Energo-mexanika fakulteti «mashinasozlik texnologiyasi»
Download 6.9 Mb.
|
2023 2 kurs Амалий механика амалиёт 2
- Bu sahifa navigatsiya:
- Navoiy: NDKTU, 2022 y.
O’ZBEKISTОN RESPUBLIKАSI OLIY VA O`RTA MAXSUS TA`LIM VAZIRLIGI NАVОIY DАVLАT KОNCHILIK VA TEXNOLOGIYALAR UNIVERSITETI ENERGO-MEXANIKA FAKULTETI «MASHINASOZLIK TEXNOLOGIYASI» KAFEDRASI «Amaliy mexanika» FANIDAN AMALIY MASHG’ULOTLARNI bajarish uchun uslubiy KO’RSATma NAVOIY – 2022 Mazkur uslubiy ko’rsatma «Amaliy mexanika» fanidan amaliy mashg’ulotlarni o’tkazish uchun 60721900 - Konchilik elektr mexanikasi, 60711300 – Metrologiya, standartlashtirish va mahsulot sifati menejmenti, 60711400 – Texnologik jarayonlar va ishlab chiqarishni avtomatlashtirish va boshqarish, 60720700 – Texnologik mashinalar va jihozlar (konchilik), 60710600 – Elektr energetikasi (tarmoqlar va yo’nalishlar bo’yicha) ta’lim yo’nalish bakalavrlari uchun mo’ljallangan. Navoiy: NDKTU, 2022 y.Uslubiy ko’rsatma 16 soatlik amaliy mashg’ulotlarga mo’ljallangan. Tuzuvchilar: dots J.H. Manglieva v.b. dots Z.B Oripovass. E. Y. OchilovTaqrizchilar: NDKTU dots. Ataullayev A NDPI dots. Xudoyberdiyev E Ushbu uslubiy ko’rsatma Nаvоiy dаvlаt kоnchilik va texnologiyalar universitetining 2022-yil “_______” avgusdagi O’quv-uslubiy kegashida muhokama etilib,chop etish va o’quv jarayonida foydalanish uchun tavsiya qilindi. Kirish Mashinasozlik sanoat va qishloq xo’jaligining taraqqiy etishi uchun zarur bo’lgan texnikaviy baza yaratadi. Shunday ekan, har bir ishchi, injener hamda olimning vazifasi zamonamiz talabiga to’la javob beradigan, yuqori unumli, mustaxkam va foydali ish koeffisienti yuqori bo’lgan yangidan-yangi mashinalar yaratishdan iborat. Buning uchun mashinalar loyixalashda ular detallarining mumkin qadar yengil, yetarli darajada mustaxkam, ishqalanishga chidamli, shakli oddiy, ishlatilishi qulay va xavfsiz, shuningdek, davlat standartlari (GOST) da quyilgan talablarni to’la qondiradigan bo’lishiga erishish kerak. Bundan tashqari, detallar ishdan chiqqanda yangisiga tez va oson almashtiriladigan bo’lishi ham zarur. Tabiiyki, bunday vazifani yuqori malakali mutaxassislargina hal qila oladi. Ana shunday mutaxassislar tayyorlashda Amaliy mexanika fani alohida o’rin tutadi. Shunday qilib, Amaliy mexanika fani injenerlik praktikasida ko’plab uchraydigan, deyarli hamma turdagi mashinalar uchun umumiy bo’lgan detal va uzellarning tuzilishini hamda ularni iqtisodiy jihatdan tejamli qilib hisoblash va loyixalash usullarini o’rganuvchi fandir. Bu fan nazariy mexanika, mexanizm va mashinalar nazariyasi materiallar qarshiligi, metallar texnologiyasi va chizmachilik kabi fanlarga asoslanadi. Shu bilan birga, u mashinasozlik ixtisosliklarini o’rganuvchi maxsus fanlarning asosi hisoblanadi. Download 6.9 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling