Epidemiologiyadan
Epidemiolog va uning yordamchisi ishlarini tashkil qilish
Download 1.67 Mb. Pdf ko'rish
|
1-Эпид-амал.машг.
Epidemiolog va uning yordamchisi ishlarini tashkil qilish Epidemiolog faoliyatida maxsus epidemiologiya bo’limlaridan tashqari, mikrobiologiya, immunologiya, yuqumli kasalliklar klinikasi sohalarini va statistika asoslarini, gigiyena, parazitologiya kabi sohalarini bilish talab qilinadi. Yuqoridagi bilimlarni egallagan holdagina epidemiologning ishi epidemiologik tahlildan tortib, kelajakda qilinadigan chora-tadbirlarni ishlab chiqishigacha to’liq bo’ladi. Epidemiolog epidemiyaga qarshi kurashishning barcha turlarini o’z kuzatuvi ichiga ola bilishi kerak. Epidemiyaga qarshi xizmatni ma’lum bir qismini davolash profilaktika muassasalari tomonidan bajarilishi sababli epidemiolog muassasalar xizmatchilarining ishini to’g’ri yo’lga sola bilishi va ular tajribasini umumlashtira olishi kerak. Epidemiologdan jamoani epidemiyaga qarshi kurashish ishlariga jalb qila bilish ham talab qilinadi. Uning ish faoliyatida keng tibbiyot xodimlari doirasini va epidemiologiya tarmog’i bo’yicha ish olib boruvchi kishilarni maxsus tayyorlab borish va omma orasida yuqumli kasalliklarning oldini olish qoidalarini targ’ib qilish muhim o’rin tutadi. Yaxlit qilib olganda, epidemiologning ish faoliyati davlat sanitariya epidemiologiya nazorati markazlarining bir qator bo’limlari va davolash- profilaktika muassasalari uchun yuqumli kasalliklarga qarshi kurashish ishida tashkilotchilik va yo’lboshchilik qilishdir. Epidemiolog ishlarining barcha turlarini ma’lum bir xildagi jadvalga solish qiyin bo’lsada, uning asosiy vazifalarini quyidagicha aks ettirish mumkin: 1. Operativ va tashkiliy-metodik ishlar. 2. Tekshiruvchilik ishlari. 3. Sanitariya oqartuv ishlari. 4. Tibbiyot xodimlari malakasini oshirish. 5. Jamoat va tashkilotlar bilan ish olib borish. 48 Bu bo’limlarni batafsil ko’rib chiqamiz. Operativ faoliyatga yuqumli kasalliklarni tibbiyot muassasalarida o’z vaqtida hisobga olishni doimiy ravishda tekshirib borish kiradi. Buni tekshirishda asosiy e’tibor yuqumli kasalliklar va bakteriya tashuvchilik holatlari to’g’risida davlat sanitariya epidemiologiya nazorati markaziga o’z vaqtida xabar berilganligiga qaratilishi kerak. Bir vaqtning o’zida davolash-profilaktika muassasalarida va davlat sanitariya epidemiologiya nazorati markazlarida epidemiyaga qarshi o’tkazilgan chora-tadbirlarni to’g’ri va to’liq qayd qilinganligi nazorat qilinadi. Epidemiologning ishida epidemiologik tekshirish muhim o’rin tutadi. O’ta xavfli yuqumli kasalliklar, qorin tifi, virusli gepatit, poliomielit va boshqa yuqumli kasalliklar o’choqlarini albatta epidemiolog vrach tekshirishi shart. Epidemiolog vrach yana davolash profilaktika muassasalaridagi, yotoqxonalardagi, bolalar bog’chalaridagi, maktablardagi har qanday yuqumli kasalliklar o’chog’ini tekshirishi shart. Epidemiologik tekshirish natijalariga asoslangan holda epidemiolog har qaysi kasallik o’chog’ini yo’qotish bo’yicha chora-tadbirlar ishlab chiqadi. Bemorlarning o’z vaqtida va to’liq shifoxonaga yotqizilganligi va kasallik o’chog’ida dezinfeksiya ishlarining o’z vaqtida olib borilganligi, yuqumli kasalliklar shifoxonasidan va dezinfeksiya bo’limidan olingan ma’lumotlar asosida nazorat qilinadi. Epidemiologning yana muhim bir vazifasi yuqumli kasalliklar bo’yicha oylik va yillik hisobotlar, har xil ma’lumotlar tayyorlash va epidemiyaga qarshi o’tkazilgan chora-tadbirlar to’g’risida tushuntirish ishlari tayyorlashdir. Epidemiolog - doimiy ravishda yuqumli kasalliklar shifoxonasida (bo’limlarida) sanitariya epidemiologiya qoidalariga rioya qilish va boshqa davolash-profilaktika muassasalarida, bolalar muassasalarida (yozgi sog’lomlashtirish lagerlarida) oziq-ovqat korxonalari ishchilari orasida va suv bilan ta’minlash korxonalari ishchilari orasida epidemiyaga qarshi olib boriladigan chora-tadbirlarning bajarilishini nazorat qilib turadi. Epidemiologning ish faoliyatiga davlat sanitariya epidemiologiya nazorati markazlarida va davolash muassasalarida emlash uchun ishlatiladigan vaksina va zardoblarning to’g’ri saqlanishi, ishlatilishi va hisob-kitobini kuzatib borish ham kiradi. Emlash rejasiga qarab epidemiolog tegishli chora-tadbirlarni qabul qiladi. Epidemiolog barcha vrachlarga, o’rta tibbiyot xodimlariga, tuman aholisiga yuqumli kasalliklarni o’z vaqtida aniqlash va ularga qarshi kurashish ishlari yuzasidan yo’l-yo’riqlar ko’rsatib turadi. Epidemiolog yana davolash-profilaktika muassasalarida, shu jumladan poliklinikalarning yuqumli kasalliklar va emlash xonalarida epidemiyaga qarshi chora-tadbirlarni olib borish bo’yicha metodik rahbarlik va nazoratini olib boradi. Epidemiolog yuqorida ko’rsatilgan muassasalar xizmatchilarini majlislarida yuqumli kasalliklar va epidemiyaga qarshi kurashish chora-tadbirlarining muhokamasida faol qatnashishi kerak va poliklinikadagi yuqumli kasalliklar va epidemiyaga qarshi kurashish komissiyasining ishiga e’tibor berishi kerak. Epidemiolog laboratoriyalarda tekshirishga jalb qilinadigan aholini aniqlash va tekshirishni olib borish rejasini tuzishda qatnashadi. Epidemiologning vazifasiga epidemiyaga qarshi kurashish chora-tadbirlari rsjasini tuzish ham kiradi. Bu ish 49 sanitariya vrachlari, davolash tarmoqlari vrachlari aholining sanitariya holati bilan bog’liq bo’lgan tibbiyotga dahldor bo’lmagan idoralar xizmatchilari bilan birgalikda olib boriladi. Epidemiolog epidemiyaga qarshi kurashish masalalari bo’yicha mahalliy xokimlikga qarorlar, buyruqlar loyihasini tayyorlaydi va bu qaror va buyruqlarning tuman sog’liqni saqlash bo’limi tomonidan bajarilishini ta’minlaydi hamda nazorat qiladi. Download 1.67 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling