Eng qadimgi davrlardan XIX asrgacha O‘rta Osiyoda tarbiya, maktab va pedagogik fikrlar tarixi Ma’ruzachi – professor A. S. Kaldibekova


Sharq uygʻ onish davrida pedagogik fikrlarning rivojllanishi


Download 1.72 Mb.
bet6/10
Sana15.06.2023
Hajmi1.72 Mb.
#1482045
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
4-mavzu.

Sharq uygʻ onish davrida pedagogik fikrlarning rivojllanishi

  • Mahmud Koshgʻariy (XI asr) Markaziy Osiyoda ilk oʻrta asr madaniyatining buyuk arboblaridan boʻlib, tilshunoslik sohasida, xususan turkiy tillarni oʻrganish sohasida mashhur boʻldi va tarihda oʻchmas iz qoldirdi.
  • Mahmud al Qoshg‘ariyning mashhur kitobi “Devoni lug‘at at-turk” turkiy ensiklopediya ko‘rinishidadir. Unda umumiy tarixiy-madaniy, etnografik va tilshunoslik ma’lumotlari to‘plangan va jamlangan.

  • Qoraxoniylar davrining atoqli shoiri, donishmand va davlat arbobi Yusuf Xos Hojibning (XI asr) “Qutad-g`u bilig” (“Baxt-saodatga boshlovchi bilim”) deb nomlangan didaktik, badiiy-falsafiy asari bizgacha yetib kelgan bo`lib, boshqa asarlari ma'lum emas. “Qutadg’u bilig” - baxt-saodatga eltuvchi bilim, ta’lim degan ma’noni bildiadi.
  • Ahmad Yugnakiy (12-asr oxiri – 13-asr 1-yarmi, ?) - shoir, mutafakkir. Tarjimai holi haqida deyarli maʼlumot yoʻq. “Hibat ul-haqoyiq” (“Haqiqatlar tuhfasi”) asari bizgacha yetib kelgan. Asar o’n to’rt bobdan iborat. Asarda boshqa ta’limiy-axloqning asarlar kabi insonni barkamol etishning asosiy belgisi bu uning xush-xulqligidir, deyiladi.
  • Kaykovus 412 hijriy yilda (milodiy 1021-1022) tug’ilgan. Uning avlodlari gilon qabilasidan bo’lib, Tabaristonda (hozirda Kaspiy dengizining janubidagi hudud) yashaganlar. Kaykovus o’z hayoti davomida ko’rgan-bilganlari asosida o’zining buyuk «Qobusnoma» asarini yaratan.
  • Qobusnoma” 44 bobdan iborat. Dastlabki 4 bobi Haqni tanimoq, Paygʻambarlarning xilqati (yaratilishi), Alloh neʼmatiga shukur qilmoq haqida boʻlib, qolgan 40 bobi ota-onani hurmatlash, ilmiy bilimlarni, sanʼatni egallash, harb, savdo, dehqonchilik ishlari va hunarni oʻrganish, odob-axloq qoidalariga rioya etish, farzand tar-biyasi, saxovat va juvonmardlik kabi koʻplab masalalarni oʻz ichiga oladi.
  • Kaykovusning «Qobusnoma» asarida yoshlar tarbiyasida – juvonmardlik talablaridan eng muhimi - axloq tarbiyasi deb ko’rsatiladi.

  • Download 1.72 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling