Epidemiologiyadan


II. Analitik (tahliliy) epidemiologiya usuli


Download 1.67 Mb.
Pdf ko'rish
bet15/173
Sana30.10.2023
Hajmi1.67 Mb.
#1733641
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   173
Bog'liq
1-Эпид-амал.машг.

II. Analitik (tahliliy) epidemiologiya usuli. Kasallikning paydo bo’lishiga 
va tarqalishiga sabab bo’lgan deb faraz qilingan omillar bilan epidemik jarayon 
o’rtasidagi sababiy bog’lanishlarni tekshiradigan epidemiologik usul bo’lib, bu 
usulni qo’llashdan asosiy maqsad, tasviriy baholash usuli yordamida aniqlangan 
kasallikning kelib chiqishi va tarqalishiga sabab bo’lishi mumkin bo’lgan omillar 
va shart-sharoitlar haqida qilingan farazning to’g’ri yoki noto’g’ri ekanligini 
isbotlashdir. 
Analitik (tahliliy) epidemiologiyaning asosiy maqsadi kasallikning kelib 
chiqishi va tarqalishi uchun sabab bo’lishi mumkin bo’lgan xavfli omillar haqidagi 


26 
farazni tekshirib, aniqlab ko’rishdan iboratdir. Analitik (taxliliy) epidemiologiyada 
asosan ikki xil tekshiruv usuli qo’llaniladi: 
1. "Tasodif-nazorat" tekshiruv usuli, bu usul tekshirilayotgan kasallik 
o’chog’idagi kasallangan yoki kasallanmagan (nazoratdagi guruh) kishilarni 
so’rab-surishtirish natijasida to’plangan ma’lumotlarga asoslanadi va keyinchalik 
bu ma’lumotlarni bir-biriga solishtirib ko’rish tufayli tekshirilayotgan omilning 
qaysi guruhga ko’proq ta’sir etganligi aniqlanadi. 
2. Kogort tekshiruv usuli - bu usul bilan tekshirilganda o’rganiladigan 
omilning ta’siri uzoq yoki qisqa davom etishiga qarab aholini guruhlarga (kogort, 
jamoa) ajratilib, Shu guruhlarda kasallikning qanday tarqalganligiga baho beriladi. 
Masalan, yoshi 50-69 da bo’lgan kishilarni 44 oy davomida tekshirib turilganda, 
tamaki chekuvchilar guruhida o’pka raki kasalligi ko’rsatkichi 100 000 kishiga 
127,2 bo’lgan, chekmaydiganlar guruhida bu ko’rsatkich 12,8 ni tashkil etgan. Bu 
o’rinda tamaki chekish o’pka rakini keltirib chiqarishdagi sababiy omil deb qarash 
mumkin, ammo shu ikkala guruh ham boshqa barcha shart-sharoitlari bilan bir-
biridan farq qilmaydigan bo’lsagina, bu omil asosiy sababiy omil deb qaralishi 
mumkin. 
Bitta epidemiologik tekshiruvda bir nechta tekshiruv usullari, jumladan
"tasodif-nazorat", kogort va boshqa usullar qo’llanilishi mumkin, bu usullarning 
biri ikkinchisini to’ldiradi. 

Download 1.67 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   173




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling