Epidemiologiyadan


Download 1.67 Mb.
Pdf ko'rish
bet32/173
Sana30.10.2023
Hajmi1.67 Mb.
#1733641
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   173
Bog'liq
1-Эпид-амал.машг.

 
 


46 
Epidemiyaga qarshi kurashish tizimida sanitariya-epidemiologiya 
xizmati 
O’zbekiston sog’liqni saqlash tizimida 225 ta DSENM bo’lib, bulardan 
Respublika DSENMlari - 2, viloyatlar - 12, Toshkent shahar -1, tumanlarga 
bo’lingan shahar DSENMlari – 18 ta, qishloq tumanlarida 149 ta, tumanlarga 
bo’linmagan shahar DSENMlari -39 tadir. Xizmat ko’rsatiladigan aholining soniga 
qarab, DSENMlar shtatlari belgilanadi. Turli Davlat sanitariya epidemiologiya 
nazorati markazlarini tabaqalashtirish ko’zda tutilgan: I, II va III tabaqalar tuman, 
shahar va viloyat DSENMlari uchun; I, II, III va IV tabaqalar Respublika DSENM 
lari uchun. 
Davlat sanitariya epidemiologiya nazorati markazi tabaqalari 
I tabaqa - 600 mingdan to 800 minggacha bo’lgan aholiga xizmat 
ko’rsatiladigan. 
II tabaqa - 400 mingdan to 600 minggacha bo’lgan aholiga xizmat 
ko’rsatadigan. 
III tabaqa - 400 minggacha bo’lgan aholiga xizmat ko’rsatadi. 
Barcha sathlardagi DSENMlar bir xil tuzilishga ega. Ular tarkibiga sanitariya-
gigiyena, epidemiologiya bo’limlari kiradi. 
Sanitariya-gigiyena bo’limiga kommunal gigiyena, mehnat gigiyenasi, 
ovqatlanish gigiyenasi, bolalar va o’smirlar gigiyenasi bo’limlari. 
Epidemiologiya bo’limi epidemiyaga qarshi kurashish bo’linmasi 
parazitologiya bo’linmasi, immunologiya bo’limi va bakteriologik laboratoriyadan 
tashkil topgan bo’lib, bu bo’limlarda epidemiolog, parazitolog, entomolog, 
immunolog vrachlar va ularning yordamchilari xizmat qiladilar. Har bir sohadagi 
mutaxassislar o’z navbatida yana yuqumli ichak kasalliklari epidemiologiyasi, 
havo-tomchi yo’li bilan o’tadigan kasalliklar epidemiologiyasi, o’ta xavfli yuqumli 
kasalliklar epidemiologiyasi, emlash profilaktikasi bilan shug’ullanuvchi 
epidemiologlarga bo’linadi. Mikrobiologlar ham bakteriologlar, virusologlar, 
serologlar kabi mutaxassisliklarga bo’linadilar. Parazitologiya bo’linmasida 
gelmintolog, parazitolog, entomolog va hu singari boshqa mutaxassisliklarga 
mansub bo’lgan kishilar xizmat qiladilar. 
Epidemiologiya xizmatini Respublika Davlat Bosh sanitariya vrachi 
boshqaradi, ayni paytda u sog’liqni saqlash vazirining o’rinbosari ham hisoblanadi. 
Muxtor Respublikalarda Davlat Bosh sanitariya vrachi muxtor respublika sog’liqni 
saqlash vazirining o’rinbosari, o’lka, viloyat, shahar va tumanlarda mos ravishda 
o’lka, viloyat, shahar va tuman Davlat Bosh sanitariya vrachlari tomonidan 
boshqariladi. 
DSENMlar ikki xil boshqaruvchiga bo’ysunadi: ma’muriy masalalar bo’yicha 
tegishli yuqori sog’liqni saqlash, ya’ni tuman sog’liqni saqlash bo’limiga, Davlat 
sanitariya nazorati faoliyati bo’yicha yuqori sanitariya epidemiologiya xizmati 
organlariga yoki idoralariga bo’ysunadi. DSENMning barcha faoliyatlari sog’liqni 
saqlash tizimidagi tashkilot va idoralar bilan yaqin aloqada olib boriladi. 


47 
Sanitariya epidemiologaya xizmatida 
boshqarishning tuzilishi 
Boshqarish 
sathi 

Sog’liqni saqlash vazirligi Davlat sanitariya 
epidemiologiya nazorati Departamenti 


Respublika DSENMi
IV 

Viloyat, o’lka, muxtor Respublika DSENMi 
III 

Tumanlarga bo’lingan shahar DSENMi 
II 

Tumanlarga bo’linmagan shahar DSENMi 
II 

Shahardagi tuman DSENMi 


qishloq tuman DSENMi 

Tumanlarga bo’lingan davlat sanitariya epidemiologiya nazorati markazlari II 
sathdan dastavval tashkiliy - metodik ishlarni tanlangan holda davlat sanitariya 
nazoratini amalga oshiradi. Shahardagi tuman DSENMlari hamisha shahar davlat 
sanitariya epidemiologiya nazorati markaziga bo’ysunadilar. 

Download 1.67 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   173




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling