Epidemiologiyadan


Download 1.67 Mb.
Pdf ko'rish
bet24/173
Sana30.10.2023
Hajmi1.67 Mb.
#1733641
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   173
Bog'liq
1-Эпид-амал.машг.

Axborot uchun ma’lumot 
Yuqumli kasalliklarning oldini olish va epidemiyaga qarshi kurashish chora-
tadbirlar usuli. 
Epidemiyaga qarshi chora-tadbirlar bu hozirgi zamon ilm-fanining 
rivojlanishiga asoslanib tuzilgan va yuqumli kasalliklarning oldini olishga 
qaratilgan chora-tadbirlar yig’indisidir. Yuqumli kasalliklarning oldini olishga 
qaratilgan chora-tadbirlarni profilaktik tadbirlar deyiladi, epidemik o’choqni 
yo’qotishga qaratilgan chora-tadbirlar esa epidemiyaga qarshi qaratilgan tadbirlar 
deyiladi. 
Bunday aniqlash nisbiy bo’lib, haqiqatda esa barcha guruhdagi tadbirlar 
kasalliklarning oldini olishga qaratilgan bo’ladi. Profilaktik chora-tadbirlar bu 
kelajakda yuqumli kasalliklarning faqatgina oldini olish bo’lmay, balki 


36 
kasalliklarning 
kamayishini 
ham taqozo qiladi. Epidemiya o’chog’ida 
qo’llaniladigan chora-tadbirlar o’z ichiga profilaktik tadbirlarni ham oladi, chunki 
u yuqumli kasallik tarqalgan joyda yangi kasalliklarning oldini olishga 
qaratilgandir. 
Turli mualliflar epidemiyaga qarshi qaratilgan chora-tadbirlar ro’yxatini, 
uning tarkibiga, har bir qo’llaniladigan tadbirlarning yo’nalishiga va bo’lingan 
guruhlarga asosan qo’llaydilar. 
Epidemiyaga qarshi kurashish xizmatining tarkibiga, ba’zida turli 
epidemiyaga 
qarshi 
qaratilgan chora-tadbirlar tavsiya 
qilingani tufayli 
epidemiologik diagnostika yoki epidemiyaga qarshi kurashishni boshqarish ham 
epidemiyaga qarshi qaratilgan chora-tadbirlar ro’yxatiga kiradi. 
Shunday qilib, epidemiyaga qarshi qaratilgan diagnostik yo’nalishlar 
quyidagicha: 
sanitariya-epidemiologik 
kuzatishlar, 
epidemiologik 
tahlil 
(retrospektiv va operativ), epidemiya o’chog’ida olib boriladigan epidemiologik 
tekshirish, ularni boshqarish, epidemiyaga qarshi kurashishni tashkil qilish, chora-
tadbirlarni 
rejalash, 
sanitariya 
va 
epidemiologiya 
muassasalari 
va 
mutaxassislarining ish sifatini aniqlash. 
Epidemiyaga qarshi chora-tadbirlarning mazmuni, guruhi asosiy ahamiyatga 
ega. Epidemiyaga qarshi qo’llaniladigan chora-tadbirlar epidemik jarayonning 
rivojlanishi uchun shart bo’lgan uchta omilga qaratilgan bo’lishi lozim (10-jadval). 
10-jadval

Download 1.67 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   173




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling