Epidemiologiyadan


III. Epidemiologik tajriba (eksperimental) usullari


Download 1.67 Mb.
Pdf ko'rish
bet16/173
Sana30.10.2023
Hajmi1.67 Mb.
#1733641
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   173
Bog'liq
1-Эпид-амал.машг.

III. Epidemiologik tajriba (eksperimental) usullari. Eksperimental 
epidemiologiya, epidemiologik tajribaning epidemiologik kuzatuvdan farqi 
shundaki, epidemiologik tajribada, epidemik jarayonning tabiiy yoki o’z holicha 
rivojlanishiga qo’shimcha ravishda ta’sir qiluvchi biron hodisa qo’shilishi tufayli 
epidemik jarayonning rivojlanishida sodir bo’ladigan o’zgarishlar tushuniladi. 
Epidemiologik tajriba o’tkazish maqsadida aholi o’rtasida yuqumli 
kasalliklarni sun’iy ravishda tarqatish mumkin emas, bunday tajribaga ruxsat 
berilmagan, ammo epidemiologik tajribalar biron bir falokat yoki fojia tufayli yuz 
beradigan hollarda o’tkazilishi mumkin. Bunday tajribalarga Chernobilda 
(Belorusiya, 1993 y.) yuz bergan atomelektr stansiyasi falokatida nurlar ta’sirida 
kasallangan bemorlar ustidan olib borilgan epidemiologik tajribalar yoki Xirosima 
shahrida (Yaponiya, 1946 y.) qo’llanilgan yadro quroli ta’sirida paydo bo’lgan 
bemorlar ustidan olib borilgan tajribalar misol bo’la oladi. 
Epidemiologik tajriba o’tkazish natijasida epidemik jarayonning kelib 
chiqishi va tarqalishidagi sababiy bog’lanishlar aniqlanadi. 
Epidemiologik tajriba ba’zan epidemik jarayonga o’xshash jarayonni sun’iy 
yo’l bilan paydo qilish tufayli ham sodir bo’lishi mumkin. 
Masalan, yuqumli ichak kasalliklari qo’zg’atuvchilarining odam organizmida 
va tashqi muhitda qanday tarqalishini o’rganish maqsadida sog’lom kishilarga "M-
17" markali bakteriya yoki bakteriofag ichiriladi va keyinchalik bu 
bakteriyalarning sog’lom kishilar organizmida va tashqi muhitda tarqalish yo’llari 
kuzatiladi. 
Epidemiologik tekshiruvlar natijasida olingan ma’lumotlarning aniqligi 
tekshirish o’tkazilayotgan aholi guruhlari va taqqoslash uchun olingan aholi 


27 
guruhlarining bir-biriga tekshirilayotgan belgidan tashqari hamma belgilarning 
qanchalik o’xshashligiga bog’liq. 

Download 1.67 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   173




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling