Epidemiologiyadan


Download 1.67 Mb.
Pdf ko'rish
bet31/173
Sana30.10.2023
Hajmi1.67 Mb.
#1733641
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   173
Bog'liq
1-Эпид-амал.машг.

Axborot uchun ma’lumot 
Bizning mamlakatimizda epidemiyaga qarshi kurashish tizimi quyidagi 
ierarxik sathlarni o’z ichiga oladi: 
Mahalla (uchastka), tuman, viloyat (shahar) va respublika miqyosida har bir 
sathni (gorizontal kesim) faoliyatini hisobga olgan holda epidemiyaga qarshi 
chora-tadbirlarni bajarish uchun ajratilgan bajaruvchilar orasida u yoki bu xil 
aloqalar mavjuddir. 
Aholiga epidemiyaga qarshi kurashish xizmatini amalga oshirish faqatgina 
biron-bir vazifani bajarish (bajaruvchanlik faoliyati) bilangina emas, o’sha chora 
tadbirlarni sifati, to’liq va aniq maqsad bilan bajarilishni ta’minlovchi boshqa 
faoliyatlarni bajarish orqali amalga oshiriladi. Bu faoliyatlarga epidemiologik 
diagnoz qo’yish, tashkilotchilik, metodik, nazorat qilish kabi faoliyatlar ham 
kiradi. 
Bajaruvchilik 
faoliyatini 
odatda 
davolash-profilaktika 
muassasalari 
(ambulatoriya, 
poliklinika, 
shifoxonalar) 
bajaradilar. 
Bundan 
tashqari, 
bajaruvchilik faoliyatini notibbiy, ya’ni tibbiyotga bog’liq bo’lmagan korxona va 
idoralar ham bajarishlari mumkin. Masalan: aholi yashaydigan joylarni tozalash
oziq-ovqat va ichimlik suvi bilan ta’minlash va boshqalar bilan bog’liq bo’lgan 
sanitariya-gigiyena chora-tadbirlarini u yoki bu davlat organlari, idoralar, 
korxonalar aholining faol ishtirokida amalga oshiradilar. 
Sanitariya epidemiologiya idoralarining bajaruvchilik faoliyati alohida 
mutaxassislarni, moddiy harajatlarni talab qiladigan alohida chora-tadbirlarni o’z 
ichiga oladi (masalan: laboratoriya tekshiruvlari). 
Sanitariya epidemiologiya organlariga asosan diagnostik (epidemiologik 
diagnoz qo’yish), tashkiliy, metodik va nazorat qilish faoliyatlari yuklatilgan. 
Bunday faoliyatlarni yuqori darajada bajarish uchun maxsus tayyorgarlikdan 
o’tgan mutaxassislar talab qilinadi. Epidemiyaga qarshi kurashish chora-
tadbirlarini yanada takomillashtirib borish uchun doimiy ravishda ilmiy tekshirish 


45 
ishlarini olib borish talab etiladi. Shuning uchun epidemiyaga qarshi kurashish 
tizimiga o’quv va ilmiy tekshirish tarmoqlari ham kiradi. 
Aholiga epidemiyaga qarshi xizmat ko’rsatishda sanitariya epidemiologiya 
xizmati alohida o’rin tutadi. Sanitariya epidemiologiya organ-lari va idoralari 
tashkilotchilik faoliyatlarining murakkabligi shundaki, yuqumli kasalliklarning 
oldini olish va ular bilan kurashish jarayonida juda ko’plab kuch va mablag’lar 
ko’pchilik hollarda bu organlarga bo’ysunmaydigan idoralarni jalb qilishlari kerak. 
Bunday vazifalarni bajarish sanitariya epidemiologiya organlari va idoralarining 
nazorat qilish va metodik faoliyatlari bilan bog’liqdir. 
Hukumat qarorlarini, Respublika Sog’liqni saqlash vazirligi chiqargan buyruq 
va ko’rsatmalarni, mahalliy sog’liqni saqlash organlarining buyruq va 
ko’rsatmalarini, davlat organlari, idoralari, korxonalari, muassasalari, tashkilotlari 
javobgar shaxslar va alohida fuqarolar tomonidan bajarilishini nazorat qilish davlat 
sanitariya epidemiologiya nazorati markazi xodimlariga yuklatilgan. Bu ularning 
nazorat qilish faoliyatiga taalluqlidir. 
Sanitariya epidemiologiya xizmatining nazorat qilish faoliyatlari ma’lum 
qonunlar va huquqlar bilan mustahkamlanib qo’yilgan. 
Turli xil bajaruvchilar guruhlari o’rtasida epidemiyaga qarshi kurashish 
chora-tadbirlarini birgalikda amalga oshirish jarayonida tashkiliy hamkorlik va 
axborot aloqalari o’rnatiladi. Bu hamkorlik va aloqalar bir xil sohadagi 
idoralardagi vertikal bo’yicha, har xil sohadagi idoralarda gorizontal bo’yicha 
o’rnatiladi. Barcha idoralarning kelishilgan holda ishlashi, aholiga epidemiyaga 
qarshi kurashish xizmati chora-tadbirlarini to’la-to’kis bajarilishini ta’minlashga 
qaratilgan. 
Epidemiyaga qarshi kurashish jarayonida har xil sohadagi mutaxassislarni 
qatnashishi, ular o’rtasidagi o’zaro tashkiliy munosabatlar o’rnatish ba’zida 
ma’lum qiyinchiliklarga ham olib keladi. Chunki epidemiyaga qarshi kurashishga 
jalb qilinadigan har xil sohadagi kishilar bajarishi lozim bo’lgan ishlar, ularning 
o’zlarining asosiy funksiyalari bo’lmaganligi va bu kishilar har xil 
ma’muriyatlarga mansub bo’lganligi uchun ular o’rtasidagi uzviy bog’liqlikning 
yo’qligidan kelib chiqadi. Shu sababli sanitariya epidemiologiya muassasalarining 
mutaxassislari epidemiologik diagnozlar, epidemiologik tekshiruvlar va kuzatuvlar 
natijalariga asoslanib, bajarilishi lozim bo’lgan ishlarni rejalashtiradilar va bu 
ishlarni bajarish lozim bo’lgan tashkilotlarni, muassasalarni va xodimlarni aniqlab, 
ular bajarishi kerak bo’lgan ishlarni isboti bilan ko’rsatib, bajarilish muddatlarini 
ham belgilab, bu rejalarni mahalliy hokimiyat kengashlarida tasdiqlab olganlaridan 
keyin bu rejalar yoki hujjatlar kuchga kiradi va ushbu hujjatlarda ko’rsatilgan 
chora-tadbirlarni mazkur tashkilot va korxona xodimlari tomonidan bajarilishi 
shartdir. Bajarilgan chora-tadbirlar to’g’risidagi xabarlar davlat sanitariya 
epidemiologiya nazorati markazi va boshqa tashkilotlar xodimlari o’rtasidagi 
o’zaro axborot aloqalari tufayli amalga oshiriladi. 

Download 1.67 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   173




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling