Epidemiologiyadan
Kemiruvchilarda topilgan yuqumli kasalliklar
Download 1.67 Mb. Pdf ko'rish
|
1-Эпид-амал.машг.
Kemiruvchilarda topilgan yuqumli kasalliklar
Toun Lentospiroz O’lat Teri leyshmaniozi Yirik qumsichqon + + Qizildumli qumsichqon + + Choshgoh qumsichqon + Qo’ng’ir qumsichqon + + Oq quyon + Kulrang quyon + Uy sichqon + Dalasichqon + Ondatra + Yirik dalasichqon + Suv kalamush + + + Tarabagan sug’uri + Mayda yumronqoziq O’lat qo’zg’atuvchilari manbai sifatidagi kemiruvchilarning rolini adabiyotlarda to’laroq yoritilgan. O’lat - zoonoz guruhiga kiruvchi o’ta yuqumli kasallik bo’lib, bezli (bubon) septik va o’pka shakllarida kechadi. O’pka shakli havo orqali yuqadi. O’lat chala yoki kechikib o’tkazilgan chora-tadbirlar holatida katta o’lim berishi hamda epidemiya, hatto pandemiyaga aylanishi mumkin. O’ta xavfli (o’ta yuqumli) deb ataluvchi karantin infeksiyalar guruhiga kiradi. Dastavval kalamush, so’ngra tarbagan sug’uri, yumronqoziq, qumsichqon hamda boshqa kemiruvchilar o’latning manbai ekanligi isbotlangan. Uy hayvonlaridan tuyalar va muShuklarning o’lat bilan kasallanishi aniqlangan. Tabiiy o’choqlarda o’lat qo’zg’atuvchilarining tarqatuvchilari (burgalar) va kasallik manbai oralarida o’zaro bog’liqlik munosabati vujudga keladi. O’lat enzootiyasi tabiiy o’choqlarda muntazam kechadigan kemiruvchilar epizootiyasi va uning tarqalishi hisobiga mavjuddir. Mavsum oraliq davrida infeksiya asosan qish uyqusiga ketuvchi kemiruvchilar burgalar organizmida saqlanib turadi. Infeksiyaning asosiy manbai bo’lib, insonning uy hamda xo’jalik faoliyatiga aloqador bo’lgan kemiruvchilarning turlari xizmat kiladi. Kalamushlar to’plangan joyda o’lat epizootiyasi vujudga kelsa, insonlar yashash joyida qam o’lat tarqaladi. Insonlar kalamush burgalarining chaqishi natijasida kasallanadilar. 64 Qo’zg’atuvchilarning ko’zga ko’rinmas teri orqali o’ta olishi xususiyati tufayli o’latning bezli shakli insonga infeksiyaning manbai bilan muloqoti orqali ham yuqishi mumkin. Bu holat, ya’ni ushbu mexanizm asosan kemiruvchilarni (yumronqoziq, sug’urlar) ov qiluvchilar, ularning terilarini qayta ishlovchilar, kosiblar yoki qishloq xo’jalik ekinlari zararkunandalari sifatida qirg’in qilish paytlarida yuzaga keladi. O’lat bilan kasallangan tuya so’yilganda, terisi shilinganda, go’shti nimtalanganda ham bevosita muloqot yo’li bilan odamlarga o’tishi mumkin. Bunda ifloslangan qo’l orqali infeksiya konyuktivaga, og’iz va burun shilliq pardasiga kirishi sodir bo’ladi. Shunday qilib, teri (bubon) o’lati yuqishining asosiy mexanizmi - zararlangan burganing chaqishi hisoblanadi. O’latning profilaktikasida asosan tabiiy o’choqlarda odamlarga infeksiyaning yuqishiga yo’l qo’ymaslik hamda chet mamlakatlardan infeksiyani olib kelinmasligiga erishish lozim. Download 1.67 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling