Energetika va transport tizimlari fakulteti
To’g’rilagich tiristorlarini boshqarish tizimi funktional sxemasini ishlab chiqish
Download 1.27 Mb.
|
КУРС ИШИ ЭМТнинг аппаратлари элементлари фанидан
6. To’g’rilagich tiristorlarini boshqarish tizimi funktional sxemasini ishlab chiqish.
Tiristorli o’zgartkichlar kuch sxemasi va boshqaruv tizimidan iborat bo’ladi. Boshqariluvchi to’g’rilagichning kuch sxemasini boshqariluvchi tiristorlar tashkil etadi, ular boshqaruv elektrodlariga ma’lum vaqtda etarli quvvatga ega bo’lgan impuls berilgandan keyingina ishlashi mumkin. Bu vazifani impuls-faza boshqaruv tizimi (IFBT) bajaradi. IFBT quyidagi ikki vazifani bajaradi: 1. Tiristorlarning ulanish vaqtlarini aniqlash; 2. Tiristorlarning boshqaruv elektrodlariga kerakli vaqtda beriladigan boshqaruv signallarini, ya’ni impulslarni shakllantirish. 4 – rasmda tiristorlarni boshqarish tizimining funktional sxemasi keltirilgan bo’lib, bu erda: 1. TV2 – pasaytiruvchi transformator; 2. K1 va K2 – komparatorlar; 3. AKG – arrasimon kuchlanish generatori; 4. QIH – qisqa impulslarni hosil qiluvchi; 5. IK – impuls kuchaytirgich. TV1 kuch transformatoridan liniya kuchlanish (Uas) olamiz. Olingan signal pasaytiruvqchi transformator TV2 ga uzatiladi, bu erda transformator to’g’rilagichni katta qiymatli kuchlanish va toklardan himoyalovchi, boshqaruv tizimi bilan to’g’rilagichning kuch sxemasi o’rtasida o’zaro galvanik bog’liqlikni uzish vazifasini o’taydi. Komparator K1 yordamida o’zgartkichning sinusoidal liniya kuchlanishi shunday ketma-ketlikda o’zgaruvchi to’g’ri burchakli impulslarga o’zgartiriladi. Komparator K1 dan olingan impulslar arrasimon kuchlanishlar generatori AKG ga uzatiladi va u erda impulslar arrasimon ko’rinishdagi kuchlanishga o’zgartiriladi. Komparator K2 ga berilgan boshqaruv kuchlanishi U va berilayotgan arrasimon kuchlanish asosida boshqaruv burchagi α ni belgilovchi signal hosil qilinadi. Qisqa impulslarni tashkil etuvchi QIH qabul qilib olingan to’g’ri burchakli impulsdan davomiyligi va qiymati bo’yicha tiristornining ochilishi uchun etarli bo’lgan kuchlanish impulsini shakllantiradi. Bu impuls impuls kuchayaytirgich IG kuchaytirilib tiristorning boshqaruv elektrodiga uzatiladi. 7. Xulosa Berilgan birlamchi ma’lumotlar asosida to’g’rilagichning uch fazali ko’prik sxemasi (Larionov sxemasi) tanlandi va hisoblandi. Kuch sxemasi uchun sovutish tizimi O153-150 bo’lgan T253-1000 tipdagi tiristorlar tanlandi. 2 mkF sig’imli kondensator, qiymati 0,33 Om bo’lgan rezistordan iborat bo’lgan (quvvati 3,95 Vt) RC-zanjiri hisoblandi. Transformatiya koeffitienti bo’lgan moslovchi transformatorning asosiy ko’rsatkichlari hisoblandi. Yuklanish quvvati 10 kVt dan yuqori bo’lgani uchun (bizning misolimizda ) induktivligi bo’lgan induktiv filtr tanlandi. To’g’rilagichning boshqaruv tavsifi hisoblandi va qurildi. Boshqaruv burchagining α = 60° qiymatida boshqaruv tavsifining egilishi boshlanadi va tavsifning nolga teng bo’lishi α = 120° bo’lganida yuzaga keladi. Boshqaruv burchagining turli qiymatlari uchun to’g’rilagichning tashqi tavsiflari hisoblandi va qurildi. Tiristorlarni boshqarish uchun IFBT asosida boshqaruv tizimining funktsional sxemasi yaratildi va ishlash prinsipi bayoni berildi. Download 1.27 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling