XIV asrning ikkinchi yarmi va XVI asrda Movaraunnahrda pedagogik fikrlar rivoji - Bobur (taxallusi; to‘liq ismi Zahiriddin Muham-mad ibn Umarshayx Mirzo) (1483- 1530) –buyuk davlat arbobi, mohir sarkarda, shoir, bastakor, tarixchi olim.
- «Boburnoma» - Movarounnahr, Xuroson, Hindis-ton, Eron xalqlarining XV asr oxiri – XVI asrning birinchi yarmidagi tarixini o‘zida aks eggirgan bo‘lsa ham, shu bilan birga juda ko‘p dolzarb iqtisodiy, ijti-moiy masalalar, yuqorida nomlari keltirilgan viloyat-larning o‘zaro siyosiy-iqtisodiy va savdo munosabat-lari, jug‘rofiy mavqei, iqlimi, o‘simlik va hayvonot dunyosi, tog‘lari, daryolari, xalqlari, qabila va elatlari va ularning yashash sharoitlari, urf-odatlari, muhim tarixiy inshootlari – hindular va musulmonlarning ibodatxonalari, to‘y va dafn marosimlari haqida nodir ma’lumotlarni o‘zida qamrab olgan shoh asardir.
- «Xatti Boburiy» deb atalgan kitobsida arab alifbo-sini turkiy tillar, xususan, o‘zbek tili nuqtai nazaridan birmuncha soddalashtirib berishga harakat qilgan.
- O‘zbek xalqining ulug‘ mutafakkiri, ma’rifat-parvari va buyuk shoiri Alisher Navoiy(1441-1501) yoshlarni tarbiyalash ishiga alohida e’tibor berdi. U bolalarni ilm-hunarni, mehnatni sevishga undab, o‘r-ganilgan ilm va hunarni xalq, vatan yo‘lida sarf qilish zarurligini uqtirdi.
- Alisher Navoiy ta’lim-tarbiya to‘g‘risidagi fikrla-rini ko‘proq komil insonni ifodalovchi ijobiy obrazlar yaratish orqali bayon qiladi. Ilm-ma’rifat, axloq-odob masalalariga doir fikrlarini esa ilmiy-falsafiy va di-daktik asarlarida bayon qiladi.
- Navoiy aql kuchiga cheksiz ishonadi, komil ish-onch bilan ilm-fanning fazilati juda katta, deb hisob-laydi. SHoir “Hayrat ul-abror”, “Farhod va Shi-rin”, “Layli va Majnun” kabi dostonlarining ayrim boblarini shu masalaga bag‘ishlaydi.
- SHoirning 1500 yilda yaratgan “Mahbub ul-qu-lub” (Ko‘ngillarning sevgani) asari ijtimoiy-siyosiy va axloqiy-ta’limiy qarashlari bayon etilgani bilan qiziqarlidir. “Mahbub ul-qulub” 3 qismdan iborat.
- Navoiy “Ixlosiya” madrasasini qurdiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |