etilgan nominal qiymati; – uzilayotgan tokni boshlang‘ich tashkil etuvchining nominal nisbiy qismi (A-I ,4- 49 rasm ); – kontaktlarning ajrash momenti τ dagi qisqa tutashuv tokining boshlang‘ich tashkil etuvchisi; bunda, – 0,01s. – rele muxofazasining minimal ta’sir etish vaqti; – o‘chirgichni hususiy uzish vaqti. Agar . shart bajarilib, bo‘lsa, u holda qisqa tutashuvning to‘liq toki bo‘yicha uzilish qobiliyatini tekshirish mumkin: O‘chirgich elektrodinamik turg‘unlikka (skvoznoy) qisqa tutashuvning chegara parron o‘tish toki bo‘yicha tekshiriladi: bunda, Ipr.s – qisqa tutashuvning chegara parron (skvoznoy) o‘tish tokining ta’sir etuvchi qiymati (A-** bildirgich bo‘yicha olinadi); ipr.s–qisqa tutashuvning chegara parron (skvaznoy) o‘tish tokining amplituda qiymati (bildirgich bo‘yicha olinadi); Ip.o–o‘chirgich zanjiridagi qisqa tutashuv tokining davriy tashkil etuvchisining boshlang‘ich qiymati; iy–o‘chirgich zanjiridagi qisqa tutashuvning zarbiy toki. O‘chirgich termik turg‘unlikka issiqlik impulsi bo‘yicha tekshiriladi. bunda, – hisob bo‘yicha issiqlik impulsi; IT – termik turg‘unlikning chegara toki (bildirgich bo‘yicha); tT – termik turg‘unlik tokining o‘tish davomiyligi, sek. Amaliy mashg‘ulot uchun topshiriq variantlari 8 – amaliy mashg‘ulotdan olingan natijalar asosida olinadi. Nazorat savollari Elektr apparatlari, izolyatorlar va tok o‘tkazuvchi qismlar asosan qanday rejimda ishlaydi? Davomli ish rejimida elektr apparatlarining ishonchli ishlashini qanday ta’minlanadi? Qisqa tutashuv rejimida apparatlarning ishonchli ishlashi qanday ta’minlanadi? O‘chirgichlar qanday shartlar asosida tanlanadi? Download 1.09 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling