Epidemiologiyadan
Zoonoz kasalliklar qo’zg’atuvchilarining manbai
Download 1.67 Mb. Pdf ko'rish
|
1-Эпид-амал.машг.
- Bu sahifa navigatsiya:
- Hayvonlardan yuqadigan epidemiologik ahamiyatga ega bo’lgan yuqumli kasalliklar guruhi
Zoonoz kasalliklar qo’zg’atuvchilarining manbai Asosiy xo’jayin hisoblangan hayvonlarda zoonoz infeksiyalar ko’pincha yaqqolmas yoki surunkali shaklda kechadi. Infeksiyalarning o’tkir shakllari asosan oraliq xo’jayin hisoblangan hayvonlar organizmida namoyon bo’ladi. Epidemiologik nuqtai-nazardan zoonozlarda inson uchun kasallik manbai hisoblanadigan hayvonlarni uch guruhga bo’lish maqsadga muvo-fiqdir (14- jadval). 14-jadval Hayvonlardan yuqadigan epidemiologik ahamiyatga ega bo’lgan yuqumli kasalliklar guruhi Qo’zg’atuvchilar manbai Kasalliklar Uy hayvonlari va parrandalar Qora oqsoq, manqa, oqsim, hayvon sili, Ku-isitma, ornitoz Sinantrop kemiruvchilar Toun, leptospiroz, o’lat Yirtqich hayvonlar Virusli ensefalitlar, kana rikketsiozlari o’lat, quturish Tuproq Psevdotuberkulyoz, melioidoz, legionellez, klostridiozlar 1. Uy hayvonlari, 2. sinantrop kemiruvchilar, 3. yovvoyi hayvonlar. Zooantroponozlarda kasallikning asosiy manbai odatda bir guruhga mansub bo’lgan hayvonlar hisoblanadi. Qo’shimcha manba bo’lib, (mazkur infeksiyada) qayd qilingan boshqa guruh hayvonlar vakillari xizmat qilishi mumkin. Asosiy infeksiya manbai vazifasini yovvoyi hayvonlar bajargan hollarda sodir bo’ladigan zooantroponoz infeksiyalar tabiiy-o’choqli infeksiyalar deb ataladi. Uy yoki sinantrop hayvonlar (kemiruvchilar) asosiy manba hisoblangan kasallik o’choqlari antropurgik o’choqlar deb yuritiladi. Tabiiy va antropurgik o’choqlar o’rtasida keskin chegara bo’lmaydi. Masalan, yovvoyi hayvonlar o’rtasida salmonellyozlar tarqalganda salmonellyozlarning antropurgik o’choqlari vujudga keladi. Zoonozlarning qo’zg’atuvchilari ko’p hollarda hayvonlar qonida bo’ladi. Qo’zg’atuvchilar hayvonlar ichagida, terisida joylashganligi yoki urg’ochi hayvonlar homilaoldi suyuqligi va suti orqali ajralishi kuzatiladi. Qo’zg’atuvchilarning hayvonlar nafas a’zolarida joylashishi katta epidemiologik ahamiyatga ega emas. Ayrim zoonozlar qo’zg’atuvchilari homila hujayralari (kanalar, qushlar)da bo’lishi katta ahamiyatga egadir. Bu xususiyat epizootik jarayonning rivojlanishini va hayvonlarning odamlarga yuqumliligini ta’minlaydi. Hayvonlarning kasallik manbai sifatida yuqumlilik muddatlari har bir 60 infeksiyaning patogenetik xususiyatlariga bog’liq. Ayrim kasalliklarda infeksiya manbai hisoblangan hayvon organizmidan qo’zg’atuvchilarning ajralishi qo’zilash davrida avjga chiqadi. Qishda uxlovchi hayvonlarda infeksiyaning xuruji qo’zg’atuvchining qonda tarqalishiga bog’liq holda bedor paytiga to’g’ri keladi. Hayvonlarda kechadigan ba’zi infeksiyalarning surunkali ko’rinishda bo’lganligi tufayli ularning yuqumlilik davrining uzoq davom etishiga sabab bo’ladi. Qo’zg’atuvchilarning yuqish mexanizmi mazkur ko’zg’atuvchilarning biologik tur sifatida saqlanishini ta’minlovchi omil bo’lib, u tarixiy-taraqqiyot davomida shakllangan bo’ladi hamda epizootik jarayon paytidagina uning turlarini aniqlash mumkin. Ba’zi zoonozlarning qo’zg’atuvchilari asosiy xo’jayin qonida joylashganligi tufayli bu kasalliklarga asosan transmissiv yo’l bilan tarqalishi xosdir. Aksariyat hollarda tabiiy sharoitda transmissiv tarqalish yagona yo’l bo’lib qolishi mumkin (obligat-transmissiv tarqalish mexanizmi). Insonga ham mazkur qo’zgatuvchilar transmissiv yo’l bilan yuqadi. Ayrim zoonoz infeksiyalarning qo’zg’atuvchilarini transmissiv va notransmissiv tarqalish yo’llari tabiatda mavjuddir (fakultativ-transmissiv yo’l). Odamlarga bu qo’zg’atuvchilar notransmissiv yo’l orqali yuqadi. Zoonoz infeksiyalarda qo’zg’atuvchilarning organizmda joylanishi xususiyatlariga ko’ra ularda notransmissiv yuqishini ikki xil yuqish deb hisoblash mumkin. U najas-og’iz hamda muloqot mexanizmlarida namoyon bo’ladi. Aerozol yo’l bilan yuqish hayvonlar o’rtasida katta ahamiyat kasb etmaydi. Odamlarga bu hollarda qo’zg’atuvchilarning epidemiologiyaga ma’lum bo’lgan barcha mavjud yo’llar hatto aerozol yo’l (ornitoz) orqali yuqishi mumkin. Infeksiyaga moyillik - ma’lum turlarga xos bo’lgan xususiyat bo’lib qo’zg’atuvchi va xo’jayin orasidagi o’zaro munosabatlarining evolyutsiyasi tufayli yuzaga kelgan hodisadir. Moyillik darajasi nospetsifik (chidamlilik) va spetsifik (immunitet) kabi himoya omillari bilan o’lchanadigan hodisa bo’lib, organizmning o’ziga xos ta’sirchanligi bilan qo’zg’atuvchining miqdori va virulentlik xususiyatiga bog’liqdir. Ushbu omillar ta’siri tufayli infeksion jarayonning u yoki bu kechishi shakli namoyon bo’ladi. E. N. Pavlovskiy ta’limoti bo’yicha tabiiy o’choq - bu shunday hududki, aynan shu erda donordan retsipientga qo’zg’atuvchi yuqadi. Populyatsiya nuqtai- nazaridan tahlil qilinganda tabiiy o’choq bu tashqi muhitning o’ziga xos sharoitlari, kasallik qo’zg’atuvchisini tarqatuvchi hashoratlar tufayli mavjudligi saqlanayotgan qo’zg’atuvchining populyatsiyasidir. Parazitar tizim mavjud bo’lishi uchun mazkur hudud zarur bo’lgan atrof- muhit rolini o’ynaydi. Epizootik o’choqni (tabiiy o’choq) bo’lishini tashqi va ichki omillar ta’minlaydi (15-jadval). |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling