Epidemiologiyadan


Download 1.67 Mb.
Pdf ko'rish
bet79/173
Sana30.10.2023
Hajmi1.67 Mb.
#1733641
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   173
Bog'liq
1-Эпид-амал.машг.

Yillik reja tasviri 
№ 
Chora- 
tadbirlar 
Bajaruvchilar 
Bajarilish 
muddati 
Bajarilganlik 
to’g’risida belgi 
Eslatma 


115 
Kvartal reja - DSENM bo’limlarini rejalashtirish uchun tuziladi. Bu reja 
hamma chora-tadbirlarni aniq izohlab beradi. Kvartal reja yillik rejaga to’g’ri 
kelishi kerak. Kvartal reja ishi DSENM bosh vrachi tomonidan tasdiqlanadi. 
Xususiy rejada har bir xodim reja-grafik ishini ma’lum davrga tuzadi. 
Xususiy reja aniq bo’lishi kerak. Unda kuzatish muddati, kuzatish turi, ya’ni 
instrumental va laboratoriya usuli bilan kuzatishning borish natijalari belgilangan 
bo’lishi kerak. 
 
DSENMning majmuaviy ish rejasi 
Sog’lomlashtirish chora-tadbirlarini majmuaviy reja topshiriqlari DSENM 
ishini asosiy turlari bo’ladi. Bu rejalar ma’lum bir joyda yoki ma’muriy hududda 
sanitariya-gigiyenik va epidemiyaga qarshi chora-tadbirlar o’tkazishga, yuqumli 
kasalliklar bilan kasallanishning oldini olish, kamaytirish va butunlay yo’q qilishga 
qaratilgan. 
Bundan tashqari, bu rejani bajarishda tibbiyot xodimlari bilan bir qatorda 
boshqa mustaqil korxona va muassasalar ishtirok etishadi (har xil xo’jaliklar va 
boshqalar). 


116 
MAVZU 10. OPERATIV EPIDEMIOLOGIK TAHLIL 
Operativ epidemiologik tahlil epidemiologik diagnostika usuli hisoblanadi. 
Bu esa aholi o’rtasida qisqa yoki bir aniq vaqt ichida epidemik jarayonning 
o’zgarishlarini aniqlashga qaratilgan. Operativ epidemiologik tahlilning vazifalari 
quyidagilardan iborat: 
a) epidemik jarayonga ta’sir qiluvchi asosiy sabab va sharoitlarning 
o’zgarishini o’z vaqtida aniqlash
b) tasodifiy epizodik avj olishlarni o’z vaqtida aniqlash va ularning oldini 
olish uchun zudlik bilan chora-tadbirlar o’tkazish. 
Operativ epidemiologik tahlil epidemiologning diagnostika sohasidagi 
murakkab tahlil turlaridan biri hisoblanadi. 
Uning murakkabligi quyidagilarga bog’liq: 
- epidemik jarayonning qisqa vaqtda o’zgarishi; 
- alohida jamoalarda epidemik jarayonning har xilda namoyon bo’lishi; 
- aholining har xil hududlarda joylashganligi va ularning kasallanish 
hollarining o’zgarishi juda ko’p hodisalarga bog’liqligi. 
Operativ tahlil natijalarida kasallikning qonuniy o’zgarish sabablari 
aniqlanadi. 
Operativ epidemiologik tahlil natijalari axborot ma’lumotlariga bog’liq. 
Operativ tahlil axborotining asosi bo’lib yuqumli kasallik to’g’risidagi diagnoz 
hisoblanadi. Yuqumli kasallik diagnozi oldindan to’g’ri aniqlangan bo’lishi kerak. 
Bemorlar haqidagi axborotni davolash va profilaktika muassasalari xodimlari 
beradilar. Sanitariya-epidemiologiya muassasalari mutaxassislari ko’shimcha 
ma’lumotlar olish uchun kasallik sabablari to’g’risidagi farazni tekshirishda 
qatnashadilar. Operativ epidemiologik tahlil axboroti tarkibiga quyidagi 
ma’lumotlar kiradi: 
1. Bemor haqida ma’lumot. 
2. Diagnoz. 
3. Kasallikning boshlangan vaqti. 
4. Murojaat etgan kuni. 
5. Kasallik belgilarining epidemiologik ahamiyati. 
6. Bemorning bir joydan ikkinchi joyga ko’chgani haqida ma’lumot. 
7. Yashash va ishlash (o’qish) sharoiti haqida ma’lumot. 
Bemorlar to’g’risidaga ma’lumot davolash va profilaktika muassasalaridan 
telefon orqali yoki pochta orqali DSENMga yuborilishi kerak. DSENMda 
bemorlar to’g’risida ma’lumot yig’adigan maxsus markaz tashkil etiladi. 24 soat 
ichida aniqlangan bemorlarning ma’lumoti, kunlik byulletenga beriladi. Bemorlar 
aniqlangan hududi, yoshi, jinsi, ijtimoiy kasbiga qarab belgilanadi. Kunlik 
ma’lumotlar haftalik byulleten yig’ish maqsadida to’planadi. Kunlik ma’lumotlar 
absolyut sonlarda ko’rsatilib, ro’yxat qilinadi. Haftalik va oylik ma’lumotlar 1000 
nafar aholiga nisbatan kasallik ko’rsatkichi ro’yxat qilinadi. 
Operativ tahlil uchun epidemiologik jihatdan muhim bo’lgan joyning 
sanitariya-gigiyenik ahvolini bilish kerak. Masalan, ichak infeksiyasi tahlili uchun 


117 
oziq-ovqat muassasalarining sanitariya-gigiyenik, texnik holatini, umumiy 
ovqatlanish joylarining ahvoli, oziq-ovqat mahsulotlari sifati, suv ta’minoti va 
boshqalarni aniqlash kerak. 

Download 1.67 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   173




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling