Epidemiologiyadan


Download 1.67 Mb.
Pdf ko'rish
bet44/173
Sana30.10.2023
Hajmi1.67 Mb.
#1733641
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   173
Bog'liq
1-Эпид-амал.машг.

Axborot uchun ma’lumot 
Iksod kanalarining biologiyasi va ekologiyasi. Taygada, o’rmonlarda va 
o’rmon-dasht hududlarda keng tarqalgan. Kananing har bir turi ma’lum 
landshaftga va faqat tuproqqa (nam, osoyishta joyga) tuxum qo’yadi. Metamorfoz 
tuxum, qurtcha (lichinka), nimfa, imago tartibida o’tib, kananing rivojlanishi 1 
yildan 5 yilgacha davom etishi mumkin. 
Oziqlanish tarziga ko’ra kanalar bir, ikki va uch xo’jayinli bo’ladilar. 
Birinchilari barcha rivojlanish bosqichlarini bitta, ikkinchilarida lichinka va 
nimfasi bitta, imago bo’lsa boshqa, uchinchilari har bir bosqichi har xil xo’jayinda 
oziqlanadilar. 
Lichinka va nimfa kemiruvchilar va qushlarga, imago yirik hayvonlar va 
odamga yopishib oladilar. Iksod kanalari bahor va yoz oylarida o’ta faoldirlar. 
Sezdirmasdan 5-7 ba’zida 12 kunga yopishib oladilar hamda Shu davr ichida ancha 
hajmga kattalashadilar. Yopishib olgan kanalardan birinchi soatlarda xoli qilinsa 
odamga kasallik yuqish ehtimoli keskin kamayadi. Iksod kanalari 2 yilgacha 
ochlikka chidaydilar. 
Epidemiologik ahamiyati. Iksod kanalari eng ko’p epidemiologik ahamiyatga 
egadirlar. Ular: a) virusli kasalliklar (bahorgi-yozgi kana ensefaliti, Omsk va 
Janubiy gemorragik isitmalari), b) rikketsiozlar (Ku-isitmasi va boshqa), v) 
bakterial infeksiyalar (tulyaremiya)ni tarqatishlari mumkin. Encefalit, Marsel 


69 
isitmasi, toshmali tifning qo’zg’atuvchilari kana organizmida umr bo’yicha 
saqlanib naslga berilishi ham mumkin. 
Gemorragik isitmalarni bemordan sog’lom odamga berilishi O’zbekistonda 
muhim epidemiologik ahamiyatga molikdir. Odamlardan yuqtirilgan infeksiya 
odatda juda og’ir kechib aksariyat hollarda o’lim bilan tugashi kuzatiladi. 
Argaz kanalarining biologiyasi va ekologiyasi 
Argaz kanalari pana joy kanalari hisoblanadi. Ular asosan yog’och va loydan 
qurilgan imoratlarda, hayvonlar uyasida, g’or va o’ralarda kun kechiradilar. 
Hayotiy davriyligi - tuxum, qurtcha (lichinka), 3 yoki 5 ta nimfalik davri va 25 
yilgacha davom etishi mumkin bo’lgan imago davri tartibida o’tadi. Ochlikka 10-
11 yilgacha chidaydilar. 
O’rta Osiyo, Kavkazorti mamlakatlarida, Qrimda va Ukrainada keng 
tarqalgan. Odamga va hayvonlarga asosan tunda tashlanadilar. Bunda bir necha 
daqiqadan yarim soatgacha sezdirmasdan yopishib so’rish xususiyatiga egadirlar. 
Qishda juda kam oziqlanadilar. So’rgan joylarida bir necha haftagacha vaqti-vaqti 
bilan qattiq qichiydigan o’ziga xos qontalash papula qoladi. Argaz kanalaridan 
infeksiya yuqishi so’rishning dastlabki davrlaridayoq yuz berishi tufayli bu 
kanalardan tanani ozod qilish payti kasallanish darajasiga ta’sir qilmaydi. 
Argaz kanalarining epidemiologik ahamiyati: 
Kana qaytalama tifi, Ku-isitmasining va boshqa kasalliklarning tarqatuvchisi 
bo’lib xizmat qiladi. Ma’lum biotiplarga bog’liq, embrional taraqqiyoti va imago 
bosqichining uzoq davom etishi hamda qo’zg’atuvchilarning transovarial (2 
naslga) berilishi tufayli argazidlar uzoq vaqt davomida kana qaytalama tifi va Ku-
isitmasining tabiiy o’choqlarining saqlanib turishiga sabab bo’ladilar. 
Tabiiy biotiplar sharoitida odamlarga katta xavf tug’dirmaydi. Ammo 
odamlarning kanalab ketgan imoratlarga ommaviy ko’chib kirishi kasalliklarni 
keng tarqalishiga olib keladi. 

Download 1.67 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   173




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling