Epidemiologiyadan


partish to’lg’izilganligi aniqlandi


Download 1.67 Mb.
Pdf ko'rish
bet30/173
Sana30.10.2023
Hajmi1.67 Mb.
#1733641
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   173
Bog'liq
1-Эпид-амал.машг.


partish to’lg’izilganligi aniqlandi. 
1. Davlat sanitariya epidemiologiya nazorati markazi epidemiologiya 
bo’limida hozirgi paytda ta’sis qilingan va bo’lishi lozim bo’lgan hisob-kitob 
hujjatlarini sanab bering. 
2. Ularni qaysi hujjatlarga asoslanib to’lg’azish kerakligi haqida tavsiya 
bering. 
Hujjatlarning ta’sis qilinmagan turlarini qo’llash maqsadga muvofiq yoki 
yo’qligiga izoh bering. 
 
2-Masala: 
Viloyat Davlat sanitariya epidemiologiya nazorati markazi epidemiologiya 
bo’limi xodimi tuman davlat sanitariya epidemiologiya nazorati markazi 


43 
epidemiologiya bo’limining ish rejalarini tekshira turib quyidagi kamchiliklarni 
ko’rsatdi: faqatgina yillik reja va kvartallar bo’yicha rejalar bor edi; yillik rejaning 
"xodimlar bilan ishlash" degan qismida xodimlarning malakasini oshirish uchun 
malaka oshirish institutlariga yuborish boshqa sohalar hisobidan qilinayotganligini; 
"yil mobaynida" "zarur bo’lgan hollarda" degan va boshqa jumlalar bilan 
almashtirilgan. Yillik rejaning "moddiy va boshqa ta’minotlar" degan qismida 
yuqumli kasalliklar uchun tegishli shifoxonalar ochish ko’rsatilgan, lekin rejada 
qanday ta’minot hisobiga ekanligi ko’rsatilmagan. 
1. Tekshiruvchining qaysi ko’rsatmalarini to’g’ri va qaysi birini noto’g’ri deb 
hisoblaysiz? 
2. Kamchiliklarni bartaraf qilish uchun nimalar qilish kerak? 
 
3-Masala: 
 
Sizga yuqumli ichak kasalliklari bo’yicha terapevt, pediatr vrachlar hamda 
maktabgacha tarbiya muassasalari xodimlari uchun seminar tashkil qilish 
topshirilgan. 
1. Qaysi mutaxassislarni birgalikda seminarga chaqirgan bo’lar edingiz? 
Nima uchun? 
2.Ushbu seminar uchun qanday mavzuda ma’ruza o’qish mumkin? Shu 
mavzudagi ma’ruzani o’qish uchun qanday mutaxassislarni taklif qilish mumkin? 
3. Seminarni qaysi paytda va qanday joyda o’tkazish maqsadga muvofiq? 
 
4-Masala: 
 
Ikki tuman davlat sanitariya epidemiologiya nazorati markazi o’rtasidagi 
musobaqasi natijalariga ko’ra A-tuman Davlat sanitariya epidemiologiya nazorati 
markazi g’olib deb topildi. 
Bu tuman hududida hisobga olingan yuqumli bemorlar soni eng kam, operativ 
(epidemiologik tekshirishlar) va tashkiliy ishlar turlari (ya’ni tibbiyot xodimlari 
majlislarining soni) eng ko’p ekanligi aniqlandi. 
1. Tumanda epidemik holat to’g’ri baholanganmi? 
2. Ma’lum hududda epidemik holatni qanday baholash kerak? 
3. Musobaqa natijalarini baholashda olingan ko’rsatkichlar to’g’rimi? 
4. Epidemiolog vrach bajargan ishlarini baholash uchun qanday 
ko’rsatkichlardan foydalanish maqsadga muvofiq bo’ladi? 
 
5-Masala: 
 
Tuman davlat sanitariya epidemiologiya nazorati markaziga uchastka pediatr 
vrachi tomonidan 3 yoshli, yasliga qatnovchi kasal bolaga to’ldirilgan zudlik bilan 
keluvchi xabarnoma keltirildi. Kasal bolaga yuqumli sariq kasalligiga shubha deb 
diagnoz qo’yilgan edi. Epidemiologik tekshirishni olib borgan epidemiolog 
yordamchisi kasallik manbaini, yuqish omillarini aniqlay olmadi. Bolalar 


44 
bog’chasiga yuqumli kasalliklardan saqlanish uchun qo’llaniladigan qoidalar ham 
buzilmagan deb topildi. 17 kunlik muhlatdan so’ng o’sha bolalar guruhida yana 3 
ta bolada virusli gepatit A kasalligi bilan og’rish hollari kuzatildi. Ushbu epidemik 
o’choqda bo’lgan holatni muhokama qilish paytida kasallangan bolalarning 
uylarida va ular qatnashadigan bog’chada epidemiologik tekshiruv epidemiolog 
vrachining yordamchisi tomonidan o’tkazilganligi, u kasallangan bolalarning ota-
onalari va bog’cha mudirasi bilan bo’lib o’tgan suhbat natijasigagina asoslanib
yuqoridagi ko’rsatilgan xulosaga kelganligi ma’lum bo’ldi. 
1. Zudlik bilan yuboriluvchi xabarnomani to’lg’azishda pediatr vrach 
tomonidan qanday xatolikka yo’l qo’yilganligini aniqlang. 
2. Tuman Davlat sanitariya epidemiologiya nazorati Markazi xodimlari ushbu 
hodisani tekshirishda qanday xatolikka yo’l qo’yganligini aniqlang. 
3. Bolalar muassasasida qayta kasallanishga nimalar sabab bo’lganligini 
ko’rsating? 

Download 1.67 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   173




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling