Epidemiologiyadan
Download 1.67 Mb. Pdf ko'rish
|
1-Эпид-амал.машг.
Axborot uchun ma’lumot
Uchastka terapevt vrachining asosiy vazifalari: 1. Uchastka aholisiga poliklinikada yoki uylarda malakali tibbiy yordam ko’rsatish. 2. Biriktirilgan uchastka aholisi o’rtasida sanitariya-gigiyena bilimlarini targ’ibot qilish, aholini profilaktik ko’rikdan o’tkazish, profilaktik emlashni olib borish, dispanserizatsiya ishlarini takomillashtirish. 3. Biriktirilgan uchastkadagi aholi o’rtasida kasallanish va o’lim hollarini kamaytirish. Amaldagi rasmiy hujjatlarga binoan uchastka terapevt-vrachi quyidagilarni bajarishi lozim: 1. Uchastka vrachi aholiga o’z vaqtida poliklinikada yoki uyida tibbiy yordam ko’rsatish. 2. Bemorlarga - ular zaharlanib qolganlarida yoki ahvollari yomonlashib qolganda, ularning qaerda yashashidan qat’iy nazar tibbiy yordam ko’rsatish. 3. Ichki kasalliklar bilan og’rigan bemorlarni shifoxonalarga yotqizish uchun oldindan tekshirishni o’z vaqtida tashkil qilish. 4. Bemorlarni lozim bo’lib qolganda poliklinika yoki boshqa tibbiyot muassasalarida vrach ko’rigidan o’tkazish. 52 5. O’z ishi jarayonida diagnostika, profilaktika va bemorlarni davolashda zamonaviy usullardan foydalanish. 6. Uchastkadagi katta yoshdagi aholini dispanserizatsiya (aniqlash, hisobga olish, ahvolini kuzatish, sog’lomlashtirish, davolash chora-tadbirlari) qilish tadbirlarini tashkil etish. 7. Uchastkadagi chet elga ketuvchilarga tibbiy ko’rik natijalarini yozib berish. 8. Uchastkadagi aholi orasida profilaktik emlash va gijjalarga qarshi kurashish (degelmentizatsiya) ishlarini olib borish. 9. Yuqumli kasallik bilan og’rigan bemorlarni o’z vaqtida aniqlash, diagnoz qo’yish va davolash, yuqumli kasalliklarning barcha turlari bo’yicha va bunday kasalliklarga gumon bo’lganda, ovqat bilan zaharlanganda kasbga taalluqli zaharlanishda, uyda davolashga qoldirilgan yuqumli kasalliklar bilan og’rigan bemorlar tomonidan epidemiyaga qarshi qoidalarni bajarmaganligi to’g’risida poliklinikadagi yuqumli kasalliklar kabineti vrachiga xabar yuborish. 10. Uchastka aholisi orasida doimiy ravishda faollik bilan sanitariya - oqartuv ishlarini olib borish, zararli odatlar bilan kurash olib borish, uchastka jamoa faollarini tayyorlash. 11. Uchastka vrachi faqat yuqumli bemorlarga diagnoz qo’yishgini emas, balki bu kasalliklar epidemiologiyasini ham yaxshi bilishi kerak, chunki to’g’ri epidemiologik anamnez yig’ish kasallikning boshlanish paytidayoq aniqlash imkonini beradi. 12. Uchastka vrachi yuqumli kasallikka chalingan kishi bilan muloqotda bo’lgan kishilar salomatligini kasallikning yashirin davri davomida nazorat qilib turadi. Yuqumli kasalliklar kabinetining vazifalari: Talabalar poliklinika YUKK ning olib boradigan profilaktik va epidemiyaga qarshi ishlari va yuqumli kasalliklar kabineti (YUKK) vrachi zimmasiga yuklangan vazifalarni amalda qo’llay bilishlari lozim. YUKK yuqumli kasalliklar bo’yicha davolash-diagnostika, konsultativ-metodik markaz hisoblanadi. Bu kabinet bizning mamlakatimizda yuqumli kasalliklar bilan kasallangan bemorlarga maxsus tibbiy yordam ko’rsatish bo’yicha birlamchi bosqich hisoblanadi. YUKK quyidagilarni bajaradi: 1. Yuqumli kasalliklarni o’z vaqtida aniqlashni ta’minlash. Ambulatoriyalar va poliklinikalarda yuqumli kasalliklarga diagnoz qo’yish va davolash bo’yicha malakali konsultativ yordamni tashkil qilish. 2. Yuqumli kasalliklarga diagnoz qo’yish, davolash va oldini olishning sifatli bo’lishi uchun yuqumli kasalliklar va o’lim hodisalarining ko’payishi yoki kamayishini doimiy ravishda o’rganish va uni tahlil qilish. 3. Uchastka vrachi va ambulatoriya qabulini olib boruvchi mutaxassislarning yuqumli kasalliklarni davolashda va o’z vaqtida aniqlanmagan va YUKK ga yuborilmagan hollarini majlislarda muhokama qilish yo’li bilan ularning bu sohadagi bilimlarini oshirish. 4. Uchastka terapevt-vrachlariga yuqumli kasalliklarni aniqlash va ularga diagnoz qo’yish yuzasidan maslahatlar berish. 5. Poliklinikada va uylarda yuqumli kasalliklar diagnozini aniqlash, davolash- 53 profilaktik choralar tayinlash va shifoxonaga yotqizish masalalarini hal qilishda yordam beradi. 6. Yuqumli kasalliklar bilan og’rigan bemorlarni qo’shimcha laboratoriya tekshiruvidan o’tkazish. 7. Yuqumli kasalliklar bilan og’rigan bemorlarni va shifoxonadan tuzalib chikqan bakteriya tashuvchilarni poliklinika sharoitida davolash. 8. Laboratoriyalarda va asbob-uskunalar yordamida bemorlarni tekshirib, ularning klinik va bakteriologik jihatdan to’liq tuzalganligini aniqlash. 9. Katta yoshdagi aholi o’rtasida profilaktik emlash ishlarini tashkil qilish. 10. Surunkali bemorlarni, bakteriya tashuvchi kishilarni hisobga olish, ularni sog’lomlashtirish va ular ustidan nazorat o’rnatish. 11. Tumanda yuqumli kasalliklar bilan kasallanish va o’lim hollarini o’rganish, diagnoz qo’yish va davolash tadbirlari sifati va samaradorligi, dispanserizatsiyasi ishlarini tahlil qilish. 12.Yuqumli kasalliklarning oldini olish bo’yicha tibbiy bilimlarni tashviqot qilish. Poliklinika asosiy ish yo’nalishi hududiy uchastka xizmatidir, ya’ni aholiga o’zlari yashab turgan uchastkalar bo’yicha tibbiy xizmat ko’rsatishdir.Terapevtlarga uchastkalarning biriktirib qo’yilishi, uchastka vrachi singari ma’lum hududlarga biriktirib qo’yilgan boshqa mutaxassislarning brigada usuli bo’yicha ishlashi aholi salomatligi haqida to’liq ma’lumot olish imkonini beradi. Sog’liqni saqlashni rejalashtirish iqtisodiy va ijtimoiy rivojlanishning kelajak rejalari bilan bog’liq holda tuziladi. Rejalashtirish sog’liqni saqlash organlarining vazifalarini ko’rsatib beruvchi direktiv ko’rsatmalar asosida olib boriladi. Poliklinika faoliyati va shtatlarini rejalash uchun poliklinika xizmat ko’rsatadigan aholi soni, yoshi va jins tarkibi, kasallanish ko’rsatkichi va boshqa ko’rsatkichlar hisobga olinadi. Shu maqsadlarni amalga oshirish uchun uchastka tibbiy hamshiralari ishtirokida uchastka aholisini doimiy ravishda ro’yxatga olish va uchastka vrachlari aholining kasallanishini o’rganishi kerak Bitta uchastka vrachi xizmati 1700 kishiga mo’ljallangan. Har bir uchastkaga shu uchastkadagi aholini davolash-profilaktika xizmatini amalga oshirish uchun bitta terapevt-vrach va tibbiy hamshira biriktiriladi. Har bir terapevtik uchastkaga jarrox, nevropatolog, otoloringolog va okulist vrachlari ajratiladi. Bunday ish uslubi brigada usuli deb nomlanadi. Yuqorida ko’rsatilgan mutaxassislar ma’lum bir uchastkada yashovchilarga poliklinikada va uyida xizmat ko’rsatadi. Uchastka vrachi o’z uchastkasida davolash-profilaktika ishlarini tashkil qilish va baholash uchun uchastka tibbiy pasporti yoki jurnalini tuzib chiqadi. Tibbiy pasport quyidagi axborotlarni o’z ichiga olishi mumkin: 1. Uylarning qavati, xonalar soni, maktablar va maktabgacha bolalar muassasalarining joylanishini ko’rsatuvchi uchastka rejasi. 2. Har xil sanoat va boshqa korxonalar va ularda ishlovchi ishchilarning sonini ko’rsatuvchi ro’yxat. 3. Demografik ma’lumotlar, aholining yoshi va jinsiy tarkibi, bolalar poliklinikasidan o’tkazilgan o’smirlar soni. 54 4. Sanitariya faollarining soni. 5. Yuqumli kasalliklar bilan kasallanish to’g’risidagi ma’lumot. 6. Sil kasalliklari dispanseri hisobida turuvchi bemorlarning ro’yxati. 7. Aniq bir kasallik turiga qarshi emlash to’g’risidagi va boshqa ma’lumotlar. YUKK birinchi qavatda joylashgan bo’lib, tashqariga chiqadigan alohida eshigi bo’lishi lozim, dahliz va boshqa kabinetlar joylashgan xonalarda yuqumli kasallikka gumon qilingan kishilar o’tmasligi kerak. YUKK quyidagi xonalarga ega bo’lishi ko’zda tutiladi: Vrach qabulxonasi (12 m 2 ) va hamshira xonasi (8 m 2 ), hojatxona, xo’qnaxona (8m : ), muolaja xonasi (10 m 2 ) , sanitar uchun xona (8 m : ). YUKK vrachi uchastka terapevt vrachlari va boshqa mutaxassis vrachlari, DSENM epidemiologiya bo’limi vrachlari bilan yaqin aloqada ish olib boradilar. YUKK vrachlari ishlarini tegishli hududdagi yuqumli kasalliklarni davolash va ularga qarshi kurashish rejalariga mos ravishda olib boradilar. YUKK vrachi boshqa mutaxassis vrachlari bilan birgalikda yuqumli kasalliklarni kamaytirish bo’yicha umumiy rejalarni tuzishda qatnashadi. Kabinet vrachi DSENM epidemiologlari bilan birgalikda yuqumli kasalliklarni tahlil qiladi, yuqumli bemorlarni shifoxonalarga o’z vaqtida va to’la-to’kis yotqizishni va shu bilan birga uchastka vrachlarining ishini nazorat qiladi. YUKK vrachi yuqumli kasalliklar bilan og’riganlik to’g’risida zudlik bilan xabarnomani DSENM ga yuboradi va kasallik o’chog’ida epidemiyaga qarshi olib boriladigan ishlarni kuzatib boradi. Guruhiy kasallanish hollari yuz berganda bu kabinet vrachi epidemiolog bilan birgalikda bemorlarni va kasallikka gumon qilinayotgan kishilarni aniqlashni, kasallik qo’zg’atuvchisi manbasini va kasallikning kelib chiqish sabablarini o’rganadi. Uning oldini olish uchun sanitariya-oqartuv ishlarini olib boradi. Yuqumli kasalliklar kabineti vrachi poliklinikada epidemiyaga qarshi olib boriladigan tadbirlarning bajarilishini nazorat qiladi. Yuqumli kasallik bilan og’rigan bemorlarni aniqlash va ularni o’z vaqtida shifoxonaga yotqizish yoki uy sharoitida davolashni tashkil qiladi. Yuqumli kasalliklar kabineti vrachi isitmalovchi bemorlarni o’z vaqtida va to’liq hisobga olish, tekshirish va kerak bo’lgan hollarda shifoxonaga yotqizish, o’tkir ichak kasalligiga gumon qilinayotgan bemorlarni konsultaciya qilish masalalari bo’yicha uchastka terapevtiga va boshqa mutaxassislarga maslahat beradi, kerak bo’lib qolganda kasalliklarni tekshiradi, kasallikni o’tkir va surunkali shakllarida bemorlarni uyda davolanishiga ruxsat beradi. Profilaktik ko’rikda ishtirok eta turib, yuqumli kasalliklar bilan og’rigan bemorlarni va ular bilan muloqotda bo’lgan kishilarni tekshiradi va kasallarini aniqlaydi. Muhim profilaktik tadbirlarga bakteriya tashuvchilarni o’z vaqtida aniqlash va ularni sog’lomlashtirish ham kiradi. Bakteriya tashuvchilarni kasallik o’chog’ida va sog’lom aholi orasida aniqlash va ularni sog’lomlashtirish ishlari bilan Shug’ullanadi. Yuqumli kasalliklar bilan og’rigan bemorlarga diagnoz qo’yishda YUKK vrachi biokimyoviy, bakteriologik, serologik laboratoriya usullari natijalariga asoslanadi. Isitmalovchi bemorlardan qon olinib, bakteriologiya laboratoriyalarida 55 qonni maxsus ozuqali moddalarga ekilib, qonning tarkibida ich terlama kasalligining bakteriyalari bor yoki yo’qligi aniqlanadi, RNGA (teskari gemaglyutinatsiya reaksiyasi) usulida salmonellyozlarga tekshiriladi va RSK (komplement bog’lanish reaksiyasi) yordamida rikketsiyalarga tekshiriladi. DSENM bilan birgalikda YUKK o’ta xavfli yuqumli kasalliklar keng tarqalgan mamlakatlardan qaytgan fuqarolarni va chet el fuqarolarini nazorat qilib turadilar. Bemorlarning idish-tovoqlarini, buyumlarini dezinfeksiya qilishni tashkillashtiradi va aholi o’rtasida sanitariya-gigiyena qoidalarini targ’ib qilishga, sanitariya madaniyatini ko’tarishga vaqt ajratadi. Download 1.67 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling