Eng yangi tarix” fani bo`yicha II qism (1945-2010-yillar) Bakalavriat yo`nalishi: 5220200-Tarix mamlakatlar va mintaqalar bo`yicha
Kemp-Devid bitimi va uning oqibatlari
Download 1 Mb.
|
Йилларда франция-fayllar.org (2)
- Bu sahifa navigatsiya:
- 1. Umumiy tavsif
Kemp-Devid bitimi va uning oqibatlari
Arab-Isroil urushi. 70-80 yillardagi Arab mamlakatlarining ichki va tashqi siyosati. 5. Arab mamlakatlaridagi siyosiy, madaniy va ijtimoiy, iqtisodiy o`zgarishlar. Darsning maqsadi. Arab-Isroil urushi. 60-yillarning oxirida Arab mamlakatlari. 70-80 yillardagi Arab mamlakatlarining ichki va tashqi siyosati. Arab davlatlarining neft borasida olib borgan siyosati. Arab davlatlarpning 70-80 yillardagi sanoati taraqqiy etgan davlatlar bilan munosabatlari. Arab mamlakatlaridagi siyosiy, madaniy va ijtimoiy, iqtisodiy o`zgarishlar. 1. Umumiy tavsif Ikkinchi jahon urushidan keyin Arab xalqlari milliy-ozodlik kurashi yanada kuchaydi. Qator davlatlarda (Misr, Iroq, Liviya, Yaman) mustamlakachi davlatlar qo'g'irchog'iga aylanib qolgan hukmron doiralar hokimiyati ag'darildi. Dastlab Jazoir, Marokash, Tunis va Sudan kabi davlatlar mustaqillikni qo'lga kiritdilar. Chet el kapitali egallab olgan milliy boyliklar (Misrda Suvaysh kanali kompaniyasi, Iroqda neft kompaniyasi — Iroq petroleum) milliylashtirildi. Mustaqil davlatlar ijtimoiy-siyosiy ittifoqlarga qo'shilmaslik siyosatini yuritdilar. Biroq arab davlatlarining o'zaro munosabatlari o'tgan tarixiy davr mobaynida jiddiy sinovlarga duch keldi. Bu munosabat ba'zan do'stona, ba'zan raqobat, hatto dushmanlik tusini ham oldi. Ayni paytda arab davlatlarining iqtisodiy taraqqiyot darajasi ham bir xil emas. Arab davlatlarining ba'zilarida (Iroq va Suriya) uzoq vaqt yakka shaxs diktaturasi hukm surdi yoki hukm surmoqda. Falastin arab xalqi esa hamon o'z mustaqil davlatiga ega emas. Biroq bu xalq o'z davlatiga ega bo'lish yo'lida qat'iy kurash olib bormoqda. O'zbekiston Respublikasi deyarli barcha arab davlatlari bilan teng manfaatdorlik tamoyili asosida munosabatlarni rivojlantirib kelmoqda. «Yaqin Sharq muammosi» deyilganda isroil-arab munosabatlari, Isroilning bosib olgan arab davlatlari yerlarini qaytarib berishi hamda mustaqil Falastin arab davlatini tashkil etish bilan bog'liq muammolar, shuningdek, arab davlatlari va Isroilning yaxshi qo'shnichilik munosabatlari asosida yashashmasalalari tushuniladi. 1947-yil 29-noyabrda BMT Falastinda ikki davlat — Isroil yahudiy va Falastin — arab davlati tashkil etish haqida qaror qabul qildi. Versal konferensiyasidayoq (1919-yil) Buyuk Britaniya Falastinni boshqarish va u yerda yahudiylar davlatini tashkil etish mandatini olgan edi. Bu davrda Falastinda 100 mingga yaqin yahudiy yashardi. Dunyo bo'ylab tarqalib ketgan yahudiylarni bir joyga — Falastinga to'plashda ularning xalqaro tashkiloti katta roi o'ynadi. Bu tashkilot Sion tashkiloti deb ataladi. (Bu nom Falastindagi Sion tog'i nomidan olingan, bu tashkilot yahudiylarni shu atrofda to'planishga da'vat etadi.) Ayni paytda sionizm g'oyasi ham vujudga keldi. 1942-yili Falastindagi yahudiylar soni 0,5 min ga yetdi. Ulardan yaxshi harbiy tayyorgarlikka ega, AQSH va Buyuk Britaniya tomonidan zamonaviy qurollar bilan qurollantirilgan armiya tuzildi. Yahudiylar arablar uchun ajratilgan hududlarni ham ishg'ol qilib oldilar. 1948-yilning 14-mayida yahudiy sionistlar rahnamosi Ben Gurion Isroil davlati tuzilganligini e'ion qildi. Tel-Aviv shahri bu davlatning poytaxti bo'lib Yaqin Sharq muammosi qoldi. Falastin arab davlati esa tuzilmay qoldi. Buning oqibatida 1948-yil birinchi isroil - arab urushi yuz berdi. Bu urushda ishtirok etgan arab davlati armiyasi yengildi. Chunki ular qoloq, zamonaviy armiyaga ega bo'lmagan davlatlar edi. Yahudiylar Falastin arablarini o'z yerlaridan quvib chiqaraboshladilar. Buning natijasida 0,5 ming falastinlik arablar Livan davlati hududiga qochib o'tishga majbur bo'ldi. Misr, Suriya, Livan va Iordaniya Isroil bilan tinchlik shartnomasini imzolashga majbur bo'ldilar. Dunyo sionistik tashkilotlari ko'rsatgan moliyaviy yordam, Germaniyaning Isroilga to'lagan 1 mlrd. dollar miqdordagi tovoni hamda AQSH ko'rsatgan katta yordam tufayli Isroil qisqa vaqt ichida qudratli armiyaga ega davlatga aylandi. Yaqin Sharq strategik xomashyo — neftga boy o'ika. U yerda jahon neft zaxirasining 50 foizi mavjud. AQSH bu o'ikani o'z hayotiy manfaati doirasiga kiritgan. Ayni paytda unga bu hududda ishonchli ittifoqchi ham zarur edi. Isroilni ana shu ittifoqchilikka eng mos davlat sifatida tanladi. Arab davlatlari esa qoloqligicha qolaverdi. Buning ustiga arab davlatlari o'rtasida mustahkam ittifoq ham yo'q edi. Buning asosiy sababi mustamlakachi davlatlarning arablarga mustaqillik berish davrida bir arab davlati hududining bir qismini ikkinchi arab davlati hududiga qo'shib yuborganligi edi. Ikkinchidan, Saudiya Arabistoni, Iroq (1958-yilgacha), Iordaniya davlatlarida hukmron sulolalar o'zaro nizoda edilar. Livanda esa davlat boshqaruvi diniy jamoachilik tamoyiliga asoslanganligi uchun ularning har biri o'z manfaatini umumarab manfaatidan ustun qo'yardilar. Yaqin Sharq muammosi Buyuk Britaniya va Fransiyani ham befarq qoldirmadi. Bu ikki davlat ham Yaqin Sharqdagi manfaatlaridan voz kechishni aslo istamas edi. Ular arab davlatlarida hokimiyat tepasida o'zlariga sodiq hukumatlarning turishi uchun barcha choralarni ko'rdi. Manfaatlariga katta xavf tug'ilgan paytda ular agressiya uyushtirishdan ham tap tortmadilar. Chunonchi, 1956-yilda shunday bo'ldi. Shu yil oktabr oyida Buyuk Britaniya, Fransiya va Isroil Misrga qarshi agressiya uyushtirdilar. Faqatgina SSSRning Yaqin Sharqda tinchlikni tiklash uchun zarur bo'lsa kuch ishlatishga tayyor ekanligi haqidagi qattiq bayonoti agressiyani to'xtatishga majbur etdi. Falastin arab xalqi kurashini to'xtatgani yo'q. 1964-yilda Livan hududida Falastin ozodlik Tashkiloti (FOT) tuzildi. Bu tashkilot o'z oldiga mustaqil Falastin davlatini tuzish vazifasini qo'ydi. Tez orada u 15 minglik yaxshi tayyorgarlik ko'rgan armiyaga ega bo`ldi. 1967-yilning 5-iyunida Isroil Misrga yana hujum qildi. Bu urushda Misr armiyasiga juda katta talafot yetkazildi. Urush 6 kun davom etdi. Shu davr Arab — Isroil munosabatlarining keyingi ahvoli ichida Isroil o'z hududidan 2 baravar katta bo'lgan arab davlatlari hududlarini bosib oldi. Bu hududlar keyinchalik anneksiya ham qilina boshlandi. Misr Sinay yarim orolini, Suriya Jo'lan tepaligini, Iordaniya esa Iordan daryosining g'arbiy qirg'og'ini boy berdi. SSSR 10 yil davomida Misr va Suriyaga yetkazib bergan harbiy texnikaning deyarli barchasi Isroil qo'liga o'tdi. G'azo sektori va Falastin davlati poytaxti bo'lishi kerak bo'lgan Quddus shahrini ham (arablar yashaydigan qismi) Isroil egalladi. Bu mag'lubiyat boshqa arab davlatlarini tashvishga solib qo'ydi. 1967-yil Sudanda arab davlatlari rahbarlarining oliy darajadagi uchrashuvi o'tkazildi. Uchrashuvda Isroil bilan muzokara o'tkazmaslik; Isroilni tan olmaslik va u bilan sйparвt tinchlik shartnomasini imzolamaslik haqida qaror qabul qilindi. Ayni paytda, agar Isroil davlati Falastin arab xalqiga o'z davlatini tuzish imkonini bersa hamda bosib olingan yerlarni qaytarsa, bu qarorni bekor qilish mumkinligini qayd etdi. Isroil ittifoqchilari ham qo'l qovushtirib o'tirmadi, albatta. Ular Isroilga katta miqdorda yordam ko'rsatishni davom ettirdilar. 1969— 1979-yillar oralig'idagi 10 yil ichida Isroil 20 mlrd dollarlik yordam oldi. Hukumat bosib olingan hududlarga yahudiylarni joylashtirish siyosatini yuritdi. Arab davlatlari ham o'zlarining harbiy salohiyatlarini mustahkamlash choralarini ko'rdilar. SSSR ularga'zarur harbiy texnika yetkazib berdi. 1973-yil 6-oktabrda yana arab — isroil urushi boshlandi. Shu kuni Misr- Suriya armiyasi Isroilga hujum qildi. Arab qurolli kuchlari birinchi bor Isroilni og'ir ahvolga solib qo'ydi. Ayni paytda FOTning xalqaro obro'si oshib bordi. 1974-yilda arab davlatlari uni falastin arab xalqining yagona vakili, deb tan oldilar. FOTga BMTda kuzatuvchi maqomi berildi. Download 1 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling