Epidemiologiyadan
Kasallikning yuqish mexanizmiga nisbatan qo’llaniladigan chora-
Download 1.67 Mb. Pdf ko'rish
|
1-Эпид-амал.машг.
Kasallikning yuqish mexanizmiga nisbatan qo’llaniladigan chora-
tadbirlar Chora-tadbirlar Samaradorlik ko’rsatkichi Epidemiyaga karshi yo’naltirilgan sanitariya- gigiyena chora-tadbirlari Sanitariya va epidemiologik holatidan kelib chiqadigan rasmiy hujjatlarda ko’rsatilgan chora- tadbirlar bajarilishining to’liqligi. Dezinfeksiya Dezinfeksiya o’tkaziladigan joylarning uni o’tkazish kerak bo’lgan joylarga nisbatan ulushi. O’tkazish muddati (yuqumli kasallik o’chog’ida). Dezinseksiya Dezinseksiya o’tkaziladigan joylarning uni o’tkazish zarur bo’lgan joylarga nisbatan ulushi. Dezinseksiya o’tkazilmasdan va o’tkazilgandan keyin shu joydagi hashoratlarning soni. Organizmning kasalliklarga nisbatan moyilligiga qaratilgan tadbirlar. Emlash va zudlik bilan emlash. Aholi o’rtasidagi emlanganlar nisbati. Emlanganlar orasida immunologik tekshirishlar. Yuqtirish mumkin bo’lgan paytdan boshlab emlangunga qadar o’tgan vaqt. Emlanishi lozim bo’lganlar orasida emlanganlar soni. Umumiy yo’nalishdagi tadbirlar Laboratoriya tekshiruvlari Laboratoriya tekshiruvlarini o’tkazish lozim bo’lgan kishilar va joylarning to’liq tekshirilishi, tekshirilishlarning sifati Sanitariya maorifi ishlari Ma’ruzalar, suhbatlar, dokladlar, ko’rgazmali qurollar soni va ularning zamonaviy sanitariya- epidemiologiya talablariga mosligi Ikkinchi guruh omillariga har xil tashqi muhit sharoiti kirib, ular kasallik qo’zg’atuvchilarining parazitlik xususiyatini kuchaytirishi yoki pasaytirishi mumkin va shu bilan birga epidemik jarayonning qanday darajada namoyon bo’lishiga ta’sir qiladi. Bu omillarga tabiiy va ijtimoiy muhit, shu qatorda aholining yashash va ishlash sharoiti hamda samarali natija beradigan epidemiyaga qarshi qo’llaniladigan chora-tadbirlar kiradi. Yuqumli kasalliklarning kelib chiqishi va tarqalishida har bir tabiiy va ijtimoiy omillarning rolini haqqoniy baholash hamda epidemik jarayonning ichki tomonidan rivojlanishiga ta’sir qiluvchi omillarga asoslanib aniq epidemik sharoitda qo’llanilishi zarur bo’lgan epidemiyaga qarshi chora-tadbirlarni tavsiya etish lozim. Bunday baholash epidemiologik diagnostika natijalariga asoslangandir. Uchinchi belgisi bu bajariladigan chora-tadbirlarning asosiy yo’nalishini aniqlashda qo’llaniladi, bu ularning samarali natijasi va amaliy qo’llashda 39 oddiyligidir. Yuqorida ko’rsatilgan birinchi va ikkinchi belgilarni qo’llash yuqori samarali natijaga asoslanishini nazarda tutmoq lozim. Epidemiyaga qarshi chora-tadbirlarni epidemik jarayonning hamma zvenolariga nisbatan baravariga qo’llash maqsadga muvofiqdir. Ba’zi chora-tadbirlarni qo’llashda bir necha ishtirokchilar qatnashadilar. Epidemiyaga karshi kurashuvchilarning besh xil vazifasini tasvirlash lozim: tashkiliy, diagnostik, uslubiy, bajaruvchilik va nazorat qilish. Birorta chora-tadbirlarni amalga oshirishda bir necha ishtirokchi har xil vazifani bajarishda qatnashadi. Epidemiyaga qarshi kurashish zamonaviy tizimining maqsadi: aholi orasidagi yuqumli kasalliklarni keskin kamaytirish va ba’zilarni esa butunlay yo’qotishdir. Epidemiyaga qarshi kurash tizimi kasallikni aniqlash natijasiga asoslanib qo’llanilgan chora-tadbirlar, yuqumli kasalliklarning oldini olishga va ularga qarshi qaratilgan ilmiy qo’llanmalarga asoslanadi. Epidemiyaga qarshi kurash tizimining aholiga xizmati qonun asosida mustahkamlanishi lozim. Respublika sog’liqni saqlash qonunlarida uqtirilishicha, aholining sog’lig’ini saqlash ijtimoiy-iqtisodiy tizimi va tibbiy sanitariya choralari orqali ta’minlanadi. Bu hujjatda hamma davlat idoralari, korxonalar, muassasalar va tashkilotlarning aholi sog’lig’ini saqlash bilan bog’liq bo’lgan masalalarni echishdagi javobgarliklari ham ifodalangan. Epidemiyaga qarshi kurashish chora-tadbirlariga muvofiq ravishda xalq deputatlari kengashi ijroiya qo’mitasi, hokimliklar, korxona, muassasa, tashkilotlar boshliqlari va boshqa rahbarlar yuqumli kasalliklarning oldini olish chora- tadbirlarini o’z vaqtida bajarishlari lozim va kasallik paydo bo’lganda esa uni bartaraf qilishda faol ishtirok etishlari shart. Chora-tadbirlar guruhi o’zining yo’nalishiga qarab epidemik jarayonning har bir omiliga qaratilgan bo’lib, bunda epidemiyaga karshi vosita qo’llanish va qo’llanmasligi mumkin va shu bilan birga kasallanishning oldini olishga qaratilgan bo’lishi kerak (13- jadval). 13 - jadval Download 1.67 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling