Epidemiologiyadan


Download 1.67 Mb.
Pdf ko'rish
bet34/173
Sana30.10.2023
Hajmi1.67 Mb.
#1733641
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   173
Bog'liq
1-Эпид-амал.машг.

 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 


50 
YUQUMLI KASALLIKLARNI DAVOLASH, DIAGNOZ QO’YISH, 
BEMORLARNI AJRATIB QO’YISH VA ATROFDAGILAR BILAN 
ARALASHISHNI CHEKLASH CHORA-TADBIRLARI VA ULARNI 
TASHKIL QILISH. POLIKLINIKALARDA EPIDEMIYAGA QARSHI 
KURASHISH ISHLARINI UYUSHTIRISH 
1. Maqsad: Talabalarni yuqumli kasallarni davolash, bemorlarga diagnoz 
qo’yish va atrofdagi kishilar bilan aloqalarni cheklovchi tadbirlarini tashkil qilish 
bilan va poliklinikada epidemiyaga qarshi olib boriladigan ishlar bilan tanishtirish, 
poliklinikada 
yuqumli 
kasalliklar 
kabinetining 
ishi 
bilan 
tanishtirish. 
Poliklinikalardagi yuqumli kasalliklarga qarshi kurashish chora-tadbirlarini tashkil 
etish, ijrosini baholashda va nazorat qilishda davlat sanitariya-epidemiologiya 
nazorati markazining vazifalarini talabalarga o’rgatish. 
2. Mashg’ulot uchun ajratilgan vaqt - 4 soat amaliy mashg’ulot. Mashg’ulot 
katta yoshdagi kishilarga xizmat qiladigan poliklinikaning yuqumli kasalliklar 
kabinetida olib boriladi. 
3. Mashg’ulotni o’tkazish rejasi: 
3.1. Talabalarning davomatini tekshirish. 
3.2. O’qituvchining kirish so’zi. 
3.3. Mashg’ulot mavzusini shakllantirish. 
3.4. Mashg’ulot maqsadini shakllantirish. 
3.5. Ushbu mavzu yuzasidan talabalarning bilim darajasini tekshirish. 
3.6. Mashg’ulotning asosiy mazmuni. 
3.7. Talabalarning mustaqil ishlari: 
a) yuqumli kasalliklarning oldini olish bo’yicha poliklinikada tuzilgan 
umumiy rejani o’rganish; 
b) hisob-kitob hujjatlarini o’rganish; 
v) emlashga tegishli hujjatlarni o’rganish; 
g) dispanser kuzatishlari natijalarini o’rganish; 
d) epidemiya o’chog’ida kasallik manbai bilan aloqador kishilarni 
observatsiya (tibbiyot nazorati) qilinishiga doir hujjatlar bilan tanishish; 
e) karantin qilingan va tibbiy nazorat ostida bo’lgan joylardan kelgan 
kishilarni hisobga olish ishlari bilan tanishish; 
j) bemorlar bilan muloqotda bo’lgan kishilarni observatsiya qilish ishlarini 
o’rganish; 
z) pedikulez (bitlash) aniqlangan paytda olib boriladigan chora-tadbirlarni 
o’rganish; 
k) yuqumli kasallarni qabul qilishda ishtirok etish. 
3.8. Mashg’ulotni yakunlash va ertangi mashg’ulot bo’yicha vazifalar berish. 
4. Mashg’ulotda o’rganiladigan savollar: 
4.1. Poliklinika ishini tashkil qilishning asosiy qoidasi. 
4.2. Vrachlik uchastkasida birlamchi-profilaktik va epidemiyaga qarshi olib 
boriladigan ishlar. 
4.3. Yuqumli kasalliklar kabinetining vazifalari. 


51 
4.4. Yuqumli kasalliklar kabineti vrachining vazifalari. 
4.5. Yuqumli kasalliklar kabinetida bo’lishi lozim bo’lgan hisob-kitob 
hujjatlari. 
4.6. Davlat sanitariya-epidemiologiya nazorati markazi xodimlari va 
poliklinika yuqumli kasalliklar kabineti xodimlari o’rtasidagi aloqalar. 
4.7. O’ta xavfli kasalliklarning oldini olishda yuqumli kasalliklar kabinetining 
roli. 
4.8. Ich terlama, vabo, ichburug’, virusli gepatit va salmonellyoz bilan 
og’rigan bemorlarni dispanserizaciya qilish qoidalari. 
5. Ushbu mavzu bo’yicha talabalar quyidagilarni bilishlari shart: 
5.1. Talabalar uchastka terapevt - vrachining yuqumli kasalliklarga qarshi 
qiladigan ishlarini yaxshilab o’rganib olishlari kerak. 
5.2. Yuqumli kasalliklar kabinetining asosiy vazifalari va uning yuqumli 
kasalliklarni kamaytirishdagi ahamiyati. 
6. Talabalar o’rganishlari lozim bo’lgan amaliy malakalar: 
6.1. Uchastka vrachining profilaktika ishlari bo’yicha faoliyatini tahlil qila 
bilish. 
6.2. Poliklinika va yuqumli kasalliklar kabinetining profilaktika va 
epidemiyaga qarshi olib boriladigan faoliyatini tahlil qila bilish. 
6.3. Profilaktika va epidemiyaga qarshi olib boriladigan ishlardagi 
kamchiliklar to’g’risida qaydnomalar tuzish, ularni bartaraf qilishlari bo’yicha 
ko’rsatmalar bera olish. 
6.4. Profilaktika va epidemiyaga qarshi kurashda yuqumli kasalliklar kabineti 
vrachi va uchastka terapevt vrachlari qo’llaydigan hujjatlar to’ldirishni o’rganish. 
6.5. Yuqumli kasalliklarni tahlil qilishni bilish. 

Download 1.67 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   173




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling