Entomologiya fanining rivojlanish tarixi, vazifalari va ahamiyati


Download 363.15 Kb.
bet11/26
Sana20.06.2023
Hajmi363.15 Kb.
#1628288
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   26
Bog'liq
yakuniy 22222222

Hasharotlarning oyog‘i. Hasharotlarning oyog‘i ko‘kragining ostki tomonida, har qaysi segmentga bir juftdan joylashadi. Ko‘krakning oldingi qismida joylashgan oyoqlari oldingi juft oyoqlar deb ataladi. Ko‘krakning o‘rtasida joylashganlari o‘rta oyoqlar yoki ikkinchi juft oyoqlar va ko‘krakdan keyinda joylashganlari keyingi yoki uchinchi juft oyoqlar deb ataladi. Voyaga yetgan hamma hasharotlarning oyog‘i uch juft bo‘lib, ular hasharotlar (Insecta) yoki olti oyoqlilar (Hexapoda) deb ham ataladi.
Hasharotlarning oyoq bo‘g‘imlari tos, o‘ynog‘ich, son, boldir, panjalardan iborat bo‘ladi. Hasharotlarning oyog‘i kattakichik va shakliga qarab xilma-xil bo‘ladi. Bunday xilmaxillik ularning yashash tarziga bog‘liq bo‘ladi va funksiyasi ham o‘zgarib turadi.
Barcha hasharotlarning oyog‘i tuzilishiga ko‘ra quyidagi guruhlarga bo‘linadi:
Sakrovchi oyoqlar. Bunday oyoqlarning son qismi yo‘g‘onlashgan bo‘lib, orqa juft oyoqlarigina sakrovchi bo‘ladi.
Suzuvchi oyoqlar. Hamma qismi, boldir panjasi keng va yassi bo‘ladi. Suzuvchi oyoqlarning ayrim qismlari, jumladan, barmoq yuzasi ularning qirrasiga joylashgan tukchalar tufayli juda kengayadi.
Aksariyat hollarda keyingi juft oyoqlar, ayrim hollarda o‘rta juft oyoqlar ham suzuvchi bo‘ladi.
Ular oyoqlarining har qaysisi ham bir vaqtda harakat qiladi.
Yuguruvchi oyoqlar. Boldiri va panjasi uzun va ingichka, yuguruvchi bo‘ladi.
Tutuvchi oyoqlar. Tutuvchi oyoqlar sonida uzunasiga
ketgan chuqur ariqcha bo‘ladi. Bu ariqchaga boldir joylashadi,
natijada tutilgan o‘ljani kesish va qisish jarayoni amalga oshadi.
Tutuvchi oyoqlarning boldiri va sonining tanaga qaragan ichki
chekkasida, odatda, yirik tishlar bo‘ladi. Ularning vazifasi
tutilgan o‘ljani ushlab turishdan iborat. Lekin, ayrim hollarda,
tutuvchi oyoqlarda bunday tishlar bo‘lmasligi ham mumkin.
Masalan, suv qandalasi (Naucoris)ning oyoqlarida bunday tishlar
bo‘lmaydi. Ko‘p hollarda esa oldingi oyoqlar tutuvchi vazifasini
ham bajaradi.
Yopishuvchi oyoqlar. Kaftida panjasi juda kengaygan ayrim
bo‘g‘imlarga bo‘linib, bu bo‘g‘imlarda kuchli so‘rg‘ichlar bor.
Yig‘uvchi yoki savatchali oyoqlar. Metatarzusi va boldiri
juda kengaygan va boldirining tashqariga qaragan yuzasi chuqur
bo‘lib, boldir va panjasi tuk bilan qoplangan, odatda, keyingi
oyoqlar yig‘uvchi bo‘lib, gul changini yig‘ishga moslashgan. Qazuvchi oyoqlar. Bularning boldiri keng va yassi bo‘ladi. Boldir uchida baquvvat, yirik tishlar bor.Qazuvchilar oyog‘ining barmoqlari kalta, ayrimlarida mutlaqo yo‘qolib ketgan. Hasharotlarning ko‘kragida, qanot va oyoqlarida
har xil o‘simtalar bo‘lib, ular yer qazishda va dushmandan himoyalanishda va hujum qilishda ishlatiladi. Bunday o‘simtalar hasharotlarning bosh qismida ham bo‘lishi mumkin, masalan, shoxli qo‘ng‘iz (Oryctes nasicornis)ning boshida shoxsimon o‘simtasi bor.

Download 363.15 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   26




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling