Epidemiologiyadan


Tabiiy mintaqalar va ularda uchraydigan zooantroponoz kasalliklar


Download 1.67 Mb.
Pdf ko'rish
bet39/173
Sana30.10.2023
Hajmi1.67 Mb.
#1733641
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   173
Bog'liq
1-Эпид-амал.машг.

Tabiiy mintaqalar va ularda uchraydigan zooantroponoz kasalliklar 
 
Tabiiy mintaqalar 
Kasalliklar 
Tundra, o’rmontundra 
Toun, lentospiroz (bular boshqa mintaqalarda 
ham uchraydi) 
Tayga, aralash 
o’rmonlar, uzoq sharq 
o’rmonlari 
Kana ensefaliti, buyrak gemorragik isitmasi 
O’rmon dasht 
Kana rikketsiozi, gemorragik isitmalarning har 
xil turlari 
Cho’l 
O’lat, kanali rikketsioz, Ku-isitmasi 
Yarimdasht, mo’tadil va 
subtropik mintaqa dashti 
O’lat, kana spiroxetozi, teri leyshmaniozi, Ku-
isitmasi 
O’rta er dengizi 
mintaqasi 
Kalamush-burga rikketsiozi, 
Marsel isitmasi, Qrim gemorragik isitmasi 
Kemiruvchilar misolida insonga bog’liq bo’lmagan kasallik qo’zg’atuvchilari 
rezervuarlaridan birini ko’rib chiqamiz. 
Kemiruvchilar - sut emizuvchilar sinfiga mansub turkumdir. Er yuzida 800 
ga yaqin turi uchraydi. Tabiatda o’lchami 5 sm gacha bo’lgan sichqonlardan to 
bo’yi 1 m keladigan ulkan kemiruvchilar mavjud. 
Kemiruvchilar bosh suyagining tuzilishiga va tishining tuzilishiga qarab 
farqlanadilar (oziq tish bo’lmasligi, kuraktishlar yoysimon iskanaga o’xshash 
bo’lib, ikki juftdan bo’lishi mumkin). Bu tishlarning birlashgan ildizi bo’lmaydi, 
ammo kemiruvchining butun umri davomida o’sish qobiliyatiga ega bo’lganligi 
tufayli dag’al ovqatlar iste’mol qilinganda yoki erni kavlaganda emiriladigan 
tishlar o’rni to’ldirilib boradi. Kurak va ildiz tishlari o’rtasida tishsiz oraliq 
(diastema) mavjud. Ildiz tishlar uqalanib, o’simlik oziqlarni parchalashni 
osonlashtirishga moslashgan. 
Sobiq ittifoq hududida 140 tur, ya’ni barcha mavjud sut emizuvchilarning 
yarmini kemiruvchilar tashkil etadi. Har bir tabiiy mintaqada shu yerning o’ziga 
xos kemiruvchilar vakili bor: dashtlarda -qumsichqon, qo’shoyoq, o’rmonlik 
mintaqada - olmaxon, o’rmon sichqoni va dalasichqoni, cho’llarda - dalasichqoni 
va yumronqoziq, daryolar atrofidagi vodiylarda - ondatra, suv kalamushi
qunduzlar ko’proq uchraydi. 
Kemiruvchilarda sharoitga moslashuv xususiyati yaqqol ko’zga tashlanadi. 
Olmaxon, o’rmon sichqoni, dalasichqonlar daraxtlarga tirmashib chiqish 
qobiliyatiga ega. Cho’llardagi kemiruvchilarning vakillari bo’lmish dalasichqon, 
sug’ur, yumronqoziqlar yer osti inlarda yashab, yer yuzida oziqlanishga 
moslashgandirlar. 
Osiyo dashtlarining vakili bo’lgan yirik qumsichqonlar ko’p sonli yer osti 
yo’llaridan va o’nlab, ba’zan yuzlab yer yuziga chiqadigan teshiklari bo’lgan yer 
osti inlar (boshpanalar) da yashashadi. Odatda shunga o’xshagan murakkab 


62 
inshootlarda qishga oziq g’amlab qo’yish uchun bir nechta inxujra va 
omborxonalar bo’ladi. Yirik qumsichqonlarning yer osti inlarining chuqurligi 2 - 
2,5 metrgacha bo’lib, unda 2 dan 6 gacha yoki undan ham ko’proq qumsichqon 
yashaydi. 
Suv havzalarida yashovchi kemiruvchilar organizmi suzishga moslashgandir. 
Barmoqlar orasidagi pardalar, qunduzda esa bulardan tashqari eshkaksimon dum 
bo’lishi shu fikrning dalili bo’la oladi. 
Kemiruvchilarning inshootlarda (yerosti inlari va uyalari) yuqumli 
kasalliklarni tarqatuvchi ektoparazitlarning yashashi, ko’payishi hamda hayvonlar 
o’rtasida tarqalishi imkoniyati yaxshi bo’lganligi tufayli ham kemiruvchilar katta 
epidemiologik ahamiyatga egadirlar. Iqsod, gamaz va qiziltanachali kanalar, 
burgalar inson va hayvonlar kasalliklarini qo’zg’atuvchilarini tarqatuvchi hamda 
o’zida saqlovchi boshqa bo’g’imoyoqlilar kemiruvchilarga boqimanda 
hisoblanadilar. 
Ko’pgina kemiruvchilar o’simlik mahsulotlari bilan oziqlanadilar. Ularning 
katta guruhi (sug’ur, yumronqoziq, qo’shoyoq) noqulay iqlim sharoit tug’ilganda 
(yozgi qurg’oqchilik, qish) uyquga (karaxtlik) ketadilar. Sariq yumronqoziq kabilar 
esa yil davomida 9 oy uxlashlari mumkin. 
Kasallik qo’zg’atuvchilarini yuqtirib olgan yumronqoziq va sug’urlar 
organizmida uyqu davomida kasallik yaqqol namoyon bo’lmay, latent (yashirin 
holda) kechadi, ammo bedorlik boshlanishi bilan yaqqolmas infeksiya (misol 
uchun o’lat) yaqqol ko’rinishiga o’tib kemiruvchini halok etishi mumkin. Ushbu 
holat kasallik qo’zg’atuvchilarini tashuvchi kemiruvchilar hisobiga epizootiyalar 
davrida qo’zg’atuvchilarning tabiatda uzluksiz saqlanishiga imkon yaratadi. 
Yirik qumsichqonlar karaxtlikka o’tmay, yil davomida faol bo’lishadi. Ular 
kunduz faol hayvonlar. Ko’payishi erta bahor (mart)da boshlanib butun yoz davom 
etadi. Urg’ochi qumsichqon bir yilda 3 marta bolalashi va har safar 5-6 tagacha 
bola tug’ishi mumkin. 
Kemiruvchilarning ko’payishi va ularning soni tashqi muhit sharoitlariga 
bog’liqdir. Masalan, o’nlab, ba’zan yuzlab kilometr keladigan masofaga ko’chib 
yuruvchi (olmaxon) kemiruvchilar sustroq ko’payadilar. Kemiruvchilar inson va 
uy hayvonlari hayoti uchun katta xavf soluvchi yuqumli kasalliklarning 
qo’zg’atuvchilarini o’z organizmida saqlaydilar va tarqatadilar. Ular tasmasimon 
va chuvalchangsimon parazitlarning ayrim turlari uchun oraliq xo’jayin vazifasini 
o’tashi mumkin. 
Yirik qumsichqon o’tkir nekroz bilan kechadigan teri leyshmaniozi kasalligi 
qo’zg’atuvchisining manbai hisoblanadi. Leyshmanioz qo’zgatuvchisining asosiy 
tarqatuvchisi mayda iskabtopar chivindir (Rh. papparatasi), Surxondaryo, 
Qashqadaryo, Buxoro viloyatlari aholisi o’rtasida o’tkir nekrozli teri leyshmaniozi 
kasalligi uchrab turadi. Shuningdek, bu kasallik 1960 yildan boshlab Sirdaryo 
viloyatida, 1967 yildan esa Qoraqalpog’istonda ham qayd etilmoqda. 
Surxondaryo va Qorasuv daryolari oralig’ida uchraydigan uysichqon, 
Mirzacho’l o’chog’idagi choshgoh qumsichqon va ingichkaoyoq yumronqozig’i, 
juftoyoq va shalpangquloq tipratikon leyshmaniozda qo’shimcha manba bo’lib 


63 
xizmat qiladilar. Kemiruvchilar tabiiy o’choqlarda katta rol o’ynaydi. 
Kemiruvchilar orasida topilgan infeksiyalar haqidagi ma’lumot 16-jadvalda 
berilgan. 
16-jadval 

Download 1.67 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   173




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling