Epidemiologiyadan


IV. Prognostik epidemiologiya va prognostik epidemiologiya usullari


Download 1.67 Mb.
Pdf ko'rish
bet17/173
Sana30.10.2023
Hajmi1.67 Mb.
#1733641
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   173
Bog'liq
1-Эпид-амал.машг.

IV. Prognostik epidemiologiya va prognostik epidemiologiya usullari 
nisbatan yangi bo’lib, yaqinda tashkil topa boshladi. Bu usulni qo’llashda ikki xil 
yo’nalish mavjud: 
a) bo’lib o’tgan yoki kuzatilgan kasalliklarning tahlili natijalarini rasmiy-
matematik modellashtirish yo’li bilan kasallikning kelajakda qanday darajada 
tarqalishi mumkin ekanligini oldindan aniqlab berish. 
b) deterministik modellashtirish usuli - bu usul kasallikning kelib chiqishi va 
tarqalishi uchun zarur bo’lgan sabablar va shart-sharoitlarning o’zgarishi 
ehtimollarini tahlil qilib, Shunga binoan kasallikning bundan keyingi davrda 
qanday darajada uchrashi mumkinligini oldindan aniqlab olishga asoslangan. Bu 
usulni qo’llash tekshirilayotgan kasallikning kelib chiqish va tarqalish sabablari 
yaxshi o’rganilgan holdagina ko’ngildagidek natija beradi. 
Epidemiologik diagnoz 
Epidemiologik diagnozning asosan ikki xil usuli mavjud: 
1. Kasallik o’chog’ida o’tkaziladigan epidemiologik tekshiruv. 
2. Epidemiologik tahlil. 
4-jadval.
Epidemiologik diagnostika usullari 
 
Kasallik o’chog’ida 
o’tkaziladigan 
epidemiologik tekshiruv 
Epidemiologik tahlil 
Yakka 
holda 
uchraydiga
n kasallik 
o’choqlarin
i tekshirish 
Bir necha yoki 
bir guruh 
kasallar 
uchragan 
o’choqlarni 
tekshirish. 
Prognostik 
epidemiologik 
tahlil -
epidemiologik 
razvedka 
Operativ yoki 
kundalik 
epidemiologik 
tahlil 
Retrospektiv 
yoki o’tmishga 
asoslanib 
qilinadigan 
epidemiologik 
tahlil 
Kasallik o’chog’ida o’tkaziladigan epidemiologik tekshirish. Yuqumli 
kasallik o’chog’ida epidemiyaga qarshi olib boriladigan chora-tadbirlarning 
samarasi, kasallangan odamni aniqlash hamda uni atrofdagilardan ajratib qo’yish 
muddatiga, kasallikning paydo bo’lish va boshqalarga yuqish sabablarini 
aniqlashga bog’liq bo’ladi. Yuqumli kasal yoki bakteriya tashuvchi aniqlangan 
holda kasallik o’chog’i qaerda bo’lishidan qat’iy nazar (oilada, xonada, uyushgan 
guruhlarda) bemorning o’ziga nisbatan, unga yaqin yurgan kishilarga hamda 
atrofdagi vaziyatga taalluqli chora-tadbirlar ko’riladi. Shu chora-tadbirlarni 
rejalashtirish uchun, kasallik o’chog’ida epidemiologik tekshirish o’tkaziladi. 
Epidemiologik tekshirishning maqsadi: 
a) gumon qilingan infeksiya manbaini va uning yuqish yo’llarini aniqlash; 


28 
b) kasallik qo’zg’atuvchisini yuqtirishda qatnashadigan omillarni aniqlash; 
v) kasallik o’chog’ining chegaralarini belgilash; 
g) zararsizlantirilishi lozim bo’lgan atrof-muhit obektlarini aniqlash; 
d) kasallik yuqish xavfi bo’lgan shaxslarni, shuningdek tibbiyot xodimlari 
kuzatuviga muhtoj, ayrim hollarda esa ajratib qo’yilishi lozim bo’lgan shaxslarni 
aniqlash; 
e) kasallik o’chog’ini tugatish bo’yicha tadbirlar rejasini tuzish. 
Sanitariya-epidemiologiya xizmati xodimlari bemor yoki bakteriya tashuvchi 
haqida "shoshilinch bildirish xati (№ 058 hisob shakli)" olinishi bilan 
epidemiologik tekshirishni boshlaydilar. 
Epidemiologik tekshirishni asosan epidemiolog vrachlar yoki ularning 
yordamchilari o’tkazadilar, ba’zi hollarda vaziyatga qarab sanitariya vrachlari yoki 
boshqa soha xodimlari jalb qilinishi mumkin. 

Download 1.67 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   173




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling