Epidemiologiyadan


O’latning tabiiy o’choqlarida o’tkaziladigan choralar


Download 1.67 Mb.
Pdf ko'rish
bet41/173
Sana30.10.2023
Hajmi1.67 Mb.
#1733641
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   173
Bog'liq
1-Эпид-амал.машг.

O’latning tabiiy o’choqlarida o’tkaziladigan choralar 
O’latning tabiiy o’choqlari mavjud ekan, ushbu hududlarga kelib-ketib 
turuvchi odamlarga yuqish xavfi yo’qolmaydi. 
O’latning profilaktikasi infeksiyaning tabiiy o’choqlardan chiqishiga qarshi 
chora-tadbirlar ko’rish va ushbu hududni muntazam nazorat qilishdan iborat 
bo’lmog’i kerak. 
Shu bilan birga epizootiya o’choqlari ustidan nazorat ham o’lat 
profilaktikasida alohida o’rin tutadi. Bu ish faqat o’latga qarshi muassasalar 
ishigina bo’lib qolmay, sog’liqni saqlash sohasining barcha xodimlari bilan amalga 
oshiriladi. Birinchi kasallanish va epizootiyalarni o’z vaqtida aniqlash, nazorat 
qilish bilan bajariladi. Bunda amalga oshiriladigan profilaktik chora va 
tadbirlarning tavsifi, hajmi, infeksiya manbai sinantrop yoki yovvoyi kemiruvchi 
ekanligiga bog’liqdir. Ayrim joylarda o’lat bilan og’rigan tuyalar ham bo’lishi 
ehtimolini e’tibordan chiqarmaslik kerak. Bu hollarda o’tkir infeksiya (o’lat) bilan 
kasallangan va qirg’inga uchrayotgan tuyalar ustidan qattiq veterinariya nazorati 
o’rnatilishi kerak. 
O’lat profilaktikasining muhim choralaridan biri hisoblangan kemiruvchilarni 
qirg’in qilinishi ular zich yashashi orqali paydo bo’lishi mumkin bo’lgan o’lat 
epizootiyasining oldini olish, paydo bo’lgan epizootiyani to’xtatish yo’li bilan 
odamlarni yuqishdan himoya qilish hamda ayrim olingan joylarda tabiiy 
o’choqlarni butunlay yo’qotish maqsadlarida amalga oshiriladi. 
Tabiiy o’choqlarda ish olib borayotgan xodim emlangan bo’lishi hamda 
maxsus himoya libos (o’latga qarshi libos) bilan ta’minlangan bo’lishi kerak. 
Respublikamizning o’latga qarshi muassasalarining ko’p yillik tajribasi Shuni 
ko’rsatdiki, kemiruvchilar orasida epizootiyalar shiddat bilan ketayotgan paytda 
ham odamlarni o’lat yuqishidan saqlash mumkin. 
 
 


65 
Quturish 
O’tkir virusli infeksiya bo’lib, tabiiy antropurgik zoonoz kasallik hisoblanadi. 
Tabiatda ushbu kasallik virusini asosiy asrovchilar itsimonlar oilasiga mansub 
yovvoyi yirtqich (bo’ri, tulki va boshqa) hayvonlar hisoblanadi (17-jadval). 
17-jadval. 

Download 1.67 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   173




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling