Epidemiologiyadan
Download 1.67 Mb. Pdf ko'rish
|
1-Эпид-амал.машг.
Axborot uchun ma’lumot Epizootik jarayon bu qo’zg’atuvchi - parazit va hayvon organizmi muloqotining populyatsion darajadagi o’zaro ta’sirining mahsuli bo’lib, hayvonlarda uchraydigan yakka yoki ko’plab hamda yaqqolmas shaklda kuzatiladigan yuqumli kasalliklar sifatida namoyon bo’ladi. Uy hayvonlaridagi epizootik jarayon uchun ijtimoiy va tabiiy sharoitlarning mavjudligi zarur bo’lsa, yovvoyi xayvonlardagi epizootik jarayon uchun tabiiy sharoitlar asosiy rol o’ynaydi. Epizootik jarayon quyidagi 3 tarkibiy qismdan iborat: 1. Epizootik jarayonning biologik, ekologik, tabiiy omillar: 2. Zoonoz kasalliklarda epizootik jarayonning rivojlanish mexanizmi, kasallik manbai, yuqish mexanizmi, moyil organizm.: 3. Epizootik jarayonning namoyon bo’lishi. Zoonozlarning qo’zg’atuvchilari tabiatda hayvonlar orasida muttasil passaj etilishi hisobiga, ya’ni epizootik jarayon tufayli saqlanib turadi. Epidemik jarayon esa zoonoz kasalliklar qo’zg’atuvchilarining inson organizmiga yuqishi orqali vujudga keladi. Shunga ko’ra zoonozlarda epidemik jarayon odamlarga kasallikni hayvonlardan yuqtirishining uzluksiz zanjiri natijasi bo’lmay, odamlarga hayvonlardan infeksiyani sharoit tug’ilganda yuqishi hosilasidir. Zoonoz kasalliklarda infeksiya odatda bemor odamdan sog’lom odamga yuqmaydi. Ammo, ayrim zoonozlar bundan mustasnodirlar. Masalan, o’lat (o’pka o’lati) qo’zg’atuvchilari bemordan sog’lom odamga yuqadi. Bunday tarqalish hamisha muvaqqat hisoblanadi. Fakultativ parazitlar sabab bo’lgan zoonozlarning epidemik jarayonlari boshqacha tavsifga ega. Bu hollarda odam organizmiga tabiatda parazitlik va saprofitlik xususiyatlari hisobiga saqlanib kelayotgan qo’zg’atuvchilari tushadi. Misol uchun qoqsholda, og’iz orqali yuqish 59 patogen bo’lmagan, jarohat orqali tushganda patogen qo’zg’atuvchi hisobiga sodir bo’ladi. Download 1.67 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling