XIV asrning ikkinchi yarmi va XVI asrda Movaraunnahrda pedagogik fikrlar rivoji - Jomiy (taxallusi; asl ism-sharifi Nuriddin Abdurahmon ibn Ahmad) (1414– 1492.) - fors-tojik shoiri, naqshbandiylik tariqatining yirik vakili.
- Jomiydan ulkan va rang barang adabiy hamda ilmiy meros qolgan.
- Abdurahmon Jomiyning ta’limiy-axloqiy qarashlari “Bahoriston” asari va “Xaft avrang”ga kirgan “Tuhfat ul axror” hamda “Silsila tuz zahab” (“Oltin zanjir”) va boshqa dostonlarida ifodalangan.
- Jaloliddin Davoniy (to‘la nomi Jaloliddin Mu-hammad ibn Asad as Siddiqiy ad Davoniy) (1427 - 1502) – sharq olimi, faylasufi. Davoniyning asosiy asarlari: «Axloqi Jaloliy», «Kitobtul-xuruf» («Harf-lar haqida kitob»),«Kitobyi isboti vojib» («Zaruriyat-ning isboti haqida kitob»), «Kitob ul-mufradot» («Moddalar haqida kitob»), «Kitobyi fi tavjix ul tashbih»(«Majoz talqini xaqida ki-tob»), «Kitob darelmun-nafs» («Ruhshunoslik to‘g‘risida kitob»), «Tariqati tarbiyat ul-avlod» («Bolalarni tarbiyalash usuli») va b.
- Davoniyning axloqiy tarbiyaga bag‘ishlangan “Axloqi Jaloliy” asari dunyoning ko‘p tillariga tarj-ima qilingan. Asar uch qismdan iborat.
- Birinchi qism – axloq faniga,
- ikkinchi qism – odamning ichki holatiga,
- uchinchi qism – shahar (davlat)ni boshqarish va podshohlar siyosatiga bag’ishlangan, unda muhim ijtimoiy-siyosiy masalalar ko‘tariladi.
Buxoro amirligi, Qoʻqon va Xiva xonliklarida taʼlim-tarbiya - XVI asr boshlarida temuriylar sulolasi inqirozga uchradi. Oqibatda bu hududda uch xonlik, avvalo, Buxoro amirligi va Xiva xonligi, XVIII asr oxiriga kelib, Qo‘qon xonligi tashkil topdi.
- Ushbu uchta xonlikning birlashtiruvchi kuchi o'zbek tili edi. Davlat muassasala-rida fors tili ham qo'llanilgan va arab tili fan va maktabda muhim rol o'ynagan.
- Xonliklarda 7-9 yoshli o'g'il bolalar di-niy maktablarda o'qishlari shart edi. Ular Qur'onni o'qiy olishlari kerak edi.
- Dars arab tilida olib borildi.
- Bu davrda diniy maktablar va madrasa-lardan tashqari “maktabdorlar” maktabi ham mavjud edi.
- Qiz bolalar o‘z davrining o‘qimishli ayollari tomo-nidan uylarida ochilgan maktablarda o‘qitilgan. Qiz-lar maktabi o‘g‘il bolalar maktablariga nisbatan ancha kam bo‘lgan.
- 7 yoshdan 11 yoshgacha bo'lgan boy oilalarning qizlari o'qitildi.
- Unda xat o’qish va yozishni, fors, tojik va turk adabiyoti va musiqasini o'qishni o'rgatgan va xo’jalik ishlariga o'rgatilgan.
- O”qitish usuli sifatida “chiston” ni aytishga o'rga-tilgan.
- O‘rta Osiyoda faoliyat yuritgan qizlar maktabining yirik namoyondalaridan biri – Jahon Otin Uvaysiy-dir. Jahon otin xalqimizning oqila qizlarini tarbiya-lash, go‘zal hayotga erishishning birdan-bir yo‘li deb o‘ylab, o‘zining butun umrini yosh qizlarga ta’lim-tarbiya berish bag‘ishladi.
- Atoqli shoira Dilshodi Barno 50 yildan ortiq muallimalik qilib, qizlarga xat-savod o‘rgatdi, tab’i nazm qizlarga she’riyat ilmidan dars berdi.
Do'stlaringiz bilan baham: |